I kirish II. Asosiy qism: I bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi turlari bo'yicha mashg'ulotlarni loyihalashtirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151809
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirish



I.KIRISH
II.ASOSIY QISM:
I bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi turlari bo'yicha mashg'ulotlarni loyihalashtirish.
1.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining texnologiyalari
1.2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash usullari.
II bob. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati.
2.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini rivojlantirishning loyihalashtirish xususiyatlari
2.2. Turli yoshdagi bolalar uchun qurilish konstruksiyalash boʻyicha faoliyatlarni loyihalashtirish
III.XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotganimiz bejiz emas, Yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasak, ertaga kech bo’lishi mumkin” deb aytgan gap bugungi kunda MTT sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga zamin bo’lmoqda. Muhataram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ”Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak1” deb aytgan gaplari har bir MTT hodimlarining shioriga aylandi. Chunki ziyolilar, ayniqsa pedagogika sohasining vakillari ertamizning umidi, davlatimizning kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalaydilar. Tarbiya, ayniqsa inson tarbiyasi bugunimiz emas, balki kelajagimizning ham hayot - mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod to’g’ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini to’g’ri tushunsa, shubhasiz, erishgan yutuqlarimiz davomiyligi uzilmaydi.
Fikrimizcha, insonni shaxs bo’lib shakllanishiga elituvchi psixologik sifatlarning poydevori oiladan boshlanadi. Oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya o’zining tub mohiyatiga ko’ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo’nalishi sifatida o’rganildi. Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas balki, oilasining qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarini, qo’shnilarining omon esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishini birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Oilaning jamiyat va davlat oldidagi eng birlamchi va asosiy vazifasi unda voyaga etayotgan farzandlarni barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg’ulotlari, o’yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachisi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda tozalik, gigiyena talablariga va xavfsizlik qoidalariga jiddiy roiya qilinadi. Mashg’ulotlar ochiq havoda, shu bilan birga maxsus jihozlangan sport zalida o’tkaziladi. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Demak, asosan maktabgacha yoshidan boshlab bolaning bundan keyingi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual hususiyatlari ham yuzaga kela boshlaydi.Ana shu sababli ham insonning har tomonlama kamol topa borishi va xususan, psixik jihatdan maktabgacha yoshidagi davrida olgan ta’lim tarbiyasiga bog’liqdir.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang - barangdir. Tarbiya masalalari ta’lim - tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashgulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o’yin, mehnat, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi.
Bolalar tevarak - atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o’stirish va savod o’rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta’lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiriuvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi. Bizning jamiyatimizda insonlar faoliyati jamoa xamkorligiga asoslangan va u bolalikdan boshlanadi. (oilada, bolalar bog’chasidagi tengdoshlar jamoasida, maktabda, va xokazo) shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga jamoada yashashni o’rgatish, birga o’yin o’ynash, mehnat qilish, berilgan topshiriqqa javobgarlik bilan qarashni tarbiyalash zarur. Birgalikdagi faoliyat kelishilgan xarakatlarni talab qiladi, umumiy xis-xayajon va kuyinchakliklarni chaqiradi va shu bilan tashkilotchilik xulqini shakllantiradi. Mehnat qilishni xoxlash va o’rganish birinchi mustaqil o’zi bajaradigan xarakatlaridan boshlanadi.
Har bir bola xammaga ma’lum «Men o’zim» degan so’zlarni ishlatadi, ularda o’zi mustaqil nimadir bajarishga birinchi talab aks etgan. Bolani mustaqillikka intilishini xar tomonlama rag’batlantirish kerak. Oyoq kiyimini bolalar qo’liga bo’ysunmasa ham mayli, bola uni o’zi kiysin. SHunday xol bo’ladiki, bir vaqtda bolalarda emas, balki ularning ota-onasida bolaning biron ishni tamomlashini kutishga sabrlari chidamaydi. O’g’li yoki qizining xoxishiga qarshi ular bolaga yordam berishga yoki ular uchun o’zlari bajarishga shoshiladilar. Natijada ularning mustaqil xarakatga birinchi intilishlari so’nadi.
Kelgusida Mehnatga intilish odatisiz bolaga qanday bo’lishi xaqida ular o’ylamaydilar. Vaholanki, aynan kichik bolaning mustaqilligida ilk mehnatsevarlik tug’iladi. Ma’lumki, bolaning mustaqillikka intilishi, o’z yo’lida ko’pgina qiyinchiliklarga uchraydi, qaysiki bu sifatlarni rivojlantirishni qiyinlashtiradi. Qiyinchiliklarni engish bolada qat’iyat, fe’l-atvorni shakllantiradi. Bir tomondan, agar bola mayda-chuydada mustaqil bo’lmay, har narsada boshqalarga ishonsa, xech qanday mehnat yo’llanmasi haqida so’z bo’lishi mumkin emas.U o’qishni ham o’zining ishi deb qabul qilmaydi, tashqaridan yordam kutadi, uni mustaqil dars tayyorlashga o’rgatish qiyin kechadi.Maktab bo’lsa birinchi kundan boshlab o’zining talablarini qo’yadi, avvalambor mustaqillik talablarini. Mustaqillik maktabgacha yoshdagilarning turli bosqichlarda turlicha shaklda bo’lib,turli talablari bilan aniqlanadi. Kichkina maktabgacha yoshdagilar endigina birlamchi o’z-o’ziga xizmatga o’rganadi. 3-4 yoshli bola stol atrofida tinch o’tirishni, tartibli yoyishni, salfetkadan to’g’ri foydalanishni o’rgansa yaxshi-ya. Masala birlamchi o’z-o’ziga xizmat ota-ona mehnatini engillashtirishda emas. muhimi, bola tartibga o’rganadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasida “Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha boʻlgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi.
Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – bogʻcha yoshidagi har bir bolani ushbu taʼlim yoʻnalishi bilan toʻliq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.
Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha taʼlim qamrovini 65 foizga, 2023-yil oxirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard soʻm subsidiya berish hisobidan qoʻshimcha ravishda 2 mingta nodavlat bogʻcha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2021-yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi.
Uzoq qishloqlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha taʼlimni uyda berish modeli ham yoʻlga qoʻyiladi.” deyilgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə