2-amaliy mashg’ulot mavzu: O’rmon huquqi manbalari. O’rmo huquqi manbalari tushunchasi



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#145238
1   2   3   4
2-AMALIY

O’rmon huquqining konstitutsiyaviy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa huquq sohalari kabi o’rmon huquqining ham asosiy manbasi hisoblanadi. Davlatimizning Asosiy qonunida shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo’lib, atrof muhitni muhofaza qili, tabiiy resurslardan, shu jumladan, o’simlik dunyosi, o’rmonlardan oqilona foydalanish bo’yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi asoslari mustahkamlangan bo’lib, o’rmonni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish bo’yicha davlat- huquqiy mexanizmining shakllantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat-jamiyat tizimidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qoida-talablar ham belgilangan bo’lib, ular o’rmon huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi.
Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bog’liq qoida- talablar mustahkamlangandir.¹
Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”-deb belgilangan bo’lib, bu norma respublika fuqarolarining o’rmon sohasidagi majburiyatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.
“Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlangan XII bobda respublikamiz hayotining iqtisodiy asoslari, ya’ni mulkchilik masalalari, xo’jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatinining kafolatlari mustahkamlangan hamda ushbu normalarning hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda ahamiyati beqiyosdir.
Ushbu bobning 54-moddasida quyidagicha belgilangan: “Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”.
Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e’tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayonida o’rmonga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning majburiyatlari mustahkamlanadi. Konstitutsiyaning 55-moddasida “YEr, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur” deb, ifodalangan bo’lib, davlat tabiat siyosatining asosiy tamoyillarini o’z ichiga oladi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarning xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni o’rmon-huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.
Asosiy qonunimizning XXI bobi, mahalliy davlat organlariga bag’ishlangan bo’lib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo’nalishi sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish kabi ma’suliyati e’tirof etilgan.
Konstitutsiyadagi qoida-talablar o’rmon huquqiy munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi.
Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar asosida o’rmonni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanishga qaratilgan qonun, farmon, qaror, kabi huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə