Xix asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy hayoti



Yüklə 2,11 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#153363
ABDULLAYEVA MUXLISA

NDPI TARIX FAKULTETI TARIX YUNALISHI 1A GURUH TALABASI

NDPI TARIX FAKULTETI TARIX YUNALISHI 1A GURUH TALABASI

ABDULLAYEVA MUXLISANING ÕZBEKISTON TRIXI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

QORAQALPOQLARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA DAVLATCHILIK HARAKATI

XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb tomonlarida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar.


Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o‘tdilar.

Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti

Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo‘lishgan.

XIX asrda Qoraqalpoqlar


Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volgabo‘ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etaklarida yashab kelganlar.

XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan.

Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 ming nafardan osh magan.


Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar.

Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan.


Muhammad Rahimxon I

Xo’jaligi va mashg’ulotlari


Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi.

Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bilan shug‘ullanish qoraqalpoqlar hayotida asosiy o‘rinni egallay boshladi.

Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva xonlarining alohida homiyligida bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning ikki turi – qozilar sudi va biylar sudi mavjud edi.

Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o‘rin egallagan.


Amudaryoning bo‘ylarida va Orol dengizi atrofidagi ko‘llarda baliqlar serob bo‘lib, ular ko‘plab oila hamda urug‘lar uchun asosiy tirikchilik manbayi edi.

Qoraqalpoqlar, asosan, ro‘zg‘or uchun zarur buyumlarni tayyorlash bilan shug‘ullanar edilar.

Qoraqalpoq bezaklari

Ular o‘tovlarning atrofini o‘rash uchun matolar, tuya junidan guldor namatlar to‘qir edilar. Ularning xalq amaliy san’atida o‘tovlar uchun o‘ymakor eshiklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash, gilam to‘qish, kashtachilik yuqori darajada rivojlangan.


Qoraqalpoq o‘tovi

Qoraqalpoqlar urug’chilik va qabilaviy munosabatlar


XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi.
Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shulluk va joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi.

Urf-odatlari va turmush tarzi


Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi.
To‘y marosimlarida urug‘ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo‘lgan. Umuman olganda, qoraqalpoqlar ko‘chmanchilikdan o‘troq turmushga o‘tishgacha bo‘lgan uzoq davrda, xalq bo‘lib shakllanish jarayonida o‘ziga xos ma’naviy-moddiy qadriyatlar yaratdi.
Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə