Amaliyot ishi №8 Mavzu: Quduqli maydalab qazishning oraliq qavat tizimi Mashg‘ulot maqsadi



Yüklə 137,41 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü137,41 Kb.
#161328
  1   2   3   4   5   6   7
A8


Amaliyot ishi №8
Mavzu: Quduqli maydalab qazishning oraliq qavat tizimi
Mashg‘ulot maqsadi: Quduqli maydalab qazishning oraliq qavat tizimi bilan tanishtirish va hisoblash.
Rudali qatlamlarning tik yotiqligida 5-20 m qalinlikda jinssiz ishga tushirish bilan qo‘llaniladi. Tayyorlov- qirqma lahimlar: yuklash kamerasi; harakatlanuvchi ko‘tarma (vosstayuщiy); harakatlanuvchi ko‘tarma (vosstayuщiy)li tutashma; shamollatuvchi ortlar; shamollatuvchi shtrek; oraliq qavat shtreklari; ruda tushirgichlar; tog‘-jinsli tashib chiqaruvchi shtrek; kesadigan (qirqadigan) ko‘tarma (vosstayuщiy)

4-rasm. Oraliq qavat maydalash
Elpig‘ichsimon quduqlarni burg‘ilash burg‘ulovchi oraliq qavat lahimlaridan - qavat balandligi bo‘ylab 10-20 m dan o‘tgan shtreklar, ortlardan amalga oshiriladi. Quduqlar diametri 75-100 mm. Rudani chiqarish – tashib chiqaruvchi qatlamga yon yuzali yoki ostdan (transheyalar yoki voronkalar). Kamera tubi tuzilishi alohida paragrafda ko‘rib chiqilgan. Qazish bo‘shlig‘i, ko‘tarmalarni (vosstayushix) saqlash uchun kameralararo seliklar (kengligi 6 m dan kam bo‘lmagan), shamollatish va tashib chiqaruvchi qatlam lahimlarini saqlash uchun esa qavatlararo seliklar (selik qalinligi tubning tuzilishiga bog‘liq: mustahkamlash qatlami mavjudligida selik 10-12 m, chiqaruvchi voronkalar, transheyalar uchun - 4-5 m, bunda kamera shifti qalinligi 3-5 m) qoldiriladi
Qirqma lahimlar: oraliq qavat shtreklari, ortlar, chiqarish qatlami lahimlari, kesish lahimlari - shtrek (ort), ko‘tarma (vosstayuщiy), tirqish. Qazish ishlari quyidagi operatsiyalardan iborat: a) kameradagi ruda zaxiralarini maydalash va etkazish; b) vaqtinchalik kameralararo seliklarni qazish.
Maydalash odatda elpig‘ichsimon quduqlar yoki shtangasimon shpurlar bilan olib boriladi (elpig‘ichsimon maydalashda parallel quduqlarda maydalash bilan taqqoslaganda ko‘proq notekis ruda maydalanishi, ammo qirqma lahimlar kamroq).
Jihozlar: kolonkali perforatorli burg‘ilash qurilmalari (BU-70U, Udar-2, KBU-50M, KBU-80), yuklash-etkazish mashinalari (yon yuzali chiqarishda), titratma qopqoqli tuynuklar yoki ta’minlagichlar (chiqaruvchi voronkalarda), skreperli qurilmalar (transheyali tubda).
Kameralar keyinchalik to‘lg‘azmalar bilan bekor qilinadi yoki ajratib olinadi (agar o‘tirindi jinslar siljishi va o‘pirilishiga yo‘l qo‘yilsa), seliklar o‘pirilgan jinslar ostidan yoki dastlabki kameralarning qotgan to‘lg‘azmalari joylashmasidan qazib olinadi (blok ichida qazib olish tizimi kombinatsiyasi - VIII sinf). Qazishning tizim varianti - ajratuvchi egiluvchan to‘sqich ostidan seliklarni qazish (yog‘ochli yoki metall to‘shak (bordon) bilan). Rudani qisman yon yuzali chiqarish (maydalangan hajmning 20-25% gacha) kameralar yotiqlik burchagi 700 gacha bo‘lgan uyumlarda qo‘llaniladi – chiqarishda ostki yonlarda ruda talafoti bo‘lmasligi uchun. Qavat balandligi 60-90 m, blok uzunligi 50-60 m.
Afzalligi: mehnatning yuqori unumdorligi (qazish joyi ishchisi unumdorligi 60-80 t/smenada) va ishning xavfsizligi (qazish joyida kishilar yo‘q), talafot va sifatsizlanish kam ( 5 dan 25% gacha kameralararo va qavatlararo seliklarni qazish usuliga bog‘liq holda - o‘pirilish bilan yoki kamaeralar to‘lg‘azilgandan so‘ng).
Kamchiliklari: qirqish ishlarining katta hajmdaligi (3,5-4,5 pm/1000 t ruda – bu blok bo‘yicha barcha sarfning 20-30% ini tashkil etadi), blok zaxiralarini ikki bosqichli qazish (oldin kameralar, so‘ngra seliklar), kameradan rudani tanlab qazib olish mumkin emasligi.
Portlatish usulida qazib olinadigan rudalarning 60% ga yaqini quduqli PM zaryadlarni portlatish bilan qo‘lga kiritiladi. Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan quduqlar odatda 5 dan 100 m gacha chuqurlikka ega. Ularning di­ametrlari 40 dan 200 mm gacha va undan ortiq. Portlatish quduqlarining eng yuqori chuqurligi chegaralanmagan, chunki chuqur quduqlarni burg‘ilashda ularning qiyshayishi ro‘y beradi va shuning uchun berilgan yo‘nalishga yoki maydalashning sifatliligiga erishish mumkin bo‘lmay qoladi.

Yüklə 137,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə