13-ma’ruza mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish



Yüklə 31,12 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü31,12 Kb.
#141229
  1   2   3   4
13-Ma\'ruza


13-MA’RUZA
Mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish
Reja
13.1. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari
13.2.O‘qitish texnologiyasining elementlari
13.3.O‘qitish metodlari o‘qitish texnologiyasining elementlari


13.1. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashda asosiy qoidalari, tamoyillarini keltirish mumkin [69]:

  • O‘zbekiston respublikasida oliy, o‘rta-maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, davlat dasturlari va talablarni bajarishi;

  • o’qitish maqsadlariga erishish uchun ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi va vositalarining o'zaro muvofiqligi, bir butunligi tamoyili;

  • pedagogikaning asosiy (“oltin”) qoidasi ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili;

  • moslik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasining o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan o‘qituvchining imkoniyatlariga mosligi.

  • informatikani o‘qitish texnologiyasi shakl, vosita, metod va o‘qituvchining ish usulini psixologik asoslanganligi tamoyili;

  • ilmiylik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasi fanning so‘nggi, eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish;

  • fanlararo bog’liqlik (metapredmetliliklik)- bu informatika fanini turli mavzular bo'yicha loyihalarni tanlash va boshqa fan o'qituvchilari bilan o'zaro hamkorlik qilish (informatika+matematika, informatika+ fizika, informatika+musiqa, informatika+kimyo va h.k.).

  • pedagogik yondashuvning ustuvorligi tamoyili, o’qitish texnologiyasini loyihalash jarayonini nazariy tushunchalarini ishlab chiqish, echilishi kerak bo'lgan muammolarni yechish uchun modellar yaratish va h.k.

Olib borilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoninig barcha sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo‘lsa, o‘qitish texnologiyasi esa ma’lum fanning didaktik talablar asosida o‘qitishning yaxlit tizimini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya va o‘qitish texnologiyasining maqsadi bitta ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
Informatikani o‘qitishda shunday vaziyatni yaratish kerakki, o‘quvchi o‘z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni o‘rganishga qiziqish uyg‘onsin.

Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə