1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o’tkazish uslubiyoti. Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf “ona tili” darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o’tkazishning metodik asoslari



Yüklə 209,81 Kb.
səhifə1/13
tarix26.10.2023
ölçüsü209,81 Kb.
#131561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 SINF ONA TILI DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV DAQIQALARINI O’TKAZISH


1-SINF ONA TILI DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV DAQIQALARINI O’TKAZISH USLUBIYOTI.
REJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI” DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV DAQIQALARINI O’TKAZISHNING METODIK ASOSLARI.
1.1. O’quvchilarning yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o’stirishga oid mashqlar
1.2.Ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o’tkazishdagi uslubiy ishlar tizimi
II BOB. 1-SINF ONA TILI DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV DAQIQALARINI O’TKAZISH METODIKASI
2.1.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o’tkazish metodikasi
2.2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o’tkazishda didaktik o’yinlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


K I R I S H


Mаvzuning dоlzаrbligi. “Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda” 1 - deb so’z yuritadi mamalakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev.О‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, о‘quv uslubiy ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida о‘qitish, modulli ta’lim texnologiyalarini qо‘llash, о‘quv materiallarini strukturalashtirish, ta’lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlarni o’zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta’lim samarasini yuksaltirmoqda. Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
Ta’lim tizimi islohotiga doir chiqarilgan farmon va qarorlar xalq ta’limi hodimlari, jumladan boshlang’ich ta’lim mutahassislariga ham ma’sulyatli vazifalarni yukladi.
Tarixiy taraqqqiyot tajribalaridan ma’lumki, har qanday jamiyat dadavlatning istiqboli uni rivojlantiruvchi kuch hisoblangan mustaqil fikrlovchi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga borib taqaladi.Bu jarayonda ta’limning asosiy bo’g’ini hisoblangan boshlang`ich ta`limni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim fanlari orqali o’quvchilarning umuminsoniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini dunyo qarashini, o’z-o’zini anglash, jismoniy sog’lom bo’lishga, milliy urf-odatlarni o’zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi, shuningdek bu bosqichda ularning nuqtini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. O`quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak. Bolaning kelajakda mustaqil fikrlovchi, yetuk malakali mutaxassis bo’lib etishishida boshlang’ich ta’limda o’qitiladigan o’qish darslarining o’rni va ahamiyati muhimdir. O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi, lekin o`qishga o`rgatish va nuqni shakllantirish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. Оrfоgrаfiya o‘qitish mаsаlаsi хususiy mеtоdikа mаsаlаlаri tizimidаgi eng murаkkаb mаsаlа bo‘lib, u jаmiyat mаdаniyati vа rаvnаqidа muhim rоl o‘ynаydi. Shахsning оg‘zаki nutqi yozmа shаkldа uslubiy vа imlоviy jihаtdаn to‘g‘ri ifоdаlаnsа, nutq tаlаbgа jаvоb bеrаdi.
Boshqa fanlar qatori chiroyli yozuvga o’rgatish ham o’zining tarixiy manbalariga ega bo’lgan holda o’sib rivojlanib bormoqda. O’quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat,sezgi,idrok etish va xotira kabi psixofizologik funksiyalar ishtirok etganligini ko’ramiz. Chiroyli yozish jarayonida ko’rish va eshitish sezgilari idrok qilinadi. Chiroyli yozuvga o’rgatishda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi: 1.Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish. 2.Parta ustida daftarni to’g’ri qo’yish. 3.Yozayotganda gavdani to’g’ri tutish. 4.Daftar va ko’z oralig’ini me’yorda ushlash. 5.O’z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o’rganish. 6.Harflarni bir-biriga bog’lab yozishga o’rganish. 7.Harflarning balandlik va oralig’ini bir xilda yozish. 8.Harflarning 75 daraja qiyaligini to’g’ri saqlash.

Yüklə 209,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə