Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati

So’rg’ichli qavat bevosita epidermis ostida joylashib, siy-rak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan. SHu biriktiruvchi to’qima epidermisga botib kirib, so’rg’ich-lar hosil qiladi. So’rg’ichlar shakli va kattaligi terining tur-li zonalarida har xil bo’ladi.Kaftda va tovonda bu so’rg’ichlar yaxshi rivojlangan. Epidermis yupqa bo’lgan joylarda esa so’r-g’ichlar ancha kalta bo’ladi. YUz terisida so’rg’ichlar sust rivoj-lanib, yosh ulg’ayishi bilan yo’qolib ketishi ham mumkin. Teri-ning so’rg’ichli qavati barmoqlar terisi sathida har bir shaxsga xos bo’lgan individual ko’rinishlarni belgilab beradi. Terining bu ko’rinishi har bir odamning o’ziga xos bo’lganligidan sud me-ditcinasida va kriminalistika amaliyotida barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashda - daktiloskopiyada keng qo’llaniladi.
So’rg’ichli qavat to’qimasida kollagen, elastik va retikulin tolalar bilan birga fibroblast, makrofag, melanofor, plazma-tik va semiz hujayralar mavjuddir. Bu erda mushak hujayra-larining alohida tutamlari uchraydi. Bu mushaklarning ayrim-lari sochni tiklovchi mushak bo’lib, ular soch ildizi bilan uzviy bog’liqdir. Dermaning so’rg’ich qavatida qon, limfa tomirlari, nerv tolalari va erkin, hamda kapsulali nerv oxirlari ko’p uch-raydi. So’rg’ichli qavat qon tomirlari hisobiga terining epider-mis qismi oziqlanadi.
So’rg’ichli qavatda o’simtalari ko’p, tcitoplazmasida va o’sim-talarida melanin pigmentini tutuvchi melanofor hujayralar joylashadi. Melanofor hujayralar epidermis melanotcitidan farqlanib, DOFA-oksidaza reaktciyasini bermaydi va melaninni sintez qilmaydi. Melanoforga pigment epidermis melanotcitla-ridan kiradi deb taxmin qilinadi. Melanofor hujayralar te-rining ayrim joylarida, ayniqsa, anal teshik, sut bezi so’rg’ich-lari atrofida ko’p bo’ladi.
Dermaning to’r qavati zich tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, elastik tolalar va dag’al kollagen tolalari tutamlaridan iborat. Bu kollagen tolalar tutamlari teri sathiga parallel hamda qiyshiq yo’nalib, o’zaro chigallar hosil qiladi. Retikulin tolalar faqatgina qon tomirlar va ter bezlari atrofidagina joylashadi. To’r qavatda hujayra elementlaridan asosan fibroblastlar bo’lib, qon tomirlari so-halaridagina makrofaglar limfotcitlar va leykotcitlar joyla-shadi. To’r qavatda soch ildizlari, yog’ bezlari, teri osti yog’ qat-lami bilan chegaradosh qismida esa ter bezlari joylashadi. Te-rining to’r qavati juda pishiq bo’lgani uchun hayvonlar terisi-dan turli xil anjomlar va kiyim-kechaklar ishlanadi.
Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus adiposum) vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ kletchatkasi yog’ hujayralari to’dalaridan iborat bo’lib, ular derma to’r qavatidan davom etgan va teri fastciyasini ho-sil qiluvchi kollagen tolalarning yirik tutamlari bilan o’raladi. YOg’ hujayralari to’dalari orasidagi biriktiruvchi to’qimada ko’plab qon tomirlar, nerv tolalari va erkin hamda kapsulali nerv oxirla-ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater - Pachini tanachalari) joy-lashadi. YOg’ kletchatkasi terining hamma joylarida bir xil bo’lmaydi.
Ayrim joylarda (yag’rin, qorin terilarida) bu qavatning qalinligi bir necha santimetrga etadi. Terining yog’ kletchatkasi yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti yog’ kletchatkasi organizm uchun yog’ deposi hisoblanib, tana haroratini mo’’tadil tu-tib turishda ham ishtirok etadi.
Teri pigmenti melaninlar turkumiga mansub bo’lib (lat. melas - qora), deyarli hamma odamlarda bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq). Melanin melanotcit hujay-ralarida tirozin aminokislotasining tirozinaza va DOFA-ok-sidaza fermentlari ta’sirida oksidlanish natijasida hosil bo’ladi. Melanin ul’trabinafsha nurlarini juda kuchli yutish xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli ta’siridan saqlaydi. Pigment teri yuzasi-king hamma joyida ham bir xil taqsimlanmagan: yuz, bo’yin, or-qa terilarida pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi.
Tashqi va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz faslida oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi. Homilador ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi jinsiy a’zolar sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari faoliyatiga, ul’trabinafsha va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP va ayniq-sa vitamin S) ta’siriga bog’lik.

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə