Amaliyot ishi №8 Mavzu: Quduqli maydalab qazishning oraliq qavat tizimi Mashg‘ulot maqsadi


Qisqichda maydalashning asosiy afzalliklari quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 137,41 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü137,41 Kb.
#161328
1   2   3   4   5   6   7
A8

Qisqichda maydalashning asosiy afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:

  • ochiq kompensatsiyalovchi bo‘shliqning oldindan hosil bo‘lish zaruriyati yo‘qligi, bu massivning ustivorligini oshiradi va qazishni bir turdagi texnologiya bilan bir bosqichda olib borish imkonini beradi;

  • rudani burg‘ilash lahimi yon yuzasiga bevosita chiqarish, ya’ni yon yuzali chiqarish deb ataluvchini qo‘llash, bunda odatdagi ostdan chiqarishdan farqi – chiqaruvchi lahimlarni qurish bo‘yicha sermehnat qimmat ishlarni ( voronkalar va transheyalar) o‘tkazishga zaruriyat yo‘q.

Qisqichda maydalash kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: portlashdan ruda zichlanishi birinchi miqdorlarini chiqarishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar (chiqarish teshigi ustida rudaning muallaq turishi), shuningdek, burg‘ilash lahimlariga ruda otilishi yoki ushbu otilishni bartaraf etishga yo‘naltirilgan blokni tayyorlash sxemasining ayrim murakkablashuvi. Ko‘pgina holatlarda bu kamchiliklar aniqlangan afzalliklarga qaraganda muhim emas.
Aniq sharoitlar uchun maydalash variantini tanlash tegishli texnik-iqtisodiy hisoblashlar bazasida amalga oshiriladi. Bunda eng maqbuli maydalashning eng tejamli varianti bo‘lishi shart emas (burg‘ilashga va portlatishga, shuningdek, burg‘ilash lahimlarini o‘tkazish va saqlashga sarflar bo‘yicha).
Quduqli maydalashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:

  • qattiq rudalarda burg‘ilovchining mehnat unumdorligi 250-300
    m/smena, o‘rtacha qattiqlikdagi rudalarda 350-400 m/smena va yumshoq rudalarda 500 m/smena gacha;

  • maydalashga PM solishtirma sarfi 1,5-3,5 kg/m' gacha, bunda parallel quduqlar bilan maydalashga qaraganda elpig‘ichsimon quduqlar bilan maydalashda PM solishtirma sarfi 10-15%
    ga yuqori;

  • qattiq rudalarda 1 m quduqqa maydalangan ruda chiqishi - 4-5 m3/m va o‘rtacha qattiqlikdagi rudalarda 15-20 m3/m;

  • yirik toshlar chiqishi ruda xususiyatiga bog‘liq va turli konlarda turlicha qiymatga (ahamiyatga) ega hamda 3-5% miqdorni tashkil etadi.

rudani yig‘malash bilan qazib olish va chuqur quduqlar bilan maydalash tizimida qazib olishni hisoblash (3-rasm).

3-rasm, Rudani yig‘malash bilan qazib olish tizimi (chuqur quduqlar bilan rudani maydalash)
Shartlari:
Rudali jismning gorizontal qalinligi 18 m. YOtiqlik burchagi 80°. Rudaning hajmiy og‘irligi g=3,6 t/m3. Qattiqlik koeffitsienti ¦=5—6.
Rudada foydali komponentlar miqdori Ae = 60%, saqlovchi jinslarda Ar =30%.
Qavat balandligi 55 m, blok uzunligi 48 m, rudaning maydalanadigan qatlami balandligi h=4 m, ruda tushirgichlar o‘rtasidagi masofa 8 m.
Quduqlar joylashuvi parallel, quduqlar diametri 100 mm, burg‘ilash tezligi 15,3 m/smena.
Seliklar o‘lchamlari: kameralararolarda 8 m, shtrek ustidagilarida 6+8=14 m va shtrek ostidagilarida 5 m.
Kamerani qazishda ruda talafoti ats = 20% va seliklarni qazishda ats=20%.
Kamerani qazishda ruda sifatsizlanishi b= 3,6% va seliklarni qazishda bs=15%.
SHaxtaning sutkalik unumdorligi R=3000 t (6 soatdan 2 smenada ishlashda).
Seliklardan sutkada o‘rtacha ruda qazib olish Rots = 450 t.
Seliklar chuqur quduqlar bilan burg‘ilanadi va kameradan rudani chiqargandan so‘ng portlatiladi.

Yüklə 137,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə