419 boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi mashqlar ahmedova Dilrabo Rahmatovna



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#153454
  1   2
Ahmedova Dilrabo Rahmatovna



419 
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MUSTAQIL FIKRLASHGA 
O‘RGATUVCHI MASHQLAR 
Ahmedova Dilrabo Rahmatovna 
Farg‘ona shahar 7-o‘rta talim maktabi 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya:
maqolada boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining mustaqil fikrlash 
qobiliyatini 
o’stirishda mashqlarning ahamiyati va ularni o’rgatish usullari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
mashq, mustaqil fikr, savod o’rgatish, ijodiy mashq. 
Ona tili fanini o„qitishning asosiy vazifasi - o„quvchi shaxsini fikrlashga, o„zgalar 
fikrini anglashga, o„z fikrini og„zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga 
qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o„quvchilarda grammatikaga oid 
o„zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so„zning tarkibi, so„z yasalishi, 
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid 
tushunchalarni) rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli 
foydalangan holda to„g„ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan 
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. 
Boshlang„ich ta‟limda – o„quvchilarning savodxonligini ta‟minlash, adabiy nutq 
me‟yorlariga og„zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish ko„nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. 
Boshlang„ich ta‟lim mazmuni quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi: 
1. Savod o„rgatish va nutq o„stirish. 
2. Amaliy fonetika va grammatika, imlo va nutq o„stirish. 
Savodga o„rgatish jarayoni ikki davrni: alifbegacha tayyorlov va alifbe davriga 
ajratiladi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‟lim savodga o„rgatishning tahlil-tarkib 
tovush usulida amalga oshiriladi. Bunda o„quvchilar nutqini yangi so„zlar hisobiga 
boyitishga alohida e‟tibor qaratiladi. 
Boshlang„ich sinflarda ona tili ta‟limi o„quvchilarda nutqiy faoliyatning asosiy 
turlarini rivojla
ntirishni ko„zda tutadi. Shuning uchun Ona tili o„quv fani mazmunini 
nutq tovushlari, yozma nutqda tovushlarning ifodalanishi, so„z turkumlari, ularning 
o„zgarishi va gapda so„zlarning bog„lanishi, so„zlarning morfemik tarkibi va so„z 
yasalishi, so„zlarning leksik-semantik guruhlari, imlo qoidalari va tinish belgilarining 
ishlatilishiga doir bilimlar tashkil etadi. 
Boshlang„ich sinflarda mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar bolalarning 
narsa va atrof-
muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to‟g‟ri fikrlash 


420 
usullarini o‟rgatadi. O‟quvchi maktabga kelganda, keng lug‟at boyligiga ega bo‟lsa 
ham, odatd
a, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo‟yish, umumlashtirish, guruhlash 
usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob‟ekti aniq predmet 
emas, uni ifodalovchi so‟zlar bo‟lsa). Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlarning 
vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va 
hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so‟z bilan aniq ifodalashga o‟rgatish, 
bolalarga mantiqiy usullar tizimini o‟rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish 
va uni aqliy t
omondan o‟stirish hisoblanadi. 
Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar bolalarning so‟z boyligi va tilining 
umumiy o‟sishida katta ahamiyatga ega bo‟lib, lug‟at ishi va tilga oid boshqa ishlar 
bilan bog‟lab olib boriladi. Masalan: 
1. Narsalarning mavzuga 
tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko‟ylak, 
kostyum) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. 
Bunda bolalar «Bu nima?» so‟rog‟iga javob berishga o‟rgatiladi: Bu n i m a? - 
Avtobus. Avtobus nima? Mashina. 
2. Bir turd
agi narsalarni sanab ko‟rsatish va umumlashtiruvchi bir so‟z bilan 
nomlash. Masalan, stol, stul, shkaf larni bir so‟z bilan qanday nomlash mumkin? 
(Mebel) 
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan,
qalam, pero, chizg‟ich, o‟chirg‟ich, stul ko‟rsatiladi, o‟quvchilar o‟quv qurollarini 
ajratadilar, stul o‟quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar. 
Bunday mashq o‟yin tariqasida o‟tkazilishi ham mumkin: ma‟lum so‟zlar berilib, 
ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: 
qaldirg‟och, chumchuq, mushuk, musicha. 
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so‟zlarni guruhlarga ajratish. Bunda 
so‟zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O‟quvchilar 
guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi 
yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so‟zlar ham aralash beriladi, bolalar to‟rt 
guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar. 
5. Qarama-
qarshi qo‟yish bilan umumlashtirish: qaldirg‟och, chumchuq, bulbul 
− qushlar, tovuq, xo‟roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.) 
Mazkur mashqlar sermazmun bo‟lishi, o‟quvchilarning tajribasi bilan 
bog‟lanishi, ularni to‟g‟ri fikrlashga o‟rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga 
solishiga xizmat qilishi lozim. 
Ijodiy mashqlarda o‟quvchilar o‟zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‟ich 
sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 


421 
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‟quvchilar shu mavzuga mos gap 
tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi. 
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‟quvchilar rasm asosida bir yoki bir 
necha gap tuzadilar. 
3. Ikki-
uchta «tayanch» so‟z beriladi, o‟quvchilar shu so‟zlarni qatnashtirib gap 
tuzadilar. Tayanch so
‟z sifatida bolalarning faol lug‟atiga aylantirish zarur bo‟lgan 
so‟zlar olinadi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang„ich sinflarda mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi 
mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va 
ularga to‟g‟ri fikrlash usullarini o‟rgatadi. Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar 
bolalarning so‟z boyligi va tilining umumiy o‟sishida katta ahamiyatga ega bo‟lib, 
lug‟at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog‟lab olib borilsa maqsadga muvofiq 
bo‟ladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə