Mavzusidagi ma’ruzasi tabiiy fanlarni o’qitishda interfaol metodlarning o’rni



Yüklə 60,94 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü60,94 Kb.
#159993
  1   2   3   4   5
tabiiy fan interfaol sadoqatga


FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BAG’DOD TUMANI XTB
53-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI RUSTAMOVA ZILOLANING

TABIIY FANLARNI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O’RNI


MAVZUSIDAGI
MA’RUZASI


TABIIY FANLARNI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O’RNI
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish tahlim oluvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, tahlim beruvchi tomonidan tahlim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning tahlim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va tahlim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-tahlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, tahlim jarayonining markazida tahlim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda tahlim beruvchi tahlim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham ehtiborga olinishi;
- o’qish shiddatini tahlim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- tahlim oluvchining tashabbuskorligi va mashuliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o’rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi
Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan tahlim oluvchilar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir.
“Davra suhbati” metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir tahlim oluvchining bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o’rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra suhbatida tahlim beruvchi mavzuni boshlab beradi va tahlim oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir tahlim oluvchi o’z fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadilar. So’zlayotgan tahlim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa tahlim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.




Yüklə 60,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə