Qon ketish va birinchi tez yordam



Yüklə 244,5 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü244,5 Kb.
#148308
  1   2   3
qon ketish turlari

Qon ketish va birinchi tez yordam

Qon ketish.

  • Qon ketishi haqida tushuncha. Tashqi zarba ta`sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo`lishiga qon ketish deyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo`lishi mumkin.

Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o`q tegishi.

  • Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o`q tegishi.
  • Fizik - radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish.
  • Kimyoviy - kislota va ishqorlardan zararlanish.

Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko`ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi.

  • Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko`ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi.
  • Arterial qon ketishida - oqayotgan qon och qizil rangda bo`lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o`xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi.
  • Venoz qon ketishida - oqayotgan qon to`q qizil rangda bo`lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi.
  • Kapilyar qon ketishida - teri ostidagi, to`qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to`q qizil rangli qon sizib oqadi.
  • Parenximatoz qon ketishida - jigar, taloq, buyrak, o`pka va boshqa parenximatoz a`zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to`qima orasiga va bo`shliqlarga quyiladi (to`planadi).
  •  
  •  

Belgilari.

  • Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to`qimalarning bo`shlig`iga oqishiga ko`ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko`p qon yo`qotgan bo`lsa, bosh aylanish, ko`z oldi qorong`ilashuvi, og`iz qurishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi.

Yüklə 244,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə