Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati

TER BEZLARI
Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi bilan uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi.
Taraqqiyoti. Ter bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima tomon botib kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti yog’ klet-chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; epitelial tasmaning yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining oxi-rida epitelial tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo bo’ladi. Ter bezlari inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi.
Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning soni 3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari terining barcha qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, tovonda, qo’ltiq osti chuqur-

J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima.
chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm2 sathida 300 ga yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter bezlarining zichligi (1 mm2 sathdagi soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter bezlarining sekreti 98 % suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik modda-lardan tashkil topgan. Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida joy-lashadi. (150-rasm). Ter chiqaruv naychalari derma va epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-jayralari tagida, bazal membranada, mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki qavatli ubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, peshanada, sut bezlari so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito-plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi.

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə