Sinov test I guruh



Yüklə 127,58 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü127,58 Kb.
#104453
axtaf





Sinov test I guruh
1.Odamning to‘rt xil mizoji va odam tanasi tuzilishi, organizmning bir butunligi to‘g‘risidagi jahonga mashhur g‘oyalarni ishlab chiqqan olim kim ?
A)Gipokrat B)Aristotel C)Galen D)Vezaliy
2. Hujayrada sintezlanadigan moddalarni to‘plash va tarqatish vazifasini bajaradigan orgonoid qaysi hujayra organoidi atrofida joylashgan.
A)yadro B)lizosoma
C)endoplazmatik to’r D)ribosoma
3. Endoplazmatik to'r membranalarida joylashgan orgonoidning vazifasi
A) oziq moddalarni parchalab, sitoplazmaga o‘tkazadi
B) irsiy belgilarni nasldan naslga o‘tkazadi
C) oziq moddalarni parchalab, sitoplazmaga o‘tkazadi
D) hujayra oqsillarini sintezlash
4.Hujayralar oraligi moddasining holatiga ko‘ra g’ovak tolali biriktiruvchi to’qima hujayralarini belgilang.
A) teriosti yog kletchatkasi, qon tomirlari devori, limfa
B)qon tomirlari devori, paylar ,chin teri
C) teriosti yog kletchatkasi, yurak xaltasi
D)yurak xaltasi, qon tomirlari devori, paylar
5.Bir qancha organlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan(a) malum bir organ funksiyasiga tasir ko’rsatadigan(b) gormonlarni belgilang.
A)a-adrenalin b-tiroksin B) a-tiroksin b-adrenalin
C) a-jinsiy b-adrenalin D)a-adrenalin b-jinsiy
6. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekin- lashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi.
A) endemik buqoq B)kretinizm
C) miksedema D)tiretoksikoz
7. Qachon qovoq va lablar pirpirab, qo'llar qaltiraydi, ya’ni tutqanoq sodir boladi.
A)Qalqonoldi bezi funksiyasi pasayganida
C)paratgarmon kamayib ketsa
B) paratgormon ko‘p ishlab chiqarila boshlasa
D)qalqonsim bezi funksyasi kuchaysa
8.Qalqonsimon bezni boshqaruvchi garmonga tasir etuvchi bezning garmoni to’g’ri berilgan qatorni toping
A)tiroksin B)insulin C)paratgarmon D)melatonin
9. G'ovak (1), yassi (2), g'alvirsimon (3) suyaklarga mansub bo'lgan suyaklarni aniqlang. a) qovurg'a; b) kurak; c) umurtqa; d) peshona; e) ponasimon; f) yuqori jag'; j) kaft usti; k) ensa; 1) chanoq
A) 1-a, c, j; 2-b, k, 1; 3-d, e, f
B) 1-b, k, 1; 2-a, c, j; 3-d, e, f
C) 1-a, c, j; 2-d, e, f; 3-b, k, l
D) 1-d, e, f; 2-b, c, j; 3-a, k, l
10.Odam organizmida ikki boshli (a) va uch boshli (b) muskullar qayerda joylashgan ?
1) bilak sohasida; 2) tirsak sohasida; 3) yelkaning oldingi sohasida; 4) yelkaning orqa sohasida; 5) sonning oldingi sohasida; 6) sonning orqa sohasida; 7) boldirning orqa sohasida
A) a -1, 3; b - 2, 4 B) a - 3, 6; b - 4, 7
C) a - 2, 5; b-4,7 D) a - 3, 5; b - 1,4
11. I qon guruhli rezus musbat odamning qoni eritrositlari (1) hamda plazmasi(2) tarkibida qaysi moddalar uchraydi a. gemoglobin b. aglutinogen A c.aglutinin α d. glukoza e.suv f.gormon, antitelo g.aglutinogen B h. agglutinin β i. antigemofil omil j. antigen k. rezus omil
A) 1-a,j,k 2-c,d,e,f,h,i B) 1-a,b,g,j,k 2-d,e,f,i
C) 1-a,i,j,k 2-c,d,e,f,h,j D) 1-a,k b-c,d,e,h,f,i,j
12.Qaysi ferment qon plazmasidagi protrombin fermentini trombinga aylantiradi.
A)fibrinogen B) geparin
C) tromboplastin D) girudin
13. IV qon guruhli rezus musbat odamning qoni eritrositlari (1) hamda plazmasi(2) tarkibida qaysi moddalar uchraydi a. gemoglobin b. aglutinogen A c.aglutinin α d. glukoza e.suv f.gormon, antitelo g.aglutinogen B h. agglutinin β i. antigemofil omil j. antigen k. rezus omil
A) 1-a,j,k 2-c,d,e,f,h,i B) 1-a,b,g,j,k 2-d,e,f,i
C) 1-a,b,g,i,j,k 2-d,e,f,j D) 1-a,k,b,g 2-d,e,f,i,j
14. Panja suyaklarining nomi va soni to`g`ri berilgan qatorni toping
A)bilak uzuk 8 ta, kaft suyagi 5, barmoq suyaklari 14 ta
B)kaft ust 5, kaft osti 5, bilak uzuk 8 ta
C)bilak uzuk 4, kaft 5, barmoq 5 ta
D)bilak uzuk 6, kaft 8, barmoq 14 ta
15. Kaftusti ... suyaklar bo'ladi.
A) kalta naysimon B) kalta g'ovak
C) kaita g'alvirsimon D) uzun naysimon
16. Tiroksin organizmda qanday xususiyatiga ega.
A)moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini pasaytirish xususiyatiga
B) ovqat xazm bo’lishini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
C) moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
D) tana muvozanatini saqlash va moddalar almashinuvini tezlashtirish
17. Biologik faol moddalar saqlovchi hujayra orgonoidi
A)golji majmuasi B)lizosoma
C)vakuola D)ribosoma
18. Son jihatdan qaysi suyaklar nisbati 2:1 ?
A) son- chanoq B) tirsak- kurak
C) tizza qoppog’i- boldir D) tepa- ensa
19. Qizil ilikka xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang?
1. suyakning kovak qismida joylashgan; 2. suyakni g’ovak modda oralig’ida joylashgan; 3.qonning shakilli elemnetlarini ishlab chiqarmeydi; 4.qonning suyuq qismini ishlab chiqaradi; 5.qonning quyuq qismini ishlab chiqaradi; 6.naysimon va yassi suyaklarda uchraydi;
A)1,2,3 B)4,5,6 C)2,5,6 D)1,3,4
20. Qaysi javobda bezgak parazitiga xos belgilar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) sodda tuzilgan; 2) hazm qiluvchi organoidlari yo’q; 3) shizogoniya usulida ko’payadi; 4) bir hujayrali parazit; 5) harakatlanish organoidlari yo’q; 6) ko’payishi yadroning bo’linishidan boshlanadi; 7) ikki xivchinli; 8) oziq hazm vakuollarida parchalanadi
A) 1,2,5,7 B) 5,6,8
C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5,7,8
21. Voyaga yetmagan individlari rivojlanishi uchun suv yashash muhiti hisoblangan organizmlarni aniqlang.
1) kolorado qo’ng’izi; 2) Osiyo chigirtkasi; 3) uy pashshasi; 4) chivin; 5) yomg’ir chuvalchangi; 6) kunlik; 7) ninachi; 8) salamandra
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8
C) 2,4,5,7 D) 4,6,7,8
22. Butli o’rgimchak, falanga va chayonning qaysi organlari tuzilishi o’xshash bo’ladi?
a) birinchi juft og’iz organida tirnoqsimon o’simtaning bo’lishi; b) ikkinchi juft og’iz organlari; c) nafas olish organlari; d) tana qismlarining soni; e) ko’zlarining soni; f) qon aylanish sistemasi
A) d,e,f B) a,f C) a,b,c D) b,c
23. Yuragi ikki kamerali hayvonlar (a) va oshqozoni ikki bo’lmali hayvonlar (b) to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.
A) a – alligator, jayron; b – krevetka, tojdor turna
B) a – krevetka, to’tiqush; b – tok shillig’i, beluga, perlovitsa
C) a – krevetka, burgut; b – Nil timsohi, kit
D) a – kichik shilliq, dengiz tulkisi; b – qisqichbaqa, qizilto’sh
24. Gulxayri va yerbag’ir tugmachagul uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) ko’p yillik o’t; 2) bir yillik o’t; 3) magnoliyatoifa bo’limiga kiradi; 4) gulxayri turkumi vakili; 5) gulxayridoshlar oilasiga kiradi; 6) oilasining gul formulasi Gk5Gt(5)Ch*U(*); 7) oilasining gul formulasi Gk(3)+(5)Gt5Ch(*)U(*); 8) poyasi yonboshlab o’sadi; 9) ildizidan tayyorlangan damlama yo’talga qarshi qo’llaniladi; 10) gulkosachalari ikki qavatli; 11) bargi, guli,urug’idan ichni yumshatuvchi dori tayyorlanadi
A) 3,7,10 B) 3,5,9
C) 1,4,6,9 D) 2,7,8,11
25. Qaysi javobda changchi iplarining hammasi qo’shilgan o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) oqquray; 2) afsonak; 3) oshqovoq; 4) kanop; 5) gulxayri; 6) itqovun; 7) qozonyuvg’ich; 8) soya; 9) tugmachagul
A) 1,2,8 B) 3,6,7 C) 1,4,5 D) 4,5,9
26. Ko’sak mevaga ega bo’lgan oddiy gulqo’rg’onli o’simliklarni aniqlang.
1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak, 4) lola; 5) bangidevona; 6) g’o’za
A) 1,3,4 B) 2,3,6 C) 2,3 D) 5,6
27. Qaysi javobda qora ituzum uchun xos bo’lgan xususiyatlar to’g’ri berilgan?
1) murtagi boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan iborat; 2) ekinzorlar orasida uchraydigan begona o’t; 3) barg yaprog’i yumaloq shaklda, 5-7 ga bo’lingan; 4) mevasi ho’l meva; 5) gultojbarglari soni 5 ta; 6) bitta urug’chiga ega; 7) mevasi quruq meva; 8) bir yillik o’t; 9) gulqo’rg’oni oddiy, kosachasimon
A) 2,3,6,9 B) 2,4,5,6
C) 1,3,5,7 D) 3,5,7,8
28. Bargi oddiy, yonbargchali o’simliklarni aniqlang.
A) sebarga, olma B) partenotsissus, liftok C) yantoq, tok D) partenotsissus, tok
29. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o’simliklarni aniqlang.
1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong’oq; 4) na’matak; 5) yeryong’oq; 6) yantoq
A) 1,5 B) 3,6 C) 4,6 D) 2,3
30. Dala qirqbo’g’imining hayot siklida sporadan (a) va zigotadan (b) nima rivojlanadi?
A) a – anteridiy, arxegoniy; b – urg’ochi va erkak o’simta
B) a – sporafit; b – gametofit
C) a – gametofit; b – sporafit
D) a – murtak; b – poya-bargli o’simlik
Tuzuvchi: Olimjonov Shohjahon

23.01.2023-yil


Whitehill o’quv markazi




Yüklə 127,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə