14-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Shilliq moddalarga sifat reaksiyalari Mashgʻulotning maqsadi



Yüklə 18,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü18,52 Kb.
#163223
14-amaliy mashg\'ulot



14-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Shilliq moddalarga sifat reaksiyalari 
Mashgʻulotning maqsadi
:
 
Shilliq moddalarga
 
oʻsimliklar bilan tanishish, 
kraxmalni fizik- kimyoviy xossalarini, bugʻdoy tarkibidagi kraxmalni amilaza 
fermenti bilan parchalash reaksiyasini oʻrganish 
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. 
gulxayri ildizi va undan tayyorlangan 
eritma; 2. 10% li natriy yoki kaliy ishqori; 3. metil koʻki boʻyog’i eritmasi; 4. 
10% li mis sulfat eritmasi; 5. 70% li spirt eritmasi; 6. Stakanlar; 7. Probirkalar; 
8. Pipetkalar; 9. Shtativ; 
Nazariy qism:
Oʻsimlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil 
birikmalar aralashmasidan tashkil topgan boʻlib, ular tarkibida asosan 
polisaxaridlar – pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozanlar uchraydi. 
Shilliq moddalar hujayra ichi va hujayra poʻsti hamda oraliq birikmalarning 
shilliqlanishidan hosil boʻladi. Ayrim hujayra yoki toʻqimalar (kambiy, oʻzak, 
oʻzak nurlari va boshqalar) shilliqlanishi mumkin. Shilliq moddali mahsulotlar 
va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda – meditsinada me’da ichak 
kasalliklarida oʻrab oluvchi dori, nafas yoʻllari shamollaganda yoʻtalni 
yengillashtiradigan, toʻxtadagin va koʻkrakdagi og’riqni qoldiradigan hamda 
balg’am koʻchiradigan vosita sifatida ishlatiladi.
Shilliq moddalar odatda 2 guruhga boʻlinadi. 
1.Normal shilliq moddalar. Bular oʻsimlikning oʻsishi davrida shu 
oʻsimlik hayoti uchun nihoyatda zarur birikmalar sifatida vujudga keladi. 
2.Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta’sirga (buta va daraxt 
poʻstloqlarining yorilishi, teshilishi va shunga oʻxshash) reakstiya sifatida 
vujudga keladi. 
Normal shilliq moddalar oʻsimliklarning hamma organlarida boʻlishi 
mumkin. Ular asosan epidermisda yoki shilliq saqlovchi maxsus xalta 
xujayralarda toʻplanadi. Masalan, zig’ir, behi, xantal va boshqalarning faqat 
urug’idagi epidermisda, gulxayri, moychechak, salb va boshqa oʻsimliklarning 
bargi, guli, ildizpoyasi, ildizi va tuganaklaridagi shilliq saqlovchi maxsus 
xujayralarda toʻplanadi. 
Normal shilliq moddalar oʻsimlik hayotida muhim rol oʻynaydi. Ular suv 
ta’sirida shishadi va uzoq vaqtgacha oʻzida namlik saqlaydi. Shuning uchun bu 
moddalar qurg’oqchilikda oʻsadigan oʻsimliklarni tasodifan qurg’oqchilik boʻlib 
qolganda ham qurib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda oʻsimlikni haddan 
tashqari qizib ketishidan saqlaydi. Epidermis hujayralaridagi shilliq moddalar 
urug’ining yerga yopishib turishiga va unishiga yordam beradi. Ba’zan bu 
birikmalar oʻsimliklar uchun zaxira oziq moddasi boʻlib xizmat qiladi. Shilliq 
moddalar oʻsimliklarning koʻpayishida ma’lum ahamiyatga ega ekanligi ham 
aniqlangan. 
Oʻsimlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma 
hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida choʻktirish 
mumkin. Shilliq moddalar kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, 95% pentozalar 
(arabinoza, ksiloza va boshqalar), oz miqlorda galaktoza, glyukoza, uron kislota 
va furfurol hosil qiladi. 


Ishning borishi:
Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat 
reaksiyalari bilan aniqlash mumkin. 
1.Gulxayri ildizidan tayyorlangan (suvdagi) eritmadan 5 ml olib, 
probirkaga solamiz, ustiga 2 ml 10% li natriy gidroksid eritmasidan qoʻshamiz 
reaksiya natijasida sariq rang hosil boʻladi. 
2.Gulxayri ildizi yoki zubturum barg toʻqimasi mikroskopda koʻrish 
uchun kesilib, metil koʻk boʻyog’i eritmasidan yoki 10% li sulfat kislotaning 
mis tuzi eritmasi va 10% li natriy 
ishqori eritmasidan bir tomchidan tomi
zilsa, shilliq modda saqlovchi hujayralar toʻq koʻk rangga kiradi. 
3.Mikroskopda koʻrish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi 
ta’sir ettirilsa, shilliq modda saqlaydigan hujayralar boʻyalmaydi, boshqa 
hujayralar esa qorayadi. 
4.Gulxayri ildizidan tayyorlangan eritmadan 5 ml olib, probirkaga solamiz 
va ustiga 2ml 70% li spirt qoʻshamiz, reaksiya natijasida shilliq moddalar 
choʻkmaga tushadi. 
Olingan natijalar daftarga qayd qilinadi va xulosa qilinadi. 
1-Topshiriq: 
Shilliq moddalarning guruhlari haqida ma`lumot bering. 
2-Topshiriq: 
Normal shilliq moddalarga ta’rif bering.
 
3-Topshiriq:
Oʻsimlik shilliq moddalarining fizik xossalarini izohlang. 
“Venn diagrammasi” metodida 
Oʻsimlikda uchraydigan shilliq moddalarni ahamiyatini ta’riflang
 
 

Yüklə 18,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə