2-amaliy mashg’ulot mavzu: O’rmon huquqi manbalari. O’rmo huquqi manbalari tushunchasi



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#145238
  1   2   3   4
2-AMALIY

2-AMALIY MASHG’ULOT

Mavzu: O’rmon huquqi manbalari. O’rmo huquqi manbalari tushunchasi.




O’rmon huquqi manbalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi. O’rmonlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bilan bog’liq jarayonlarda paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish o’rmon huquqining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Tabiat va jamiyat tizimida paydo bo’ladigan bio-ekologik va ijtimoiy- huquqiy jarayonlarda o’rmon huquqining ahamiyati byoqiyos bo’lib, ularda o’rmon, birinchidan, tabiatning muhim resursi sifatida, ikkinchidan, jamiyat extiyojlarini qondirish bilan bog’liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar ob’ekti sifatida ishtirok etadi.
O’rmonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog’liq jarayonlarni tartibga solishda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik, tashkiliy-huquqiy ahamiyatdagi hujjatlar ishtirok etadi.
SHu bilan birga aytib o’tish kerakki, o’rmonlardan foydalanish borasidagi munosabatlarni tartibga solishdagi o’rniga qaramasdan, hamma huquqiy hujjatlar ham o’rmon huquqining manbasi sifatida e’tirof etilmaydi.
Davlat va huquq nazariyasi asosida olinganda, o’rmon huquqining manbasi sifatida e’tirof etilayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilingan, tasdiqlangan, sanktsiyalangan bo’lishi;
-Belgilangan muddat va doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;
- O’rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoida-talablarni belgilashi;
- Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa xususiyatlarga ega bo’lishi.
Demak, o’rmon huquqining manbalari deganda, o’rmonlarni muhofaza
qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog’liq jarayonlarda paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoida- talablardan iborat bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar tizimi tushuniladi. O’rmonlardan foydalanishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig’indisi o’rmonga oid qonun hujjatlari
tizimini tashkil etadi va o’rmon huquqining manbasi bo’lib hisoblanadi.
O’rmonga oid qonun hujjatlari keng qamrovliligi, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishini e’tiborga olib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Yuridik kuchi bo’yicha – qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarga bo’linadi.


  1. O’rmon bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi yo’nalishlari bo’yicha – umumiy va maxsus huquqiy hujjatlar.

  2. Huquqiy tartibga solish holati bo’yicha – moddiy va protsessual qonun hujjatlari.

  3. Qonun hujjatlarining tizimlashganligi bo’yicha- oddiy va kodifikatsiyalashgan manbalar.

  4. Qonun hujjatlarining qo’llanilish doirasi bo’yicha:

  • hududiy-mintaqaviy;

  • respublika miqyosida;

  • xalqaro miqyosdagi manbalar va hokazo.

Demak, o’rmon huquqining manbalari o’rmonga oid munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va jamiyat qonun hujjatlarini mujassamlantirgan holda tartibga soladi. Bu esa o’z navbatida o’rmon qonun hujjatlarining hajmining ko’payishiga olib keladi.
Tabiat-jamiyat tizimida o’zaro munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan, qonun, farmon, qaror, kabi qonun hujjatlari, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarining qo’llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda o’rmonga oid normativlar, standart va yo’riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo’llaniladi.
O’rmon huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo’llashda umumiylikka egadir. Lekin shuning bilan bir qatorda o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi. Ular muhim ahamiyatga ega bo’lib, birinchidan, o’rmon sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlar ustuvorligini e’tirof etadi, ikkinchidan, o’rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishda jamiyat-davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi.
O’rmon qonun hujjatlari birinchidan, o’rmonga oid ijtimoiy munosabatlar ustuvor yo’nalishlarini tartibga solishni jamiyat rivojlanish qonuniyatlari bilan mujassamlantiradi, ikkinchidan, o’rmonni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini belgilash va kafolatlashda boshqa huquq sohalari, ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo’jalik huquqi kabi qonun hujjatlarini o’rmonga oid masalalarni hal qilishga yo’naltiradi.
Demak, o’rmon huquqining manbalari o’rmonni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog’liq jarayonlarda paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlari tizimidan iboratdir. O’rmon qonun hujjatlari murakkab tizimga ega bo’lib, o’z mazmun- mohiyatiga ko’ra, biz ularni o’rganishni oson bo’lishi uchun uch asosiy qismga bo’lib o’rganamiz:

  1. O’rmon huquqining konstitutsiyaviy asoslari;

  2. O’rmonlardan foydalanish sohasidagi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tizimi;

  3. O’rmonlardan foydalanish, ularni asrab-avaylash bilan bog’liq qonunosti me’yoriy hujjatlari tizimi.


Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə