Sog‘lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim



Yüklə 44,9 Kb.
tarix29.09.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#124789
JISMONIY MADANIYAT DARSINING ASOSIY QISMI VA UNING MAZMUNI


KIRISH
Sog‘lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarning joylarida zaruriy sanitariyagigiena holatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq havoda o‘tkazilishi, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etish imkoniyatini yaratadi. Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko‘pincha o‘qituvchining tuzgan rejasini hayotiyligi, shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va uslublari mavjud jihozlar va sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport inshoatlaridan samarali foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o‘quvchilarning tayyorgarlgi, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olib samarali foydalana olish bilan bog‘liq. Darsning uyushtirilishining ta’minlanishi quyidagilarni: 1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni; 2) moddiytexnik jihatdan ta’minlashni; 3) darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘g‘ri tanlash orqali qo‘yilgan vazifani samarali hal qilishni nazarda tutadi. Darsni o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida yuzaga keladigan, sog‘lomlashtirish effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi. Shunga ko‘ra mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyining qatiyyan belgilangan tibbiygigienik normalarga muvofiqligiga Eri-shish. Sport zali uchunhavo temperaturasi (eng maoquli) 14-160S da ushlanishi. Tanaffuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi, sport zallari esa oynalari ochilib shamollatilishi.

Aniqlanishicha, inson o‘pkasida u tinch turgan holda havo ventilyatsiyasi almashishi minutiga 4 dan 6 l atrofida, yuqori intensivlikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport o‘yinlari) 6 organizm-nihavo yutishi 10 va undan ortiq darajadan oshishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot joylarini tozahavo bilan taomin-lashning ahamiyati muhim2 . Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polni tozaligi doimiy diqqat va eotiborni talab qiladi.har bir darsdan so‘ng zal polini xo‘llangan pol latta bilan namlangan latta bilan esa jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng esa shug‘ul-lanilgan joy tozalovni talab qiladi. Chunki tozalanmagan zal shug‘ullanuvchi sog‘ligiga katta putr yetkazadi, tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab bo‘ladi. Darsni moddiy texnik taominlash deganda, darsning optimal zichligini taominlashga imkon beradigan, qo‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonlihal qilish uchun garantiya beradigan, yetarli darajadagi o‘quv-tarbiya jihozlari, anjom-lari va mashg‘ulot joyi nazarda tutilgan. Oxirgi yillarda ko‘pchilik maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga ko‘pchilik o‘quvchi shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan nostandart jihozlar, anjomlar va trenajerlar bilan jihozlanmoqda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada yuqori samarali tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir oqibat mashg‘ulotlar natijalarini oshishiga olib kelmoqda. Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashg‘ulotla-rini sifatini belgilovchi to‘rtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elemenlar o‘zaro uzviy bog‘langan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular: a) darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo‘lib, tarbiyalash, sog‘-lomlashtirish, bilim berish vazifalarinihal qilishda shug‘ullanuvchilar uchun faoliyat predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Mashqlar darsning umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa maonoda dars mazmunining bir qirrasi xolos. 2Гончарова О.В Ёш спортчиларни жисмоний қобилиятларини ривожлантириш. Ўқув қўлланма ЎзДЖТИ 2005. 7 b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik komponentlaridan biri. Bu komponent shug‘ullanuvchini turli ko‘rinishdagi, intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat bo‘lib, ular: pedagogni eshitish, ko‘rsatilayotgan mashqni eotibor bilan kuzatish,harakat faoliyati orqalihosil bo‘lgan tasavvurni ustida fikr yuritish, baja-rilishi lozim bo‘lgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, o‘zharakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muho-kama qilish, o‘zhissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish vah.k.lardir. Shug‘ullanuvchilarini dars vazifasinihal qilish bo‘yicha barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil qiladi. v) pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti bo‘lib, quyidagichaholatlarda namoyon bo‘ladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va unihal qilishni tashkillash, shug‘ullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish, shuningdek shug‘ullanuvchilarning faoliyatini lozim bo‘lgan yo‘lga burish, ular orasidagi munosabatlarni o‘zining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini yo‘nalti-rish, boshqarish, nazorat qilishdek ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy rol o‘ynaydigan muhim asosiyholatlarni o‘z ichiga oladi. g)shug‘ullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashq-larni bajarishda sodir bo‘ladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa o‘zgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan birihisoblanadi. Malakalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning nati-jasidagi o‘zgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash, harakat malakasi va uning avtomatlashuvi orqali sodir bo‘ladigan yashirin (latent) davr darsning mazmunining to‘rtinchi komponentihisobiga sodir bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchilar faoliyatining samarasi yashiringan bo‘ladi. Rejalashtirilgan o‘quv tarbiyaviy ishlarni sodir bo‘lmoqdami yoki yo‘qligi joriy nazorat qilinib, pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun yo‘riqnomalar tayyorlanadi. 8 1.2 Jismoniy tarbiya darsning mazmuni Jismoniy tarbiya darslari bilan bog‘liq masalalarning eng muhimi uni qanday tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlarihaqidagi gapirishdan avval uni qanday struk-turaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak bo‘ladi. avvaligi dars’haqida yikr bildira yetib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab «dars sxemasi» atamasi qo‘llanila boshlandi. Keiynchalik darsga qo‘yilgan vazifalar va ularnihal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning meoyori (dozasi)ga qarab «dars rejasi» degan atamalar qo‘lla-nildi. «Darsni strukturasi» degan atama birinchi marotaba V.V. Belinovich tomonidan (1939) qo‘llanildi va o‘rinli ravishda darsni tuzilishi deb to‘g‘ri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani mazmuniga qarab belgilanishini uqtiradi. N.N. Yefremov (1959) birinchi maro-taba «darsning tuzilishi» degan tushunchaga taorif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashg‘ulotni tarkibiy (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov) qismlarini o‘zaro joyla-shishi va munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A. Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi – bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-ketligi va darsnihar bir qismini davomiyligi deb taorif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy dabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekinhozirgi kunda bu baxslarga chek qo‘yilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan. Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foydalaniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o‘qituvchini darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni to‘g‘ri joylashtirish va darsdagi yuklamani meoyorini aniq belgilashga yordam beradi. Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil o‘rganishni yo‘lga qo‘yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarnihal qilishda qo‘llaniladigan ta’limning usuliyatiga aniqlik kiritadi va uni qo‘llash uchun darsning qismlari yoki ularning ayrim bo‘laklaridan qanday foydalanish lozimligini belgilaydi. 9 Jismoniy tarbiya darsidahar qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko‘pincha shug‘ullanuvchilar organizmidan maolum darajadagi zo‘riqishini vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor bo‘lishi kerak. Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifa-larnihal etishga tayyor bo‘lishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash maolum fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu ko‘rsatma o‘qituvchi zimmasiga shug‘ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarnihal qilish darsning boshida emas maolum tayyorgarlikdan so‘ng, mashg‘ulotlarni, darslarni oxiridahal qilinishi lozimligini, shu mashg‘ulotdagi asosiy vazifa-larga shug‘ullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur kayfiyatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni baja-rishga, mashqni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllanishini mashg‘ulotlar davomida talab darajasiga ko‘tarish lozimligiga to‘xtaldi3 . O‘quvchilar tomonidan asosiy vazifalarnihal qilish ko‘pincha shug‘ullanuvchi zo‘r berayotgan yaoni uni faolligini oshgan davriga to‘g‘ri kelshligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zo‘riqish va kuchli emotsiional holatdan vazmin holatga birdan o‘ta olmaydi. Shunga ko‘ra darsni tuzishda xotirjamholatga o‘tish va mashg‘ulotlarni uyushtirilgan ravishda tugallash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligihaqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi. 1. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. Boshlang‘ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin. iqlim sharoiti sovuq, issiq vah.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz ko‘paytirilishi mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o‘quvchi yoki shug‘ullanuvchi organizmini funksionalholatini tayyorlaydi. Organizmning funksionalholatini dars-ning asosiy qismiga tayyorligi o‘quvchiniharakat koordinasiyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash yuzida qizillikni paydo bo‘lishi o‘quvchiningharakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz 3 Саломов С.Р Спорт машғулотларининг назарий асослари Тошкент. Ўқув қўлланма ЎзДЖТИ 2005 й. 10 tezlashuvi, emotsionalholatini ko‘tarinkiligini kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga ko‘ra «tash-kiliy daqiqa» deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o‘quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (4-sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni o‘z ichiga oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so‘ng lozim bo‘lsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki mavzusini eolon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlashtirish, tana bo‘g‘inlari, muskullari uchunharakatda, o‘quvchilarni to‘xtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo‘lganharakat faoliyati uchun «tayyorlov» va «yo‘llanma beruvchi» mashqlar bilan tugallanadi. 2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (40 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars ssenariyasi yoki uning reja-konspek-tiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat tandarti dasturidagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiri-ladi, yoki avvalgi sinflarda o‘zlashtirilgan jismoniy mashq-lar,harakat faoliyatlari tanishtiriladi, o‘zlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy qismi-ni tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining bo‘limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, sport o‘yinlari,harakatli o‘yinlar)ni o‘quv materialini o‘qitish o‘zining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo‘yadi. Darsning asosiy qismi-ning talablarnihal qilish o‘quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib yuajarish, kreystring usuliyatlari orqali maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlarini eotibor-ga olishni taqazo etadi. 11 Darsning bu qismida o‘qituvchilarning yordamchilari-fizkulptura faollarining ahamiyatini eotirof etmay iloji-miz yo‘q. Ular o‘qituvchi tomonidanhaftaning boshlanishida instruktiv mashg‘ulotlar uchun to‘planadilar va ularga darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yo‘riqchi vazifasini baja-rish usuliyati o‘qituvchi tomonidan o‘rgatiladi. 3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli xilharakat-li o‘yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida ko‘tarilgan emotsionalholatni pasaytiruvchi va saf mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, lozim bo‘lganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigajori baho qo‘yiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o‘tkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushganholda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlang‘ich sinflar-da o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng o‘quvchilarini, o‘qituvchining o‘zi kiyinish xonasiga kuzatib qo‘yadi. Turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida o‘tkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bog‘liq. Uchinchi-dan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiy-ligini o‘zgarishi o‘quvchilarni yoshiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinf-larda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, yaoni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qism-ning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. Boshlang‘ich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyinharakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va ko‘rsatish katta yoshdagilarga nisba-tan sekin olib borilishi darsni qismlarida o‘qituvchi tomo-nidan ko‘p vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qismhisobidan uzunroq 12 bo‘lishining, sababi navbatdagi darsga o‘tishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. O‘rta va yuqori sinfga o‘tgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki o‘quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori bo‘ladi. Tushuntirish va ko‘rsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida o‘quvchilar tomonidan kattahajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko‘ra tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilishi turlicha va o‘zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi. Jismoniy tarbiya jarayonidagi mashg‘ulotlar jumladan, maktab darslarida o‘quvchilar tomonidan xatolar sodir bo‘lishi kuzatiladi. Bunday xatolar asosiy va asosiy bo‘lmagan xatolar deb guruhlanadi. Asosiy xatolar deganda o‘rganilayotganharakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida qo‘yilgan xatolar, acosiy bo‘lmagan xatolar esaharakat akti texnika-sining zvenolari yoki detallarida sodir bo‘lgan xatolar tushuniladi. Ularni sodir bo‘lishining sabablari turlicha: mashq texnikasini tushuntirishdagi eotiborsizlik; mashq texnikasi-ning asosihaqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaslik; mashqni yoki uni texnikasini tasavvuriga ega bo‘la turib uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini vaharakat koordinatsiyasi zahirasini kamligi; o‘qituvchi tanlangan o‘qitish uslubiyatini ta’lim jarayoni uchun mos emasligi vah.k.lar... Ta’lim jarayonida sodir bo‘lgan xatolarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra eng avvaloharakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar so‘ng, asosiy bo‘lmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketmaketlikda to‘g‘rlanadi. Ta’lim jarayoni amaliyoti shundan guvohlik Beradiki asosiy xatolarni to‘g‘rlanishi asosiy debhisoblanmagan xatolarni o‘z-o‘zidan to‘g‘rlanib ketishiga olib keladi. Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, so‘ngra ikkinchi darajali yaoniharakat faoliyati texnikasining zvenolari va detallaridagi xatola tuzatiladi. 13 1.3 Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi. O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashg‘ulotlarni tashkillashning alohida shakli sifatida ham, belgilangan vazifalarnihal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzidaham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullantirilishini tarbiyalash. O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqillik birinchi navbatda taqlid qilish va uni qaytarish tarzida namoyon bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshida mustaqil ish quyidagicha olib boriladi: 1)bilimning turli xil manbalari – jismoniy tarbiyaning darsliklari, o‘quv va ko‘rgazmali qurollaridan foydalanish bilan; 2)amaliy o‘quv materiali–vazifalar ko‘rsa-tilgan o‘quv kartochkalari, buyurtma qilingan mashqlar, o‘rga-nishni nazorati-kartochkalari, dasturni o‘rgatuvchi algoritmlar prinsipi asosida tuzilgan vazifalar asosida va boshqalar. O‘quvchilarni o‘quv va ko‘rgazmali qurollarni o‘rganish orqali mustaqil ishlari ular tomonidan tekst matnini, ko‘rgazmali qurolda ifodalangan mazmunni o‘rgangandan so‘ng o‘qituvchini bilimlar nazorati dasturidagi tanlab olingan savollarga va uning turli variantlariga bergan javoblari tarzida namoyon bo‘ladi. O‘quv vazifa kartochkasida (oldin o‘zlashtirilganharakat faoliyatlarini mustahkamlash, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun),har bir shug‘ullanuvchini bitta dars (yoki bir necha dars) davomida jismoniy mashqlar sanalgan bo‘ladi. Kartochkalar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash faqat o‘qituvchi bilan o‘quvchi-larni bir-birlarini to‘la tushunishlari va yaxshi moddiy texnik bazani mavjud bilishligi orqali amalga oshiriladi xolos. Bu o‘quvchilarga bir-biriga xalaqit bermay, o‘zini navbatini u yoki bu snaryadda kutmay bajarish imkonini beradi. 14 Buyurtma tarzidagi mashqlar – mashq-buyurtmaning maono-si shundan iboratki, shug‘ullanuvchilarga xar tomonlamalilik, maolum darajadagi xushyorlik, o‘ziga ishonishdek xislatlarni namoyon qilish talabini qo‘yadiganharakatlar (mashqlar) tavsiya qilinadi. Nazorat qilib ta’lim beradigan topshiriqlar orqali ko‘rsatma, vazifa berib darsning vazifasinihisobga olish bilan o‘quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiriladi. Bunday topshiriqlarhar bir sinf, dars, ta’lim etapi uchun ishlab chiqiladi. Jismoniy tarbiya darslarida quyidagi nazo-rat-ta’lim topshiriqlarining xillari qo‘llaniladi: a)harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha; b)umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish bo‘yicha; v)harakat faoliyatining tashkillashni ratsional shakllarini anglab olish o‘yinlar va musobaqalarda individual va guruhlar bilan bajariladigan mashqlarda taktik usullarni maqsadga muvofiq qo‘llash orqali. Topshiriqning birinchi qismi ta’lim yo‘nalishiga ega (masalan, chigal yozish uchun tavsiya qilingan poyma-poy, chala mashqlardan ularni ketma-ketligiga rioya qilib kospleks tuzish), ikkinchi qismi-nazorat yo‘nalishi (masalan, tuzilgan kompleks bo‘yicha sinf bilan chigal yozish o‘tkazish). Algoritm tipidagi ta’lim programmasi asta-sekinlik bilan qiyinligi oshiriladigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq komplekslarni va sekin-astalik bilanharakat malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv vazifalari-ni o‘z ichiga oladi. Kompleks 5-6 seriyadan iborat o‘quv vazifalaridan iborat. Birinchi seriyada o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan harakat faoliyatini egallash uchun o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi-o‘rganilayotganharakat faoliyatidagi dastlabkiholatni (yoki asosiy elementni) o‘zlashtirish uchun mashq beriladi. Uchinchi-o‘zlashtirilishi lozim bo‘lganharakat-ni bajarilishini taominlovchi mashq beriladi va uni yordami bilan faoliyat o‘zlashtiriladi. To‘rtinchi va beshinchi seriya-harakat faoliyati texnikaini ayrim qismlari (elementlari)ni o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq mashqlarni, oltinchi seriya-texnikani takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. 15 O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda bajarilishi lozim bo‘lgan mustaqil faoliyatninghajmi, undan kelib chiqadigan maqsad nimadan iboratligiga aniqlik kiritiladi, shuningdek, mashq texnikasini bajarish (agar texnika ularga tanish bo‘lmasa) yaoni o‘quvchilarni bajarishi lozim bo‘lgan vazifahaqida to‘liq ko‘rsatmalar, tushuntirishlar qilinishi lozim bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarilayotganining asosiy nazrat vositasi, o‘quvchilarniharakat faoliyati va ularning javoblaridir, shuningdek ularning javoblarini to‘g‘riligi, xatolarining soni va xarakterihaqidagi o‘qituvchining analitik faoliyatidir4 . Darsda o‘quvchilarni mustaqil faoliyati bo‘yicha pedagogik zo‘r berishning mantiqiy yakuni, ularning yutuq va kamchi-liklarini aniqlashhaqida o‘tkaziladigan muhokamadir. Unda dars, o‘quvchi, o‘qituvchi faoliyati mukammal tahlil qilinadi va o‘quv faoliyatlarining xarakteri va to‘g‘riligiga baho beriladi. o‘quvchilarning mustaqil ishini samaradorligini oshirish uchun o‘quv jarayonining tashqi tomoni bilan birga qatorda ichki tomonining teskari aloqasini yo‘lga qo‘yilishi yaoni o‘quvchi-ning o‘zi mustaqil ishi natijalariga ko‘ra olgan, egallagan, o‘zlashtirgan bilimlarihaqida maolumotining ahamiyati katta. Mustaqil ish paytida ichki aloqa va uni teskarisini yuzaga keltirishning imkoniyati o‘z-o‘zini nazorat va o‘zini-o‘zi tekshirish orqali yo‘lga qo‘yilsa natija kutilgandek bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi darajasining ko‘rsatgichi jismoniy mashqlarni bajarishda va pedagog tomonidan qo‘yilgan vazifaning natijasini o‘quvchi tomonidan mustaqil muvofiqlashtira olishi qobiliyati orqali namoyon qiladi. O‘quvchining o‘zini, o‘z faoliyati bo‘yicha kamchi-liklari va yutuqlarihamda o‘zining ijobiy tomonlarihaqidagi fikrining mavjudli, shularhaqida suhbat, baxs, munozaraga maxtalligini tarbiya jarayonidagi mohiyati beqiyosdir. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati. O‘z faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ziga baho bera olshi jismoniy tarbiya darsida yoki jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulot-larida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga mustaqil ishlash malaka-sini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida emas, uni bir bo‘lagi yoki qismidaham davom etti-rilishi tarbiya jarayonining samarasiga tag zamin (poydevor)dir. Jismoniy tarbiya darsiga quyidagi talabalar qo‘yiladi: - jismoniy tarbiya darslari muayyan umumiy va xususiy vazifalarga ega bo‘lishi; umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan bir dars mobaynidahal qilinishi; dars usuliy tomondan va tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi; oldingi o‘qitilgan materiallarni mashg‘ulotlarda izchil davom ettirish va ayni paytda ular yaxlit tugallangan, muayyan darajada bo‘lg‘usi darsning vazifasi va mazmuni bilan bog‘lanishi; o‘quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligihar tomonlama jismoniy rivojlanish, sog‘likni mustahkamlash, qaddi qomatni shakllantirishdek tarbiyalash uchun yordam beruvchi mashqlar va o‘yinlarni to‘g‘ri tanlash; darsni o‘quvchilar uchun qiziqarliligi ularniharakat faoliyatga daovat ettishi; jismoniy tarbiya darsi o‘quv kuni tarkibidagi boshqa darslar bilan muvofiq, uzviy olib borilishidek talablar jismoniy tarbiya darsining asosiy talablaridir. Jismoniy madaniyat fani darsi o‘quv ishlarining asosiy mashg‘ulot shakli hisoblanadai. Uni rejali amalga oshirish darsning samardorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Rejalashtirish texnologiyasini to‘g‘ri tanlash va uni ishlab chiqilishining mazmuni muhim omillaridan biri bo‘lib, belgilangan maqsad va vazifalarni aniq va puxta bajarish imkonini beradi. 17 Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonini rejalashtirishda yuzakilikga yo‘l qo‘yish, nomigagina, faqat tekshiruvchilarga taqdim etish uchun kerak bo‘ladigan xujjatlarni tuzish ta’lim - tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uchun xizmat qilmaydi, ta’lim jarayonida o‘qitadiganlar bilan o‘qitiladiganlarning munosabatlarida rasmiyatchilikni yuzaga keltiradi. Rejalashtirish o‘qituvchining ijodiy ishi. Maktabning sharoiti, o‘quvchila rining jismoniy rivojlanganligi, tayorgarligi darajasi, olib borilishi mum kin bo‘lgan sportsog‘lomlashtirish, ommaviy sport ishlari, maktabdan tashqari jismoniy madaniyat muossalari, ota-onalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish keng ta’limiy, tashkiliy jarayonning mazmunini o‘zida mujassamlashtiradi, o‘quv yili uchun jismoniy tarbiya ta’limini muvoffaqiyatini ta’minlaydi, mutaxasisdan esa zaruriy kasbiy bilimlarga ega bo‘lish talabini qo‘yadi. DTSti tavsiya qilgan jismoniy madaniyat fani davlat dasturi materi allarini o‘qitishning o‘quv rejalarini tuzish programma materialni mexanik taqsimoti tarzidagi oddiy kanselyariya ishi emas. Rejalashtirish o‘qituvchining o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirgan o‘z ish faoliyati va to‘plagan tajribasini ijodiy tahlili asosida uni nazariy va amaliy innovatsiyalar bilan boyitib, yangi mulohazalar bilan boyitib, o‘quv yili uchun vujudga kelgan shart-sharoitlardan kelib chiqib ta’lim jarayoniga lozim bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritish orqali o‘qitish jarayonining yangi loyihala rini tuzishdan iborat bo‘lgan ma’sulyatli faoliyatdir. Umumiy ta’lim maktabida o‘quv ishlarini rejalashtirish uchun o‘qituvchi o‘quv yilining boshlanishidan avvalroq tayyorgarligini boshlaydi. Sohaning innovatsiyalari, zarur axborotlarni to‘playdi. Bu ma’lumotlar o‘quv materialini tartibli, samarali o‘qitishning shakllari va vositalarini to‘g‘ri aniqlash, tanlash va foydalanishda yordam beradi. Rejalashtiruvchi rejalashtirishni boshlashdan oldin maktabning jismoniy madaniyat ta’limi jarayoniga oid quyida tavsiya qilingan ma’lumotlar, dalillar, taxlillarning yakuniy natijalari, hisobotlardagi tavsiyalar va boshqalar bilan tanishadi. Ular: 18 1. Rejalashtiruvchi har bir parallel sinflarning o‘quv dasturi materi alini chuqur o‘rganadi. O‘zlashtirlishi qiyin mashqlar texnikasini o‘rgatishni so‘ngi sinflarda ham davom etishini e’tiborga olib mavzularni o‘qitish ketma-ketligini, harakatning texnikasini to‘liq yoki uni bo‘laklarga ajratib o‘qiti lishini alohida yoki qator darslarga, o‘quv choragiga vazifa qilib belgilaydi. Eng muhimi, o‘quv dasturi mazmunini to‘liq bilishi, ularni sinfma - sinf taqsimlashdagi ketma-ketlikka rioya qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslikga urinadi. 2. Mashg‘ulot (dars) ishtirokchilari (o‘quvchilar)ning tarkibi, ularning salo matligi holati, ularning nazariy tayyorgarligi darajasi, jismoniy va texnik tayyorgarligini hisobga olish bilan tuzilgan o‘quv rejalari real (haqqoniy) tuzilgan deb qaraladi. Qayd qilingan ma’lumotlarni yig‘ish rejalashtiruvchidan oldingi o‘quv yilida tayyorlangan hujjatlarni o‘rganishni - tibbiy ko‘rik varaqalari, o‘quv choraklari yakuni, yillik hisobotlarni taxlil qilish, o‘quvchilar bilan suhbat natijalari yangi rejalarning hayotiy chiqishiga yordam beradi. 3. Maktabning jismoniy madaniyat va sport inshootlari, anjomlari va ular dan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitni hisobga olish rejalashtirish ishinisamaradorligini oshiradi va mavjud muammolarni hal qilish uchun chora-tadbirlarini rejalashtirishga imkoniyat yaratadi. 4. Maktab direksiyasi va pedagoglari jamoasining maktab jismoniy madaniyati jarayoniga munosabatini bilish uchun maktabning jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarning yillik rejasi va maktab direktorining umumiy ish rejasi bilan tanishiladi. 5. Maktab joylashgan muzofatning relefi, iqlimi, ob-havosi o‘rganiladi. 6. Viloyat va tuman sport musobaqalarining kalendar rejalari bilan tani shiladi va shu asnoda maktabning ommaviy sport - sog‘lomlashtirish ishlarining rejalari tuzishga tayyorgarlik ko‘riladi, qayd qilingan musobaqalarning o‘tka zilishining taxminiy muddatlari haqida ma’lumotlar to‘playdi. “Umid nihollari” musobaqalarining birinchi va ikkinchi bosqichlarini maktabda o‘tkazish (kollejlarda “Barkamol avlod” musobaqalarini tayyorlash, o‘tkazish) rejalashtiriladi. 19 7. Viloyat va tumanlardagi yetakchi sport turlarini aniqlaydi va ulardan o‘z maktabida shu turlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkillashga yetarli sharoiti borlarining mashg‘ulotlarini tashkillashga oid mavjud ish shaklini jonlan tirishni rejalashtiradi. O‘qituvchi maktabning va shu muzofat, hudud aholisi ning milliy sport an’analarini o‘rganadi va undan rejalar uchun belgilangan maqsadni oson hal qilish uchun asosiy ma’lumot tarzida foydalanadi. Rejalashtirish jarayoniga belgilangan ma’lum texnologik talablar qo‘yiladi. Ular: 1. Rejalar Respublika xalq ta’limi Vazirligi va boshqa boshqaruv organlarining qarorlari, me’yoriy hujjatlari, ko‘rsatmalari va talablarining mazmu niga mos tushishi hamda uni o‘zida aks ettirishi; DTS dasturi materiallari asosida jismoniy tarbiya tizimining barcha zvenolarida jismoniy tarbiya jarayo ninida hal qilinadigan aniq maqsad va vazifalarni rejalashtirish; rejalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga mos tushishi va O‘zbekiston xalq ta’limi Vazirligining uslubiy ko‘rsatmalari, nizomlari, ustavlarining talablari asosida tuzilishining shartligi talabi. 2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiya jarayonining umumiy va uslubiy prin siplarga amal qilish, ularsiz reja lashtirish jarayonidan ko‘zlangan maqsadni hal qilishda muammolarni yuzaga kelishi hisobga olinishi; shaxsni har tomon lama rivojlantirish, jismoniy tarbiyani mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog‘lash va uni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilishi, shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy rivojlantiradigan vositalarini alohida e’tibor bilan tanlash, mashg‘ulotlarni iloji boricha ochiq havoda, tabiiy sharoitda, quyosh nuri, havo va suvdan tabiatni sog‘lomlash tiruvchi kuchlari tarzida samarali foydala nishni rejalash tirish talabi. 3. Rejani maqsadga yo‘naltirib, va istiqbolini ko‘zlab, aniq, hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifalarni belgilash; ma’lum muddat (qator darslarga, chorak, o‘quv yili)ga mo‘ljallab tuzilgan rejalarga tayanishi va ularda hal qilib ulgu rilmagan vazifalarni hal qilishni davom ettirishni rejalashtirish asosiy talablaridandir. Shundagina tasodifiy, epizodik, besamar darslarga chek qo‘yi ladi, rejada belgilangan istiqboli sari dadil odimlanadi. 20 4. Rejani aniq amalga oshirish imkoniyatini hisobga olish; amalga oshiruv chini kuchiga yarashaliligi, maktabdagi shart-sharoit, moddiy texnik baza va boshqa imkoniyatlarni e’tiborga olish; o‘qituvchini o‘z imkoniyatlariga real baho bera olishi, o‘quv dasturida qayd qilingan materiallarni o‘qitishda erishilgan siljishni ko‘ra bilishi va uni rejalashtirish talablariga rioya qilishi. 5.Rejalarning konkretligi, realligi, o‘qitishni aniq bosqichlarga bo‘lin ganligi, topshiriqlar va uni hal qilishda tanlangan vositalarni samaradorligi, ko‘p sonli mashqlardan kerakligini tanlab rejalashtira olish orqali maksimum pedagogik natijaga erishish; mashqlarni ketma-ket bajarishda « ta’siri kuchli mashqlar»ni sodda mashqlardan oldin o‘rganishni rejalash tirmaslik. 6. Rejalashtirish amaliyotda jadval, chizma shaklidagi ko‘rgazmali ifodalashlarni qo‘llash va boshqa talablarga javob berilishi taqazo etiladi. Rejalashtirishning texnologiyasi bir necha, birin-ketin amalga oshiri ladigan operatsiyalar sifatidagi o‘qituvchining nazariy-amaliy ijodiy ishi bo‘lib, g‘oyalar, uslubiy yechimlarga prinsipial yondoshishdan boshlanadi. Bu jihatlar bo‘lajak mutaxassisga – talabaga taxsil yillari davridayoq singdirilishi maqsadga muvofiq. 2.2. Jismoniy madaniyat fani o‘quv ishlarini rejalashtirishga tayyorgarlik va ularga qo‘yiladgan texnologik talablar Texnologiya – ishlab chiqarish metodlari va jarayonlarining majmui deb ta’riflanadi (S.I.Ojegov, N.Yu.Shvedova, 1994). Pedagogik texnologiya – o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash tirib amaliyotga tizimli va astasekinlik bilan qo‘llashdir. Har qanday o‘quv tarbiya jarayon pedagogik texnologiya modellapi shaklidagi amaliyotda qo‘llanilayotgan pedagogik tizimning ma’lum bir loyihasidir. Pedagogik texnologiyalarni qayta ishlanishi imkoniyatining mavjudligi rejalashtirishni samaradorligining bir butunligi, uni tizimliligi va tuzilishiga bog‘liq. Texnologiya bilim berish jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga rejalashtirilgan bilimlarni berish bilan, natijalarga erishishni kafolatlaydigan maqsadni belgilab unga erishishni amalga oshiish jarayondir. 21 Jismoniy madaniyat fani щыuv materialini rejalashtirish pedagogik texnologiyasining strukturasi tarkibida o‘quv ishlari rejalarining majmuasi ishlanadi.

XULOSA
Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan oʻquv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bogʻliq. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (oʻqitish), tarbiyalash va sogʻlomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”, “Oʻzlashtirish”, “Mustahkamlash”, “Takomillashtirish” dek mazmunga ega boʻlgan xususiy vazifalarni qoʻyish va unihal qilishni nazarda tutadi. Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, oʻrganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishga hamda oʻrganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qoʻllashga oʻrgatishga yoʻnaltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun oʻquv materiallarini izchil va mustahkam oʻrganishga olib keladi. Ta’limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning oʻzi kifoy qiladi. Masalan, arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning oʻzida texnik jihatdan mukammal oʻrganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shugʻullanuvchining harakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, oʻzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), oʻzlashtirilayotgan harakatga oʻxshash harakat zahirasiga ham bogʻliq. Arqonga oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. Darslik. 1 jild. T.,-2015 y. 296 b.
2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. Darslik. 2 jild. T.,-2015 y. 180 b.
3. Матвеев Л.П. «Теория и методика физической культуры». Учебник. М.,-1991 г. 543 c.
4. Частоедова А.Ю. «Теория и методика физической культуры, спорта». Учебное пособие. Т.,-2020 г. 472 c.
5. Умаров Д.Х. «Теория и спорта». Учебник. Чирчик-2021 г. 220 с.
6. Умаров Д.Х. «Теория и методика физической культуры, спорта». Учебное пособие. Т.,-2021 г. 239 c.


JISMONIY MADANIYAT DARSINING ASOSIY QISMI VA UNING MAZMUNI

REJA:
Kirish.
Asosiy qism:

  1. Jismoniy madaniyat darslarini tashkil qilish.

  2. Jismoniy madaniyat darsining asosiy qismi.

  3. Jismoniy madaniyat darsnining mazmun va mohiyati.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə