Amaliyot ishi №8 Mavzu: Quduqli maydalab qazishning oraliq qavat tizimi Mashg‘ulot maqsadi


Qisqichda quduqli maydalash texnologiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat



Yüklə 137,41 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü137,41 Kb.
#161328
1   2   3   4   5   6   7
A8

Qisqichda quduqli maydalash texnologiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Qisqichda rudani ko‘p qatorli portlatishni qo‘llab, har bir qator uchun kam sekinlatib seksiyalar bilan maydalash lozim.

  • 18-25 m qalinlikdagi qattiq ruda uyumlarida Vs
    seksiya eni 15-18 m ni tashkil etishi, V3 qisuvchi material eni esa 25-30 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Qisuvchi material zonasi eng kam eni seksiya enining mos kichrayishini talab etadi, shuning uchun Vs < 0,7 V3 m.

  • !0 m ga yaqin qattiqlikdagi uyumlarda seksiya eni 10-12 m gacha pasayishi lozim (taxminan 1,5 marta), chunki bu holatda qazish bo‘shlig‘i devorlari ta’siri qisuvchi materialning bir tekis zichlanishiga qarshilik qiladi.

  • O‘rtacha qattiqlikdagi o‘ta qalin uyumlarda seksiya enini 20-30 m gacha oshirish mumkin, ammo burg‘ilash lahimlariga ruda otilishiga qarshi maxsus choralar ko‘rish lozim, shuningdek, qisuvchi materiallar zonasining yirik o‘lchamlari mavjudligida ( 60 m gacha).

  • Quduqlarning birinchi qatorida eng kam qarshilik liniyasini oshirish ma’quldir (rudaning 1,3-1,5 past darajada turg‘unligida), ularning keyingi portlatishdan emirilishi oldini olish uchun, massivni maydalash va qisuvchi material zichlanishi etarli bo‘lishi uchun esa, shu qatorda quduqlar sonini ham mos ravishda oshirish zarur.

  • Zaryadlarni kam sekinlatishli portlatish oralig‘i, taxminan, odatdagiga qaraganda 1,5 marta ko‘p bo‘lishi lozim (masalan, 15 ms o‘rniga 25 ms), birinchidan, qisuvchi material qarshiligi va gazlar bosim qarshiligiga bog‘liq massivga yanada uzoq vaqt portlatish ta’siri ustunligini amalga oshirish uchun, va ikkinchidan, massiv va maydalangan ruda o‘rtasida bo‘sh joy hosil bo‘lishi uchun.

• Portlatishdan so‘ng maydalangan rudani qisman chiqarish amalga oshirilishi zarur (taxminan 20% hajmda), bu normal yumshashni hosil qiladi va keyingi portlatishda qisuvchi materialda portlash to‘lqini energiyasi talafotini kamaytiradi.



Yüklə 137,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə