Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə7/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati

Terining innervatciyasi. Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor maydon hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirlaridan iborat. Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan ta’minlanadi. Teri nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joylashgan asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter bezlarini, soch piyozchalarini va teri tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning pastki qismida hosil bo’lgan nerv chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi. Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi. Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va jinsiy tanachalardan iborat.
Og’riq sezgisi epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar (Merkel’ disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri osti yog’ kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli barmoqchalar (Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze kolbalari orqali qabul qilinadi.
Teri regeneratciyasi. Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-dermis yuqorida aytib o’tilganidek, o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-riktiruvchi to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qiluvchi hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima - granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil qilayotgan hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi. So’ngra epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi ko’rinishga ega bo’ladi.

Adabiyotlar:



  1. Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986

  2. Kodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994

  3. Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “O’qituvchi”

  4. Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984.

  5. Sidorova M.V. M.: VO “Agropromizdat” 1991

  6. Akayevskiy A.I. Anatomiya domashnix jivotnix M.: “Kolos” 1975

  7. Sidorova M.V. Davidova Praktikum po anatomi s osnovami gistologii L.: “Selxozizdat” 1985

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə