Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining asosiy tavsiflari. Yth va ularning ko’rsatkichlari O’quv moduli birliklari: «a-x-y-p-m»



Yüklə 64,83 Kb.
səhifə1/11
tarix24.05.2023
ölçüsü64,83 Kb.
#112700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining


Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari . Yo’l harakatining asosiy tavsiflari. YTH va ularning ko’rsatkichlari
O’quv moduli birliklari:

  1. «A-X-Y-P-M» tizimi.

  2. «A-X-Y-P-M» tizimining o’zaro bog’liqligi.

  3. Avtomobillashtirish.

  4. Avtomobillashtirish darajasi.

  5. O’zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish va yo’l tarmog’ini o’sish ko’rsatkichlari.

  6. Transport harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

  7. Piyodalar harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

  8. Harakat miqdori tarkibi.

  9. Transport va piyodalar oqimini tezligi, zichligi, oralig’i.

  10. YTH ta`rifi.

  11. YTH to’g’risida tushincha.

  12. YTH shartlari.

  13. YTH turlari.

YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA


«AVTOMOBIL-HAYDOVCHI-YO’L-PIYoDA-MUHIT»
TIZIMINING O’ZARO BOG’LIQLIGI
Avtomobil yo’llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mexanik va mexanik bo’lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda bo’lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir. Bu tizimni yo’l harakati deb ataladi.
Yo’l harakatining muammolari va maxsus tomonlari eng avvalo «avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda» tizimi orqali belgilanadi. Ular o’z navbatida atrofi-muhitda faoliyat ko’rsatiladi.
Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y (yo’l), P (piyoda). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko’rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog’liq bo’ladi. «Muhit» deb «atrof-muhitni» yo’l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi: 1) ob-havo (metrologik ko’rinish, yog’ingarchilik, shamol, temperatura); tibiiy-landshaft (tekislik, qir-adirlik, tog’lik, yer osti, yer usti suvlari va h.k.z.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.z.). «A-H-Y-P-M» tizimda mexanik «Avtomobil-yo’l (AY)» va biomexanik «haydovchi-avtomobil», «haydovchi-yo’l», «piyoda-avtomobil» va «piyoda-yo’l», hamda biologik «haydovchi-piyoda», tizimlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
«A-H-Y-M» tizimining optimal ravishda faoliyat ko’rsatishida tizimdagi avtomobil, haydovchi, yo’l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarini alohida, hamda ularni birgalikdagi AH, HY, YP, AP va boshqa tasniflari katta ahamiyatga ega.
Avtomobil transportining konstruktiv o’lchamlari (parametrlari) yo’l harakatining tasnifiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o’lchamlari, tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil boshqarilishshligi muhim o’rin egallaydi.
Avtomobil yo’li «A-H-Y-P-M» tizimi faoliyatiga o’zining geometrik elementlarining o’lchamlari va transport-ekspluatatsion sifatining o’zgarishi orqali ta’sir etadi.
Yo’l harakati xavfsizligi eng asosan haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog’liq.
Piyodalar yo’l harakatida alohida o’rin egallaydilar. Ularni yo’l harakat qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo’l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda «A-H-Y-P-M» tizimidagi har bir tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.



Yüklə 64,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə