Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
  1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati


Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati


Reja:

  1. Teri (cutis)

  2. Teri tuzilishi

  3. Ter bezlari


Teri va uning hosilalari
Teri tananing tashqi yuzasini qoplab odamda uning umumiy sathi 1,5-2 m2 ga etadi. Terining rangi odamlarning irqiga qa-rab har xil bo’ladi. Bu teridagi rang beruvchi modda - melanin pigmentining miqdoriga bog’liq. Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda tirnoqlar kiradi.
TERI (CUTIS)
Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan teri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, issiqlikni yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin pigmenti quyosh nurlarining organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida ishtirok etadi. Kuni-ga teri orqali 500 ml gacha suv ajraladi. Suv bilan birga har xil tuzlar, ko’proq xloridlar hamda sut kislotasi va boshqalar chiqariladi. Ma’lumki, tanadan 82% issiqlik teri orqali aj-ratiladi. Tana o’z issiqligining ma’lum qismini ter ajratish orqali ham yo’qotadi.
Terining sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu bezlar ekskretor vazifani ham bajaradi. Ba’zi dorilar (yod, brom, salitcil kislota va boshqalar) va zaharli moddalar yog’ va ter bezlari mahsuloti bi-lan chiqarib yuboriladi. Terning tarkibi ko’pincha organizm holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Buyrak kasalliklarida terda siydik kislotalari.mochevina miqdori ortsa, qandli dia-betda uning tarkibida qand paydo bo’ladi. Teri o’zidan ayrim moddalar (yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi o’tkazadi. SHuning uchun ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan moysimon dornlar ishlatiladi.
Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintez-lanadi. Uning etishmasligi raxit kasalligiga olib keladd.
Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Katta odamlar terisida 1 litrgacha kon to’planib turishi mumkin.
Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor maydon hisoblanadi. Ba’zi joylar (bosh va panja) terisining 1 sm2 yuzasida 300 tagacha sezuvchi nuqtalar borligi aniqlangan.
Taraqqiyoti. Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va mezodermasidan taraqqiy etadi. Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil qilsa, me-zodermanipg hosilasi bo’lmish dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ qatlami - gipodermani vujudga keltira-dn. Pusht taraqqiyotining birinchi haftalarida epidermis bir tcavat yassi hujayralardan iborat, keyinchalik bu hujayralar «balandlashadi». Embrion hayotining 1-oyi oxirlarida u ikki qavatli bo’ladi. Uchinchi oylarga kelib, epiteliy hujayralary-ning ko’payishi tufayli, epidermis ko’p qavatliga aylanadi. Homilaning 4 oylik davridan boshlab, eng sirtqi 2-3 qavat hu-jayralar yassilashib, tcitoplazmasi oksifil xususiyatga ega bo’-ladi va shu boisdan kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. 5 oylik homilada epidermisning donador va muguz qavatlari fa-tcat qo’l va oyoq kaftlarida paydo bo’ladi. 7-oydagina terining hamma yuzasi bo’ylab epidermis bazal, tikanaksimon hujayralar qavati va muguz qavatlarga ajraladi. YAltiroq qavat esa ancha kech papdo bo’ladi.
Teri epiteliysining rivojlanishi bilan terining biriktiruvchi to’qimali asosi ham taraqqiy eta boradi. Derma va gipo-dermaning rivojlanishi, yuqorida ta’kidlanganidek, dermatom-lardan boshlanadi. Pusht taraqqiyotining 2-oyigacha derma mezen-xima hujayralaridan, mayda qon tomirlardan va ko’p miqdorda amorf moddadan tashkil topgan bo’ladi. 2-oyning oxiriga ke-lib mezenxima hujayralari fibroblastlarga aylana boshlaydi. Lekin ular uzoq vaqtgacha kam differentciallashgan bo’lib qo-ladi va 3 turga bo’lnnadi: yulduzsimon o’simtali hu-jayralar, kalta o’simtali hujayralar va yuma-loq hujayralar. Bu hujayralarning orasida kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaluvchi argirofil tolalarning to’ri vu-judga keladi. Dermaning epidermisga yaqin qismida tolalar zichroq joylashgan bo’ladi. Homila taraqqiyotining 4-oyida tolalarning ko’pchilik qismi argirofillik xususiyatini yo’qotib, 5-oyida argirofil tolalar faqat epidermis ostidagi teri ho-silalari va qon tomirlari atrofida saqlanib qoladi. 3-4-oylarda kollagen tolalar gorizontal joylashgan holda paydo bo’la boshlaydi. Dastavval epidermis va derma o’rtasidagi chega-ra mutlaqo tekis bo’ladi. Homila hayotining o’rtalarida birikti-ruvchtc to’qimaning epiteliyga botib kirishi natijasida derma-«ing so’rg’ichlari vujudga keladi va bu chegara notekis bo’lib qoladi. Elastik tolalar esa homila x.ayotining oxirgi oylarida paydo bo’lib, taraqqiyoti 25 yoshlargacha davom etadi. Embrion rivojlanishi bilan terida differentciallangan hujayra ele-mentlari ortib borsa-da, homila hayotining so’nggi davrida ham so’rg’ichli qavat, qon tomirlar va teri hosilalari atrofida ko’p-lab kam differentciallashgan, kambial hujayralar saqlanib qoladi. Homilaning uch oylik davridan boshlab terida soch, tir-ioq va ter bezlarining kurtagi paydo bo’la boshlaydi.

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə