I kirish II. Asosiy qism: I bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi turlari bo'yicha mashg'ulotlarni loyihalashtirish


II Bob. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151809
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

II Bob. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati.
2.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini rivojlantirishning loyihalashtirish xususiyatlari.
Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish turlari. Наr bir yosh guruhida bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish lozim. Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bolgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish
1. MTTning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tugri tashkil etish
2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashgulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali oyinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning oz mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, oz-oziga xizmat kilish sayrlar otkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTTdagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini togri tashkil etishga bogliq. MTTning pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, oyinda, mehnatda, mashgulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashgulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni ostirish va savod organish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa boyicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va konikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bolgan bilim, malaka va konikmalar MTT dasturida belgilab berilgan bolib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va oziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boladi. Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida otkaziladigan mashgulotlar soni va har bir mashgulot qancha davom etishi belgilab qoyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, ozining xaftalik mashgulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bolimlari boyicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini togri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.
Mashgulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma bolimlari boyicha mashgulotlarni haftaga teng taqsimlash. Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgulotlar qoyiladi. Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi bolib bolalardan aqliy zor berishni koproq talab etadigan, kam harakatli mashgulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashguloti va shunga oxshashlar rejalashtiriladi. Kun davomida mashgulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Mashgulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq ozlashtirib olishiga imkon yaratadi. Oyin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Oyin bolaga quvonch bagishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. Oyin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir korsatadi, shuning uchun kattalar bolalar oyiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uygotishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning oz-ozini tashkil eta bilish qobiliyati osishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi oziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shugullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashgulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovkatlanishga, mashgulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xojalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashgulotlarda qol mehnatining yangi turi orgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va konikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini ostiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. Oz-oziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga orgatiladi. Katta guruh bolalari ozlarini har doim batartib (tashqi korinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular oyinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini oyin va mashgulotdan key in joy-joy iga yigishtirib qoyadilar. Har kuni ertalabki mashgulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy oyinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, oyinlar tashkil etiladi. Bolalarning oyin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, oyinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida oyin uchun joy tayyorlaydi. Oyin va mashgulotlar otkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bolishi) kerak. Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, otirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud boladi. Keyin harakatli oyinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy oyinlar tashkil etiladi.
MTTda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bolgan ialabini tola qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar ortasida togri munosabat ornatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi. Bolaning soglom bulib, togri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bolishini, tinchlikni ta'minlaydi.
Bolalarning uygonganlarini sekin- astalik bilan turgazish kerak. Bolalarni har tomomlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati. Mashgulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qollash imkonini beradi. Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va koTiikmalaining hajmi mashgulotdan- mashgulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashgulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga organadi. Keyingi mashgulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil boladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashgulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar oz «minnatdorchiligini» qanday bildirishi togrisida gap boradi. Dastur materialini organish mashgulotdan-mashgulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va konikmalarni muvaffaqiyatli ozlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bogliq boladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan korgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq oyindan foydalanishni takrorlaydi. Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yol bolib, usullar yigindisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bolish mumkin: korgazmali (korsatish), ogzaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, oyin, vaziyat usullari va boshqalar). Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Kop xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashgulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va konikmalarni bolalar yaxshi ozlashtirib olishlari ularning hissiy holatini kotarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi ozining kalendar rejasida mashgulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qoyish zarur. Agar tarbiyachi mashgulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi boIsa, uning mazmunini yozib qoygan ma'qul. Solishtirishga orgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachi mashgulotga tayyorgarlik korayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri korgazmali-obrazli bolishini e'tiborga oladi va asosan mashgulotda korgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Kop mashgulotlarda, ayniqsa-nutqni ostirish mashgulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bolgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir. Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini boglash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni ozlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashgulotlarda foydalanadigan sozli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zor berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bolishi zarur. Mashgulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bolishiga yordam beradi. Mashgulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bolib, u buyumlarni yaxshiroq organish va tushunishga yordam beradi. Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan kop bolmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni ozining kalendar rejasida yozib qoyadi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə