Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar


Tug’ilib gurkirab… keksayar



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Tug’ilib gurkirab… keksayar umrim,
O’shalar she’rimga baxsh etgan sado,
Hayotim yo’lini yoritgan nurim.
Ushbu misralarda shoira “tug`ilmoq” hamda “gurkiramoq” so`zlarini darajalash asosida sinonimik munosabatga kiritadi, shuningdek, sinonimlarga qarama-qarshi holatda “keksaymoq” zid ma`noli so`zni qo`llash bilan she`rning badiiylik darajasini oshiradi.
Shoira ijodida juft so`zlarning sinonimligi ham kuzatiladi. Jumladan, “Kechir, qoldim g`aflatda” she`rida buni ko’ramiz:
Seni birdan jonsiz ko’rdim,
Jonim chiqdi mening-da.
Es-hushimdan ajrab turdim,
Tuyg’um ketdi sening-la.
Antonimlik til sathining barcha bo‘limlari uchun xos hodisa bo‘lib, fonetik, leksik, grammatik (morfologik), sintaktik birliklarda kuzatiladi. Shuningdek, barqaror birliklarda ham mazkur hodisa keng uchraydi. Mazkur hodisada yuqorida sanalgan birliklar mazmunan – mantiqan zid tushuncha va tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Antonimlik adabiyotshunoslikda antiteza hodisasi, tazod san’ati yuzaga kelishida ham muhim o‘ringa ega.
Antonim hodisasi o‘zbek tilshunosligida XX asrda keng tadqiq etilgan2. Shuningdek, mazkur hodisa uchun amaliy material bo‘lib xizmat qiladigan lingvistik lug‘at, ya’ni antonimlar lug‘ati ham tuzilgan.3
Masalan, Zulfiyaning “Iqrorga vaqt yetdi” she`ridagi quyidagi misralarida but – chala antonimligi kuzatiladi:
O`ylasam, hayotga o`zni bag`ishlab,
Burchlar savalabdi misoli jala.
Mahram qalamimni tishimda tishlab,
Yashabman, ishlarim goh but, goh chala!
Antonimiya ikkita til birligi orasida bo`ladi. Bulardan biri ikkinchisiga nisbatan antonim bo`lib, ikkisi birgalikda antonimik juftni hosil etadi. Antonimlarning har biri sinonimlarga ega bo`lishi mumkin, ammo bu antonimik juftlik holatiga ta`sir etmaydi.
Antonimlardagi mantiqiy qarama-qarshilikdan kelib chiqib tadqiqotchilar ta'kidlashadiki, ular badiiy uslubda kuchli poetik vosita vazifasini bajarishi mumkin. haqiqatdan ham, narsalar va hodisalar o'rtasidagi belgi va xususiyatlarni aniq farqlashda, ularni bir-biriga zid tarzda tasvirlashda antonimlar o'ziga xos tasviriy vosita sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, “Ko`ngil” she`rini kuzatamiz:
Elda yumushlar ko’p: ekmoq, undirmoq,
Butun yer yuzida hayot sochsin gul.
Yovuzlikni olov olmay so’ndirmoq,
Toki, inson yashay olsin xushko’ngil!
Bu she`riy parchada “ekmoq” va “undirmoq” sinonim birliklariga “so`ndirmoq” so`zi antonim sifatida qo`llangan.
“O`quvchimga” she`rida shoira “kulmoq” va “g`am chekmoq” so`zlari bilan kontekstual antonimlik hodisasini hosil qilgan:
Ishq, haqiqatan qudrati go`yo
Mening bilan tebratdi qalam.
Qo`shiqlarim bilmay g`ash, riyo,
Oshkor kuldim, oshkor chekdim g`am.
Antonimik munosabat odatda bir turkum so`zlarda bo`ladi. Shunga ko`ra antonimiya sifat, ravishlarda ko`p. Masalan, “Bahor keldi seni so`roqlab” she`rida buning yorqin ifodasini ko’rish mumkin.
Qani o`sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko`zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko`klamda sen parishonhol?
«Xotira satrlari» she'rida ham shoira fikrlar to'lqinini kuchli ifodalash maqsadida zid ma`noli so`zlar zanjiri usulidan foydalanadi. Sevinch - alam, tug`ilish - o'lim kabilardan o’rinli foydalanib go’zal misralar yaratadi.
Nurga to'lgan uylar sehrlar nigoh,

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə