Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining asosiy tavsiflari. Yth va ularning ko’rsatkichlari O’quv moduli birliklari: «a-x-y-p-m»


TRANSPORT VA PIYoDALAR HARAKATINI TAVSIFLOVCHI



Yüklə 64,83 Kb.
səhifə3/11
tarix24.05.2023
ölçüsü64,83 Kb.
#112700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining

TRANSPORT VA PIYoDALAR HARAKATINI TAVSIFLOVCHI
ASOSIY KO’RSATKICHLAR
Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni tadqiqot qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Quyida ular to’g’risidagi asosiy tushunchalarga to’xtalib o’tamiz.
Harakat miqdori (jadalligi)-yo’lning biron-bir ko’ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan transport vositalarining soni (avtsut yoki avtsoat)-bu ko’rsatkich kuzatish va avtomatik usullar bilan o’lchanishi mumkin.
Kuzatish (viziual ham deyiladi) usulida harakat miqdori yo’lning ko’rsatilgan bo’lagida bir yoki bir necha soat davomida hisobchilar yordamida maxsus tayyorlangan blankaga transport vositalarining o’tishini belgilash orqali aniqlanadi. Bu usuldan foydalanilganda soha me’yoriy ko’rsatmalariga amal qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ko’pchilik davlatlarda, shuningdek O’zbekistonda ham avtomobil yo’llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali aniqlanadi.
Avtomatik usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar yordamida hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan datchiklar ishlatiladi:
Pnevmatik; fotoelektrik; ulьtratovush; mexanik; radiokatsion; induktiv; elektron; infraqizil nurli.
O’zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi avtomobil yo’llarida elektron ko’p kanallik schetchiklar ASD-5 va uning modifikatsiyalaridan foydalanilgan (engil va og’ir yuk avtomobillarini alohida-alohida hisblash mumkin).
Harakat tarkibi-transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib, u foizda yoki ulushda o’lchanadi. Bu ko’rsatkich transport oqimining tezligiga va zichligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
SHahar ko’chalarida harakat tarkibining o’zgarishi quyidagicha:
engil avtomobillar 60-80%; avtobuslar 5-15%; trolleybuslar 5-10%; yuk avtomobillari 9-15%.
SHahar tashqarisidagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo’llarida harakat tarkibi quyidagicha qiymatlarga ega bo’lishi kuzatiladi: yengil avtomobillar 30-60%; avtobuslar 2-5%; yuk avtomobillari 30-40%; yuk avtomobillari 30-40%; avtopoezdlar 5-8%; traktor va qishloq xo’jalik mashinalari 5-10%;. Umuman olganda harakat tarkibining o’zgarishi avtomobil yo’lining xalq xo’jaligida tutgan ahamiyatiga bog’liq, masalan, ichki qishloq xo’jaligidagi yo’llarda yuk va traktor mashinalari katta miqdorda bo’lsa, shahar yo’llarida uning aksidir. Harakat tarkibini avvalgi ko’rsatkichga o’xshab kuzatish yoki avtomatik usullar yordamida aniqlanadi.
Harakat oqimining tezligi-yo’l bo’laklari bo’yicha har xil transport vositalarining tezligini alohida va umuman o’zgarishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich, o’lchov birligi ms yoki kmsoat.
Maqsad va vazifalariga qarab tezlik quyidagi turlarga bo’linadi:
Hisobiy tezlik-yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustivorlik sharti bo’yicha) ob-havoning muhim sharoitida, avtomobilshinasining yo’l qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, yo’lning eng noqulay ruxsat etilgan elementlariga ega bo’laklarida mumkin bo’lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Bu tezlik bo’yicha yo’lning rejadagi, bo’ylanma va ko’ndalang kesimdagi barcha geometrik elementlari loyihalanadi.
Oniy tezlik-aniq kichik masofadagi real yo’l sharoitidagi haqiqiy tezlik. U yakka avtomobillarning yoki transport oqimining u yoki bu belgilangan qisqa masofadagi (odatda masofa 50, 100, 150, 200 metr belgilanadi) tezligini bildiradi. Bu tezlikdan ma’lum yo’l bo’laklarida harakatni tashkil qilishda keng ko’lamda foydalaniladi.
Aloqa tezligi-ma’lum marshrutdagi ushlanib qolishlar (bir sathli chorrahalar, temir yo’l pereezdlari, qoplamaning notekis bo’laklari mavjudligidan hamda transport oqimidagi avtomobillarning o’zaro ta’siri natijasida) hisobiy aniqlanadigan tezlik. Bu tezlik harakatlanuvchi laboratoriya yordamida bir necha marotaba real marshrut uzunasi bo’yicha harakat tezligini o’lchash orqali topiladi. Aloqa tezligi avtomobil yo’lining transport inshooti sifatida qanday ishlashini belgilovchi asosiy ko’rsatkich sifatida yuritiladi.
Avtomobilning konstruktiv tezligi-ma’lum konstruktsiyali avtomobilning maksimal tezligi, u asosan avtomobilning turiga bog’liq ravishda o’zgaradi, masalan, o’rta va kichik litrajli yengil avtomobillar 200260 km/soat; kichik litrajli yengil avtomobillar 150200 km/soat; kichik va ko’taruvchi avtomobillar 100120 km/soat va h.k. ni tashkil etadi.
Texnik tezlik-ma’lum marshrutdagi ushlanib qolishlarni hisobga olmagan ravishda aniqlangan harakat tezligi, uning qiymati asosan avtomobil yo’lining geometrik o’lchamlariga va yo’l sharoitiga, shuningdek, transport oqimining tarkibiga bog’liq.
Transport harakatini tavsiflovchi keyingi ko’rsatkich bu transport oqimning zichligi-transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat polosasiga joylashgan soni bilan o’lchanadi (q-km/dona). Bu ko’rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo’l sharoitiga nisbatan o’zgaradi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimning zichligi qmax*200 avt/km bunda V*0 km/soat; shu transport oqimining optimal zichligi qopt*15-25 avt/km.
Harakatning ushlanishi-yo’l uchastkasida hisobiy tezlikka nisbatan transport vositalari tezligining pasayishi tushuniladi, uni m/s yoki km/soatda, shuningdek. Sekund miqdorida ham aniqlash mumkin.
Piyodalar harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar ham asosan harakat miqdori, tezlik va zichlik orqali belgilanadi va fizik jihatdan avval keltirilgan birliklarda o’lchanadi.
Piyodalarning harakat miqdori-ma’lum yo’l kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan piyodalar soni bilan o’lchanadi. Piyodalar harakat miqdori o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u oylar, hafta kunlari va sutka soatlari ichida yo’nalishlar bo’yicha o’zgarib turadi, hamda ko’chaning ahamiyatiga bog’liq. Masalan, yirik shaharlarning markaziy ko’chalarida 56 ming piyoda/soat miqdorida kuzatilsa, tuman ahamiyatidagi ko’chalarda esa 50150 piyoda/soatni tashkil etadi.
Piyodalar harakat tezligi-piyodalarning yoshiga, psixologik holatiga, harakatlanish maqsadiga, qatnov zichligiga bog’liq bo’lib, o’rtacha 1,8-5,7 km/soat tashkil etadi.
Minimal tezlik 0,70,8 km/soat bilan asosan yosh bolalik ayollar va qariyalar harakatlansa, maksimal tezlik 10 km/soat bilan esa yoshlar harakatlanadi. Piyodalar harakatiga ob-havo sharoiti katta ta’sir ko’rsatadi va yaxshi sharoit yuqori tezlikda harakatlanish kuzatiladi. SHuningdek, piyodalar harakat tezligi o’rtacha qiymatdan ertalabki soatlarda 2530% ga ko’proq va aksincha kechki vaqtlarda 1520% pastroq bo’ladi.
Piyodalar oqimining zichligi-bir metr kvadrat trotuar maydoniga to’g’ri keladigan qiymat bilan aniqlanadi. Piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning harakat miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, ularning nisbati piyodalarning harakatlanish qulayligini belgilaydi.



Yüklə 64,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə