O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 73,31 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü73,31 Kb.
#153739
  1   2   3   4   5
1.22GLEB406 Geoekologiya va landshaft ekologiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI







TASDIQLAYMAN”
______________M.T.Xodjiyev
2023 yil “_____” avgust









GEOEKOLOGIYA VA LANDSHAFT EKOLOGIYASI


O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 500 000 - Tabiiy fanlar, matematika va statistika


Ta’lim sohasi: 530 000 - Fizika va tabiiy fanlar


Ta’lim yo‘nalishi: 60530400 - Geografiya
Guliston-2023


Fan/ modul kodi
GLEB406

O‘quv yili
2026-2027

Semestr
7

ECTS - Kreditlar
6

Fan/ modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Geoekologiya va landshaft ekologiyasi

60

120

180




2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – Geoekologiyaning nazariy asoslari, geoekologik omillar va ularning turlari, geoekologik muammolar, geoekologik baholash, monitoring va prognoz bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – Geoekologik indikatorlarni aniqlash, geoekologik muammolar va ularning yechimi, geoekologik muammolarni baholash, ularning monitoringni olib borish va rivojlanishini prognozlash, geoekologik kartalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Geoekologiya va landshaft ekologiyasi fani, obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari.
Geografik fanlar tizimidagi o‘rni. O‘quv fanining boshqa tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi. Geoekologiya va landshaft ekologiyasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati. Landshaft ekologiyasi. Yevropada landshaft ekologiyasi. Landshaft ekologiyasining Shimoliy Amerikada rivojlanishi. O‘zaro aloqalar va bog‘liqliklar. O‘zbekistonda geoekologik tadqiqotlar. Geoekologiyaning fan sifatida shakllanishi va hozirgi holati.
2-mavzu. Geoekologiya – geotizimlar ekologiyasi to‘g‘risidagi fan.
Geoekologiya – geotizimlarni insonning yashash va xo‘jalik faoliyati muhiti sifatida o‘rganuvchi fan ekanligi. Geoekologiyaning tadqiqot obyekti to‘g‘risida tushuncha. Geotizim va ekotizim tushunchalari. Landshaft ekologiyasining tadqiqot obyekti – landshaft va uning morfologik qismlari.
3-mavzu. Landshaft – atrof muhitning bir qismi sifatida.
Umumiy jihatlar. Landshaft – geotizimlarning birligi, uning tizim sifatidagi xususiyati. Jonli va jonsiz tabiat komponentlarining o‘zaro munosabatlari. Landshaftda modda va energiya migratsiyasi. Landshaftlarning insonlarga ta’siri. Insonning landshaftlarga ta’siri.
4-mavzu. Geoekologiyaning nazariy va metodologik asoslari.
Geoekologik konsepsiyalar, prinsiplar, yondashuvlar. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ularga amal qilishning zarurligi. Geoekologik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. Dialektik materializm, koevolyusion rivojlanish geoekologik tadqiqotlarning metodologik asosi. Tadqiqot metodlari: dala-ekspeditsiya, kartografik, aerokosmik, GIS, modellashtirish, matematik va boshq.
5-mavzu. Geoekologiyaning nazariy va metodologik asoslari.
Geoekologik konsepsiyalar, prinsiplar, yondashuvlar. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ularga amal qilishning zarurligi. Geoekologik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. Dialektik materializm, koevolyutsion rivojlanish geoekologik tadqiqotlarning metodologik asosi. Tadqiqot metodlari: dala-ekspedisiya, kartografik, aerokosmik, GIS, modellashtirish, matematik va boshq.

Yüklə 73,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə