Medical system



Yüklə 20,47 Mb.
tarix12.05.2023
ölçüsü20,47 Mb.
#109848
qon aylanish doiralari


MEDICAL SYSTEM
Reporter:XXX
Qon aylanish doiralari
01
Katta va kichik qon aylanish doiralari
02
Qon tomirlar sistemasi
03
Aorta qon tomiri
04
Mavzu:Qon aylanish doiralari.Aorta ravog'i shoxlari tuzilishi va fiziologiyasi.
Qon aylanish tizimiga yurak, arteriya, vena, kapillarlar va limfa tizimi kiradi. Yurak va tomirlar faoliyati tufayli odam organizmida qon to ‘xtovsiz harakatlanib turadi va turli-tuman tashilish funksiyalarini bajaradi.Yurak qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi bo ‘lib, asab va gormonlar
boshqaruvining ta’sirida doimo bir marom da qisqarib va kengayib turadi.Buning natijasida organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlari yordamida hujayralarga va to ‘qimalarga oziq moddalarni olib boradi va turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi.
Qon aylanish tizimi – qon, qontomirlar va yurakdan tashkil topgan tarmoq. Bu tarmoq tanadagi toʻqimalarni kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlaydi, gormonlarni tashiydi va keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlaydi.
Odam qon aylanish tizimiga quyidagi doiralar kiradi:
-Kichik qon aylanish doirasi yurak va oʻpkalar orasidagi qon oqimini vujudga keltiradi.
-Katta qon aylanish doirasi odam tanasining barcha qismiga qonning borishini va yurakka qaytib kelishini taʼminlaydi.
-Koronar (tojsimon) doira qatʼiy ravishda yurakni qon bilan taʼminlaydi.
Katta qon doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, aorta, undachiqqan arteriyalami, ularning barcha tarmoqlarini, butun gavdadagi arteriolalar, kapillarlar, venalarni o 'z ichiga oladi va yurakning o ‘ng
bo‘lmasida tugaydi.
Qon aylanishining kichik (o ‘pka) doirasi yurakning
o ‘ng qorinchasidan boshlanib, o‘pka arteriyasi va uning barcha tarmoqlarini, o ’pka arteriolalari, kapillarlar, venalarni o ‘z ichiga oladi va yurakning chap bo‘lmasiga quyiladigan o 'pka venalari bilan tugaydi.
Ularda tashqari, uchinchi, y a’ni yurak qon aylanish doirasi ham bor, bu doira arteriya va vena qon tom irlaridan tuzilgan. Yurak devorining venalari to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yurakning o ‘ng bo‘lmasiga quyiladi.
Qonning qon tomirlari tizimi bo‘ylab harakatlanishi gemodinamika
qonuniga asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog‘liq. Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish
qismidagi va oxiridagi bosimning har xil bo‘lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta’minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshllik kuchi,
ya’ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi.
Enter title
Umuman katta va kichik qon aylanishida ishtirok etuvchi qon tomirlari quyidagi tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik ko'rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar,almashinuv qon tomirlari; hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar.
Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o ‘pka arteriyasi va ularga yaqin
joylashgan katta tom irlar qism lari kiradi. Ularning o ‘rta qavatlarida elastik (qayishqoq) elem entlar k o 'p ro q uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin ko'tarilib ketishiga yo‘l qo'ymaydi.
Rezistiv tipdagi qon tomirlariga arteriyalarning oxirgi qismi va
arteriolalar kiradi. Ularning devorlarida silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan, shu sababli qon oqim iga ko'proq qarshilik ko'rsatadi. Silliq mushaklar qisqarish va bo'shashishi tufayli tom irlar ko'ndalang kesimi
o'zgarib, qon bosim ini o'zgartiradi
Enter title
Sfinkter tipdagi qon tomirlariga - kapillarlardan oldinroq joylashgan
arteriolalarning oxirgi qismlari kiradi. Ular, rezistiv qon tomirlari singari o'zining ichki diam etrini o'zgartira oladi.
Almashinuv qon tomirlariga qon kapillarlari kiradi, ya’ni modda almashinuvida ishtirok etadigan kapillar tomirlar kiradi. DIffuziya va filtrlanish jarayonlari kapillarning bir qavatli epitemiya va yulduzsimon hujayralari orqali am alga oshiriladi.
Enter title
Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho'ziluvchan
bo'lganidek ko‘p miqdordagi qonni o'ziga sig'dirib, saqlab turishi va qon
aylanishiga qayta chiqarishi mumkin. B a’zi venalar qon zaxirasi sifatida ancha ko 'p hajm iga ega. Bularga jigar venalari, qorin bo‘shlig‘i, yirik teri venalari kiradi.
Enter title
MEDICAL
INFOGRAPHICS
Shuntlovchi (o‘lovchi) qon tomirlar arteriovenoz anastomozlardan
iborat bo'lib, tananing ba’zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun
va hokazo). Bu tom irlar ochiq vaqtida kapillarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba’zan butulay to'xtab qolishi ham mumkin.
Aorta-odam organizmidagi eng katta va uzun yagona qon tomir bo‘lib, yurakning chap qorinchasidan chiqadi va organizmning hamma qismlariga boradigan arteriya tomirlariga tarm oqlanadi. Aorta devori arteriyalar devoriga qaraganda qalinroq bo‘lib, asosan, elastik to ‘qimadan tuzilgan.
Aortani bir-biriga teng bo'lm agan uch qismga bo ‘lib o ‘rganiladi:
1) yuqoriga ko'tariluvchi aorta;
2) aorta ravog‘i;
3) pastga tushuvchi aorta.
Enter title
Aorta devori uchta qatlamdan iborat: intima(ichki qobiq), o'rta qobiq va adventitiya.(tashqi qobiq)
THANK YOU
The spring and autumn period and the visual studio is one of the enterprises and individuals to provide professional creativity, brand integration design consultants, more than 15 years working experience. To customers as the benchmark, with wisdom grafting business and the arts.
Reporter:XXX
Yüklə 20,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə