1-amaliy mashg’ulot mavzu. Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish reja



Yüklə 21,31 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü21,31 Kb.
#140613
  1   2   3   4
Amaliy mashgulot-1


1-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU. BILIMLARNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNI LOYIHALASHTIRISH
REJA:
1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari
2. Baholash mezonlari
3. Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalash


1. Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta ta’limda ta’limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish sifatini tekshirish bo‘lsa, oliy ta’limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir.
Baholash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashning mezonga asoslangan va meyorga asoslangan baholash shakllari bo‘lib, axborot texnologiyalari darslarida mezonga asoslangan baholash shakli qo‘llaniladi.
Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi [24].
Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?- deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi
Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni aniqlash, uni mo‘ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad natija ko‘rsatkichlarini qanday darajada o‘zlashtirganini aniqlash tushuniladi [24].
O’qituvchi savol bergan vaqtda ta’lim oluvchi hamma vaqt to‘g‘ri javob beradi deb kutmaslik kerak, chunki psixik omil (tanglik, erkin bo‘la olmaslik, qo‘rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni baholash orqali butun ta’lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib ko‘rilishi mumkin. Nazariy bilimlarni baholash ta’lim oluvchining o‘zligini anglashi uchun imkoniyatdir
Amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash amaliy mashg‘ulotlar darsida me’zonlar asosida olib boriladi. An’anaviy ta’lim jarayonida baholashning test, og‘izaki so‘rov, yozma ish kabi sakllardan foydalaniladi.

Yüklə 21,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə