13-ma’ruza mavzu. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish


O‘qitish texnologiyasining elementlari



Yüklə 31,12 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü31,12 Kb.
#141229
1   2   3   4
13-Ma\'ruza

13.2. O‘qitish texnologiyasining elementlari. O‘qitish texnologiyasining asosiy elementlariga o‘quv mazmunini o‘quvchilarga o‘qitish metodlari, o‘qitish shakli, vositasi va tashxislash kabilar kiradi [68].
Biz yuqoridagi mavzularda o‘qitish texnologiyasining shakli, vositasi va metodlari haqida to‘xtalib o‘tganmiz. Endi o‘qitish texnologiyasida tashxislashni amalga oshirish ustida to‘xtalib o‘tamiz. Tashxislash va baholash o‘qitish texnologiyasining natijasi ifodasidir [42].
Ta’lim sifatini tashxislash va baholash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Pedagogik tashxislash ta’rifi 1968 yilda K.Ingenkamp tomonidan taklif etilgan. Uning fikriga ko‘ra pedagogik tashxislash jamiyatni rivojlantirish uchun o‘quv-tarbiya jarayonini shart-sharoiti va natijalarini tartibga solish va maqbullashtirish uchun tatbiq etiladi.
Har qanday pedagog o‘zining u yoki bu faoliyati samaradorligini baholashni, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tezgina to‘g‘rilashni, o‘zgartirishni istaydi. Pedagogik faoliyatning xususiyati shundaki, natijani aniqlash uchun ma’lum bir vaqt o‘tishi kerak bo‘ladi. Pedagogik tashxislash pedagogik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish bu jarayonni tahlil qilish va baholashni talab etadi [68].
Pedagogik tashxislashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning muayyan tashxislash obyekti mavjud bo‘lib, bu pedagogik jarayondir. Pedagogik tashxislash o‘quvchidagi u yoki bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan pedagogik jarayonning o‘zgarishini bashoratlaydi va hisobga olib boradi.
Pedagogik tashxislash pedagogik faoliyatning boshlang‘ich bosqichi ham, tugallanuvchi bosqichi ham bo‘lmasdan, bir pedagogik vazifani bajarilishi bilan yakunlanmaydigan davriy xarakterga ega. Pedagogik tashxislashda olingan natijalar o‘qituvchining innovatsion faoliyatini amalga oshirish uchun kuchli turtki bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olishi bilan, o‘z ishini samaraliroq bo‘lishi uchun yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolarni aniqroq ko‘rishga harakat qiladi. Shunday qilib,

Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə