Zulfiya Isroilova she`riyatida sinonim va antonim so`zlar



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#154686
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Sintaktik parallelizm. Parallelizm keng tushuncha bo‘lib, bu tilshunoslikning barcha bo‘limlari bilan bog‘liq. Parallelizmning yorqin ko‘rinishi sintaksisda uchraydi. Umuman, badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar yoki bir xil sintaktik konstruksiyalar ham uchrab turadi. Bunday sintaktik parallelizm badiiy matnda tegishli fikrning poetik taʼkid olishi uchun xizmat qiladi. Masalan: Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi. Molxona taraf quloq tutadi. Ovoz qayerdan kelyapti – bilolmaydi (T. Murod, “Otamdan qolgan dalalar”)10. Mazkur hodisaning badiiy matndagi ahamiyati haqida tadqiqotchi R. Shukurov shunday yozadi: “Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, eng muhimi, unga tinglovchini toʻla ishontira olishdan iborat. Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri boʻlib, poetik nutqda koʻp qoʻllanadigan, eng mahsuldor va taʼsirchan sintaktik birlik hisoblanadi”11
Quvonarlisi, o‘zbek tilshunosligida parallelizm hodisasi maxsus tadqiqot obyekti ham bo‘lgan. R.Shukurovning nomzodlik dissertatsiyasi shu masalaga qaratilganligi bilan ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi parallel sintaktik butunliklarning umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida shakllangan variantlar o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifoda etuvchi nutqiy hodisa sifatida baholaydi, unga uslubiyat va nutq madaniyatining tekshiruv obyekti sifatida qaraydi. Tadqiqotchi parallelizmni shakliy va mazmuniy parallezm sifatida ikkiga bo‘lib o‘rganadi.
Emotsional gaplar. Soʻzlovchining oʻta xursandlik yoki oʻta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy boʻyoqdor soʻzlar bo‘lishi mumkin. Qolaversa, his-tuygʻu ifodalovchi undovlar (eh, oh, esiz, vo-ajab, eh attang, ura kabi), munosabat ifodalovchi murojaat birliklari – undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini taʼminlashga xizmat qiladi: Oh! – deb yubordi bir yigitcha. (S.Ahmad), O‘, ma’lumotli ekansiz-ku! (X.To‘xtaboyev) O! Ho‘kiz yoq, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. (A.Qahhor) Naqadar go‘zal manzara!

Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə