Reja: Teri (cutis) Teri tuzilishi Ter bezlari Teri va uning hosilalari



Yüklə 126,03 Kb.
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü126,03 Kb.
#148271
1   2   3   4   5   6   7
Tapetum qavati hujayralarining tuzilishi va uning chang donalari hosil boʻlishidagi ahamiyati

YOg’ bezlari (gld sedaceae). yog’ bezlari kaft va tovondan tashqari terining barcha qismlarida bo’ladi. Labning qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar soxasida, ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga ochiladi. Terining boshqa sohalarida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch voronkasiga ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 20 g ga yaqin teri yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi. yog’ bezlari turlicha kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), ko’krakda (to’sh sohasi), or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’ bezlari terining yuqori qatlami dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekretciya tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi.
yog’ bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik biriktiruvchi to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha ba-land bo’lmagan muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar qavatidan so’ng yirik, tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qavati bez al’veolasining ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng ichki hujayralari yog’ bi-lan to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu hujayralar yoriladi va hujayra mahsuloti - yog’ soch voronkasiga quyiladi. Bazal membranada joylashgan kambial hujay-ralar hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi. yog’ bezining chiqaruv nayi kalta bo’lib, devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi ko’p qavatli yassi epite-liy bilan koplangan.

151- rasm. YOg’ Sezlari (terining derma qavatidanolingap). Gematoksilin- eozin
bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1 - soch voronkasi; 2 - bezning sekret chiqarua yo’ln: 3 - bez oxirgi bo’limining emi-rilayotgan hujayralari; 4 -oxirgi bo’limning kam differentciallangan hujayralari.
Terining oziqlanishi. Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar hosil qiladi. YUza va chuqur arterial chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial to’r arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi yog’ bo’laklarini o’ragan biriktiruvchi to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi sohalarida gorizontal yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu chuqur tomirlar to’ri ter bezlarini, teri osti yog’ qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan tarmoqlangan boshqa tomirlar terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu tomirlar derma orqali o’tib, yog’ bezlarini va soch follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar tarqaladi.
Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari ostida, ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar to’riyog’ osti kletchatkasida joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz tomirlar teri so’rg’ichlarida ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari burchak hosil qilib egilib, derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va oyoq barmoqlari uchida, tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular issiqlik almashinuviga bevosita aloqadordirlar.
Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa sinuslaridan tarqalgan limfa tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. Terida chuqur joylashgan limfa tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ kletchatkasiga botib kiradi. Bu tomirlar o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal hosil qiladi.

Yüklə 126,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə