7-mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati


O’qituvchi nutqining ta’sirchanligi va ifodaliligi



Yüklə 96,91 Kb.
səhifə9/13
tarix21.10.2023
ölçüsü96,91 Kb.
#130342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7.Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.

O’qituvchi nutqining ta’sirchanligi va ifodaliligi. O’qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi to’g’rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun yo’naltirilgan bo’ladi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o’qituvchining og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va o’quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo bo’ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni notiq-o’qituvchi o’quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh xususiyatlarigacha, nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, o’z nutqining o’quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga ega bo’lgan o’qituvchilar jo’n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy, yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo’lmagan o’qituvchilar ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq-o’qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo’lgan har qanday fikrini to’laligicha o’quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi.
O’quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o’qituvchi oldiga qo’yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa, o’qituvchida yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo’lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o’zaro bog’lab, o’quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan tanishtirib, so’zni boshlash lozim. Vaqtni hisobga olish, notiqlik fazilatlaridan biridir. CHunki so’zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq tugatilsa, o’quvchilar zerikishmaydi.
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi haqidagi gap ma’lum ma’noda nutq sifatlari haqida aytilgan gaplarga yakun yasashdir. CHunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko’rsatib o’tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatoliklarni tahlil qilish, pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. Nutqdagi fikrlarni o’quvchilarga mazmunli yetkazishning xilma-xil yo’llari va vositalari mavjud. Ularni yordamchi vositalar deb ham atash mumkin. Masalan, yumor yoki biror hikoyatni olaylik. Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi, uning bir maromda bayon qilinishi o’quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib qo’yishi mumkin. SHunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar haqida gapirish o’qituvchiga juda qo’l keladi. Yumorning nutq mazmuniga mos holda keltirilishi yana ham yaxshidir. SHunday qilinsa, o’quvchi ham dam oladi, ham o’rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi.
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday fikrlar notiq fikrining to’g’riligini, haqqoniy ekanligini isbotlash uchun foydalaniladi, faqat ulardan foydalanishni suiste’mol qilmaslik kerak. Badiiy adabiyot namunalaridan, hikmatli so’zlardan, tildagi ifoda – tasvir vositalaridan nutqda o’rni bilan foydalanish ham foydadan holi bo’lmaydi.
Nutqning o’quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida o’qituvchining nutqiy jarayon davomida o’zini qanday tuta bilishi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham o’rni bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, o’quvchilarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning o’quvchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo’ladi.
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo’lish – o’qituvchilar uchun ulkan mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o’tkirligi, yorqinligi va originalligi tinglovchi va o’quvchida his-tuyg’u va qiziqish uyg’otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmunini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
Demak, nutq aniq va ravon bo’lishi, grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo’ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o’rganilayotgan bilim o’quvchi qalbiga borib yetadi. SHunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o’qituvchidan tinimsiz izlanish va o’z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
Nutq texnikasini egallash.
O’qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo’ladigan jarayon. Psixologik til bilan aytganda nutq texnikasi, notiq nutqining o’rinli yoki o’rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo’ladi. O’qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o’quvchilar bilan muloqotda bo’ladi. Demak u o’z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o’quvchilar holatiga qarab tuzishi, o’zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, o’quvchilarni zeriktirib qo’ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo’lmish metonimiya, metafora kabilardan foydalanishi lozim. O’quvchilar diqqatini jalb etish, o’rganilayotgan mavzuga ularni qiziqtira olish o’qituvchi nutq texnikasining asosiy xususiyatlaridandir.
O’qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo’lishi, o’quv materialini talabalar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o’qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni noto’g’ri aytilishi kulgiga sabab bo’ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi o’qituvchining baland ovozidan o’quvchi o’zini aldanayotgandek his etadi. Bu o’qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg’otadi. Ayrim mutaxassislar insonning tovushi va uning tembri tug’ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovush sifatini o’zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda nutq texnikasi bo’yicha bir necha turdagi mashqlar kompleksi ishlab chiqilgan. Ular asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo’lib, so’zlashish paytida nafas olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtiradi, bu esa o’qituvchiga o’z so’zi mazmunini o’quvchilarga yanada to’laqonliroq qilib yetkazishga imkoniyat beradi.
O’quvchi hayoti davomida o’qituvchisining nutqiy xususiyatlarini, o’quvchilarga murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini xotirasida saqlaydi. O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak. SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas, balki kasbiy va pedagogik talablar ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z so’zining mazmuni, sifati va oqibati uchun jamiyat oldida ijtimoiy javobgar shaxsdir. SHuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
O’qituvchi nutqi deyilganda, ta’kidlab o’tganimizdek o’qituvchining og’zaki va yozma nutqi nazarda tutiladi. Yozma nutq va og’zaki nutq – bu o’qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo’lib, o’quvchilar ongiga, istak va motivlariga, his-tuyg’ulariga ta’sir etuvchi muhim omillardir. O’qituvchi og’zaki nutq asosida zarur bo’lganda o’z kamchiliklarini tuzatib, korrektsiyalab boradi.
Tajribali o’qituvchining nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• o’qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o’rtasidagi o’zaro munosabati va mahsuldor muloqotini;
• ta’lim jarayonida bilimni to’la qabul qilinishini, anglanishi va mustahkamlanishini;
• o’quvchilar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatish;
• o’quvchilarning o’quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish.
"Pedagogik nutq" tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xylqi tushunchasi bilan uzviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayonigina emas, balki, o’qituvchi va o’quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga ular o’rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy nazokati ham ko’zda tutiladi.
O’qituvchining pedagogik faoliyatidagi og’zaki nutqi monologik va dialogik shaklda bo’ladi. Monologik nutqning keng tarqalgan shakllari hikoya, maktab ma’ruzasi, sharh kabilardir. Dialogik nutq turlari suhbat, savol - javob shaklida bo’ladi.
Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun, o’qituvchining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni notiqlik mahoratini shakllantirish uchun lozim bo’lgan kommunikativ sifatlarga javob berishi hamda nutqi bir nechta adabiy normalarga mos kelishi lozim: chunonchi, zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga.
Pedagogik nutqning to’g’rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifodalilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o’qituvchi nutqining madaniyatini belgilaydi.
Maqsadga muvofiq keladigan pedagogik nutq o’zining mantiqiyligi, ishonchliligi, kuzatuvchanligi bilan xarakterlanadi.

Yüklə 96,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə