Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati

Donador hujayralar qavati 2-3 qavat, bir-biriga zich joylashgan duksimon hujayralardan iborat. Ularning tcitoplaz-masida ribosomalar, mitoxondriyalar, lizosomalar bilan bir-ga, lizosamalarning bir ko’rinishi bo’lgan keratinosomalar (qavat-qavat tanachalar) hamda parchalangan tonofibrillalar bo’laklari va ular bilan yonma-yon yirik keratogialin donachalari bo’ladi. Bu donachalar polisaxaridlar, lipid va tarkibida ko’p miqdorda gistidin, prolin, arginin hamda oltingugurtli tcistin amnnokislotalari tutgan oqsillardan tashkil topgan bo’lib, ishqoriy anilin bo’yog’i bilan yaxshi bo’yaladi. Donador hujayra-lar tcitoplazmasida keratogialin bilan tonofibrillalar kom-pleksiiing bo’lishi ushbu hujayralarda muguzlanish jarayoni-
iing boshlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan bu o’zgarish terining kuchli ishqalanishga uchraydigan juda kichik sohasida ro’y berishi mumkin. (Mn: qadoqlar).
YAltirotc qavat terining ayrim sohalarida (kaftda, tovonda) yaxshi ko’rinadi va yadro tutmagan, tcitoplazmasi oqsil modda -• eleidin bilan to’lgan 3-4 qavat yassi hujayralardan iborat. Eleidin yaxshi bo’yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyati-ta ega. SHuning uchun hujayralar chegarasi aniq bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko’rinadi. Zleidin tonofibrillalar va keratogialin oqsillaridan, ular-ning sul’fgidril gruppalarining oksidlanishi natijasida ho-sil bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Uz navbatida eleidin muguz pmodda - keratin hosil bo’lishida bir bosqich hisoblanadi.
Epidermisning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lgan eng yuza qavati muguz qavat bo’lib, uning qalinligi terining turli sohalarida har xil bo’ladi. Kaft, tovon terilarida bu qavat qalin bo’lsa, tananing yon sathida, ayniqsa qovoqlar va erkaklar tashqi jinsiy a’zolari terilarida anchagina yupqadir. Bu qavat yadrosiz, bir necha o’n qavat muguz tangachalardan tash-kil topgan. Bu tangachalar muguz modda (keratin) va havo pufak-•chalari tutadi. Keratin oltingugurtga boy, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli oqsil moddasi hisoblanadi. Muguz tangacha-lari bir-biriga zich va mahkam birikib turadi. Terining tashqi yuzasidagina ular zich joylashmay, bir-biridan ajralib ayrim muguz tangachalar holida turadi. Terining ustki sathidagi muguz tangachalar fiziologik tarzda ko’chib tushib turadi va terining tushib turuvchi qavatini hosil qiladi. Muguz tangachalarining tushib ketishi jarayonida keratinosomalar muhim rol’ o’ynaydi. Ular hujayralardan chiqib, hujayralararo bo’shliqda to’planadi. Buning natijasida desmosomalarning erishi (lizisi) va muguz tangachalarining bir-biridan ajrashi kuzatiladi. Muguz qava-tining ahamiyati shundaki, u o’zidan issiqlikni yomon o’tkazadi va katta elastikli xususiyatiga ega.
Kaft va tovon terisiga nisbatan terining boshqa joylarida epidermis ancha yupqa bo’ladi. Masalan, boshning sochli qismida uning qalinligi 170 mkm dan oshmaydi. Bu erda yaltiroq qavat yo’q, muguz qavat esa faqat 2-3 qavat muguzlangan hujayralar-dan - tangachalardan iborat. Terining ko’pchilik qismida epider-mis asosan o’suvchi, donador va muguz qavatlardan tashkil topgan. Har bir qavat o’z navbatida kaft va tovon terisi epidermisi-ning tegishli qavatiga nisbatan ancha yupqa bo’ladi. Ba’zi tashqi va ichki omillar ta’sirida, masalan, kuchli mexanik ta’sirlar-da, A vitamin etishmaganda va gidrokortizon ta’sirida muguz-lanish jarayoni kuchayadi.
Derma yoki xususiy teri o’z navbatida bir-biridan aniq ajralma-gan qavatlar: so’rg’ichli qavatlar (stratum papillare) va zich yokn to’r qavat (stratum compactum seu reticulare) lapra bo’linadi.

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə