Fizikani bosqichli o‘qitishning xususiyatlari



Yüklə 159,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü159,69 Kb.
#134643
  1   2
Fizikani bosqichli o\'qitishning xususiyatlari



FIZIKANI BOSQICHLI O‘QITISHNING XUSUSIYATLARI.  
RЕJA: 
1.
Fizika kursini qurilish sistemasining tahlili
2.
Fizika o‘qitishda radial o‘qitish.
3.
Fizika o‘qitishda konstentrik o‘qitish. 
4.
 
Fizika o‘qitishda bosqichli tuzilish 
Fizika o‘qitishni uch xil usulda olib borish mumkin:
radial, kontsentrik va bosqichli. 
1. Kursning radial tuzilishi shundan iboratki, o‘quv materiali 
shunday ketma-ketlikda o‘rganiladiki, unda dasturning har bir bulimi, 
mavzusi kursning bir joyida o‘rganiladi. Avval dastur bilan 
aniqlanadigan bir buyumning eng qiyin masalalariga ham qaytmasdan 
keyingi bulim o‘rganiladi. Kursning radial tuzilishida, avval 
mexanikaning hamma bulimlari, keyin molekulyar fizika va issiqlik, 
elektr va xakozo utilishi mumkin.
2. Kursning kontsentrik to‘zulishida o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
hamma bulimlarning soddarok masalalari keyin shu bulimlardan 
murakkabroq masalalari o‘rganiladi. Metodist fiziklar fizika kursinig 
tuzulishini uchunchi bosqichli usulini deyarli yakdillik bilan afzal 
kurishgan.
3. Kursning bosqichli ko‘rinishi shundan iboratki, bunda ham 
material qiyinligiga karab ikki kismga bulinadi. Ammo bu xolda 
kursning ayrim bulim va mavzulari ikkinchi bosqichda takrorlanmasdan 
fakat birinchi bosqichga kiradi, boshqalari esa fakat ikkinchi bosqichga 
kiradi. Va nihoyat, shunday bulim va mavzular borki, ularning 
materiallari ikkala bosqichga taqsimlangan. 
Kursninig bunday to‘zulishini printsipial afzalligi o‘rganiladigan 
material qiyinligi, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga , umumiy talim 
tayergarligiga mos kelishligi va tushunchalarni , mav-zularni asta-sekin 
shakllantirish imkoniyati borligi hisoblanadi. Birinchi bosqichda fizika 


o‘qitishda o‘quvchilarning malum miqdordagi sistematik bilimlarni 
o‘zlashtirishi, to‘g‘ri dunyoqarashni hosil qilish, o‘rganilayotgan fizik 
hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tushuntirish, fizikani texnikada 
qullanilishi bilan tanishish, ayrim oddiy maxorat hosil hosil fizik fikrlash 
masalasini kuniktirish, fan va texnikaga kizikish uygotish, ko‘zatish va 
tajriba o‘tkazishlarga muhabbat uyg‘otish, odatlantirish singari vazifalar 
quyiladi. 
1.
O‘rta talim maktablarida birinchi bosqichda fizika kursi to‘zulish va 
mazmunini kaytadan kurib chiqishni talab etadi. Birinchi bosqichda 
fizikani o‘rganishda xozirgi zamon fizika o‘qitishning metodikasining 
g‘oyalarini tariflab chiqamiz. 
О‘qitishning natijalari maqsad va ta’lim mazmunini tо‘g‘ri aniqlashga 
shuningdek, maqsadga erishish usulidan, boshqacha aytganda, 
metodlarga bog‘liq bо‘ladi. 
Ta’lim–tarbiya jarayoni–bu ikki tomonlama jarayon bо‘lib, 
о‘qituvchidan о‘rgatuvchilik faoliyati va о‘quvchilarning ta’lim–tarbiya 
faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun о‘qitish metodi ularda ta’lim 
mazmunini о‘zlashtirishni ta’minlaydigan va shu bilan о‘qitish 
maqsadiga erishish, о‘quvchining bilish va amaliy faoliyatini tashkil 
etib, о‘qituvchining maqsadi va ta’lim mazmuniga yо‘naltirilgan 
harakat tizimini о‘zida tasavvur qiladi.
О‘qitish metodi ijtimoiy kategoriya bо‘lib, u ta’lim muasassalariga 
jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy buyurtmasiga bog‘liq bо‘ladi. О‘sib 
kelayotgan yosh avlodni о‘qitishning maqsadi jamiyatni dunyoqarashi 
va hukm surayotgan ijtimoiy maqsadlarga mos tо‘ldirib va о‘zgartirib 
boriladi. Dastlabki, maktabni paydo bо‘lishini oldingi etapida 
(feodalizm davrida) о‘quvchi oldiga qо‘yilgan yagona masala sxolastik 
bilimni о‘zlashtirish bо‘lgan. Vaholanki, о‘qituvchi foydalanayotgan 
metodlar asosan gapirib berish (hikoya)ga olib kelgan; о‘quvchilar 
informatsiyani qabul qilib, uni gapirib berishlari lozim bо‘lgan. 
Keyinroq (burjuaziya to‘zimini rivojlanish davrida) bilimni amaliyotga 
qо‘llashni о‘qitish talabi paydo bо‘ldi. Bu sharoitlarda о‘qituvchi faqat 
bilim о‘zlashtirish va gapira berishni tashkil qilishdan tashqari va ularni 
amaliyotga qо‘llashni ham о‘rgatishi kerak edi. Hozirgi bosqichda 
ta’limning maqsadi tubdan о‘zgardi. О‘quvchilarda bilim, kо‘nikma va 


malakani shakllantirish bilan birga, ya’ni umumta’lim masalalarni 
yechishda, ta’lim muassalarni oldiga о‘sib kelayotgan yosh avlodni 
rivojlanishi va tarbiya bilan bog‘liq kompleks masalalar turadi. 
О‘quvchilarni mustaqil erkin fikrlashlarini rivojlantirish masalasi, ularni 
bilish 
faoliyati 
mustaqilligi, 
zamonaviy 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirish bugungi kunda asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga mos 
ravishda ta’lim–tarbiya jarayonida qо‘llanilayotgan metod va tizimlar 
ham о‘zgardi. Bular orasida asosiy о‘rin har xil darajada о‘quvchilar 
bilish faoliyatini tashkillashtiruvchi metodlar о‘rin oldi. Shunday qilib 
ta’lim–tarbiya jarayoni uchun suhbat metodi an’anaviy sifatida asosiy 
muammoli qilinib, keyin esa ananaviysizlikka qiziqish, ya’ni ijodiy 
masala, laboratoriya ishlariga о‘qituvchilar mustaqil ish elementlarini, 
tadqiqotchilik eksperimentlari kabi boshqalarni ishlarga qiziqish 
о‘yg‘ondi. 
Shunday qilib, qо‘llanilayotgan о‘qitishning metodlar tizimi 
ta’limning mazmuniga bog‘liq bо‘ladi. Ta’lim mazmunini istagan 
о‘zgarishi–о‘quv bilimlarni nomenklaturasi, ularni strukturalari–о‘qitish 
metodlarini tanlanishiga ta’sir qiladi. Shundan generalizatsiya prinsipi 
fizika о‘qitish metodikasiga jiddiy ta’sir qildi, xususan о‘qitish 
metodlariga: yangi materialni bayon qilishni deduktiv usulining roli 
oshdi; ularni bilish aktivligini oshiradigan о‘quvchilarni mustaqil ishlash 
talabini oshishi bilan о‘qitish metodlarining hissasi ortib bordi; evristik, 
tadqiqotchilik kabi о‘qitish metodlari ancha ahamiyatli bо‘lib chiqdi. 
О‘qitish jarayonini ko‘zatib, о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatini 
katta har xil turlarini kо‘rish mumkin. О‘qituvchi yangi materialni 
tushuntiradi–bu tushuntirish yoki suhbat metodi; о‘quvchilari fizikadan 
masala yechadilar–bu masala yechish metodi; laboratoriya ishini 
bajaradilar–bu о‘qitishning laboratoriya metodi; о‘qituvchi о‘quv 
materialini tushuntirish jarayonida demonstratsion eksperimentdan 
foydalaniladi–bu demonstratsiya metodi va hokazo. Bundan tashqari, bir 
о‘qituvchining о‘zi, bir materialni о‘zini har xil sinf va guruhlarda har 
xil metodlardan foydalanib tushuntirish mumkin: bittasida tushuntirish 
metodi, boshqasida–suhbat metodi, uchinchisida esa–tadqiqotchilik 


frontal ishlar metodi va boshqalar. Shu vaqtda bir va shu о‘qitish metodi 
va о‘quvchilarning tahmin qilingan bila olish faolligi va ularni 
mustaqilligi darajaga bog‘liq umuman boshqacha tashkil qilinishi 
mumkin. Masalan, barcha ish bosqichlari belgilangan kо‘rsatma 
bо‘yicha laboratoriya ishlarini о‘tkazish mumkin. Bunda о‘quvchi 
о‘qituvchi aytgan harakatni faqat bajariladi, yana mustaqil ishlanishni 
tashkil etish mumkin. Bu esa tadqiqot yoki mustaqil ish metodi bо‘ladi. 
Pedagogikada metod tushunchasidan tashqari metodik usul 
tushunchasi ishlatiladi. Metodik usul–bu metodning bir bо‘lagi (detali), 
metod munosabatning xususiy tushunchasidir. 
Shuni aytish kerakki, metod va metodik usul tushunchalarini 
bо‘linishi nisbiydir. Bir va о‘sha faoliyatni kо‘rinishi bir vaziyatda 
о‘kitish metodi sifatida kelishi mumkin bо‘lsa, boshqa holatda usul 
bо‘ladi. Agar о‘qituvchi asbobning (masalan, ampermetrning) ishlash 
prinsipi tushuntiradi va bunda darsning didaktik masalasini topshirig‘ini 
tashkil etadi, bu u demonstratsiya metodi bо‘lib foydalaniladi. 
Demonstratsiyani 
tushuntiradigan 
о‘qituvchining 
hikoyasi 
(tushuntirishi)–faqat 
metodik 
usuldir. 
Agarda 
demonstratsiya 
о‘qituvchining tushuntirishini asosi bо‘lsa, bunda uni usul sifatida 
qarash mumkin, о‘qituvchining tushuntirishi esa metod bо‘ladi. 
О‘quvchilarni bilim va kо‘nikma nazorat qilish metodiga shunday 
masala yechish, sо‘rash (individual yoki frontal), suhbat va boshqalari 
kabi usullarni kiritish mumkin. 
Metodlar va metodik usullarni kо‘p qirraligini yо‘nalishini 
aniqlash uchun (oriyentatsiya) ularni sistemalashtirish(tizimlashtirish) 
kerak bо‘ladi. 
О‘qitish metodlarini klassifikatsiyasi 
Didaktika va xususiy metodikalarda klassifikatsiya asoslarini 
qanday bor belgi qо‘yilishiga bog‘liq bо‘lgan о‘qitish metodining har xil 
klassifikatsiyalari mavjud. 
Hozirgi vaqtda didaktikada asosiy qilinganlarga о‘qituvchi tashkil
qilgan bilish faoliyatining harakteri bо‘yicha klassifikatsiyalanish 


hisoblanadi. Bu I.Y. Lerner taklif qilgan о‘quv jarayonida о‘quvchilar 
amal oshiradi. 
Bunda о‘qish metodi beshga ajratiladi: 

tushuntirish illyustrativ; 

reproduktiv; 

muammoli bayon qilish

evristik; 

tadqiqot. 
Metodlarni taqsimlanishiga yondashuv boshqacha asoslanishi 
mumkin. Metodlar ta’lim mazmunining turi (kо‘rinishi)ni о‘zlashtirish 
usullariga bog‘liq holda aniqlanadi. Bilimni о‘zlashtirish uchun tashkil 
qilingan kerakli reproduktivlangan harakat va boshqalar faoliyat usulini 
о‘zlashtirish uchun informatsiyani ongli qabul qilishni tashkil qilish 
kerak bо‘ladi. 
Qayd qilingan metodlar odatda о‘qitishning umumdidaktik deb 
aytiladigan metodlarini ikki guruhga bо‘lish mumkin: 
1.Reproduktiv (1 nchi va 2 nchi metodlar), bunda о‘quvchi 
bilimni о‘zlashtiradi va oldindan unga ma’lum bо‘lgan faoliyat 
usullarini qaytaradilar (tasvirlay oladilar); 2) mahsulotli (produktivnoye) 
(4nchi va 5 nchi), bunda о‘quvchi ijodiy faoliyatni о‘qituvchi yordamida 
mustaqil yoki qisman subyektiv yangi bilimlar natijasiga erishadilar. 
Muammoli bayon qilish (3nchi metod)–oraliq metod bо‘lib, u teng 
miqdorda tayyor informatsiyani va shuningdek ijodiy faoliyat 
elementlarini о‘zlashtirish kabilarni mо‘ljallaydi.
Shuni hisobga olish kerakki, metodlarni har xilligi, uni о‘qitishni 
real jarayonida bu metodlar bir–biridan ajratilgan deyilgani emas, 
aksincha о‘qitish metodlari bir–biri bilan birikkan holda amalga 
oshiriladi. Hatto metodlarni mahsulotli va reproduktiv bо‘linishi ancha 
nisbiydir. Vaholanki, istagan ayrim harakatdagi ijodiy faoliyat 
reproduktor faoliyatsiz mumkin emas. О‘quvchi istagan muammoni 
yechaturib, oldindan unga ma’lum bо‘lgan bilimlarni takrorlaydi. Shu 
bilan birga, hodisani aks ettirishda о‘qituvchi maktab о‘quvchisiga 
maqsad yoki bayon qilish logikasini о‘zgartirishni taklif qilsa, ijodiy 


faoliyat elementlari mazmunida bо‘lishi mumkin. Bir necha yil 
davomida didaktika va xususiy metodikalarda bilimlar manbai bо‘yicha 
о‘qitish 
metodlar 
klassifikatsiyasidan 
foydalanildi. 
О‘quvchi 
informatsiyani har xil manbalardan–о‘qituvchining hikoyasi, kitobdan, 
bevosita ko‘zatish vaqtida yoki amaliy faoliyatidan olishi mumkin. Bu 
yondoshuvning asosida barcha о‘qitish metodlarini yig‘indisini uch 
guruhga bо‘lish mumkin: og‘zaki, kо‘rgazmali, amaliy. 
Og‘zaki bayon qilish metodi deb, qaysiki, asosiy bilim manbai sо‘z 
hisoblanadi. Hikoya, tushuntirish, ma’ro‘za–sо‘zlashuv metodi, uning 
yordamida 
о‘qituvchi 
о‘quv 
informatsiyasini 
tarqatadi(beradi). 
Sо‘zlashuv metodiga о‘quvchilarni kitob bilan ishlashi (darslik, о‘quv 
va ilmiy–ommabop adabiyotlar, spravochniklar va boshqa) tegishli 
bо‘ladi (kiradi). 
Kо‘rgazmali 
guruhlar 
о‘qitish 
metodiga 
tegishli 
asosan 
о‘quvchilarni bilim manbai bо‘lgan ko‘zatish hisoblanadi. О‘quvchilar, 
ko‘zatish bilan, ko‘zatish natijalarini fikrlaydilar, eksperimental dalilarni 
tahlil (analiz) qiladilar, xulosalar qiladilar va natijada yangi bilimlarni 
oladilar. Kо‘rgazmali metodlar guruhiga avvalom bor, demonstratsion 
eksperiment va illyustrativ metod (rasm, chizma, jadval, mexaniq 
modellar, diapozitiv, kino–, tele–, videofilmlar va boshqalar) kiradi 
(tegishli bо‘ladi). Bundan tashqari, bu guruh metodiga ekskursiyani 
keltirish mumkin, buning soni fizika bо‘yicha dasturda yetarlicha 
kattadir. 
О‘qitishning amaliy metodlari–bu masalalar yechish (fizika 
о‘qitishda asosiy rol о‘ynaydigan metod) va о‘quvchilarni eksperimental 
ishi (laboratoriya va frontal tajribalar, fizik praktikum, uy 
eksperimentlari). Bu metodlardan foydalanish jarayonida о‘quvchilarda 
masalalar yechish jarayonida bilimlarni qо‘llash bо‘yicha kо‘nikma va 
о‘lchashni olib borish, asboblarni kо‘rsatishini va о‘lchov bо‘limlarini 
hisobini aniqlash, elektr sxema va boshqalarni yig‘ish va о‘qish 
kо‘nikmalari shakllanadi. Bunday ishlarni natijalari о‘quvchilarda bilim 
va qunikmalarni asosiy manbai bо‘ladi (bо‘lib qoladi). 


О‘quv–pedagogik faoliyatga (ya’ni har qanday faoliyatni ajralmas 
komponentlariga nazorat va stimullashni tashkil qilishlikni kiritadi) 
butunlik yondoshuvidan kelib chiqib, Y.K. Babanskiy о‘qitish metodini 
uch guruhini kо‘rib chiqishni taklif qiladi: 

о‘quv–bilish faoliyatni tashkil etish metodlari; 

о‘quv faoliyatni stimullashtirish metodlari; 

faoliyatni nazorat qilish metodlari. 
Metodlarni birinchi guruhiga og‘zaki metodlar (hikoya, suhbat, 
ma’ro‘za va boshqalar), kо‘rgazmalilik (demonstratsion metod, 
illyustrativ va boshqalari) va amaliy (laboratoriya ishlari, masalalar 
yechish va boshqalari) kiradi. Stimullashtirish metodlar guruhiga 
og‘zaki, kо‘rgazma va amaliy о‘qitish metodlaridan tashqari, berilgan 
metodlar guruhi uchun spetsifik: bilish о‘yinlari, diskussiya, 
rag‘batlantirish va kabilari ham kiradi. О‘qitishning nazorat qilish 
metodlar guruhiga og‘zaki va yozma nazorat–individual va frontal 
sо‘rash, nazorat ishlari, diktantlar, didaktik materiallar bilan ishlash, uy 
inshosi, referatlar va (boshqa kunlari) kabi har xil metodlar qо‘shiladi.
Agarda о‘qitish metodlar klassifikatsiyasini asosi sifatida fan 
metodologiyasini olsak, unda barcha о‘qitish metodlarini empirik va 

Yüklə 159,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə