Tekshirish uchun meda suyuqligini olish



Yüklə 14,41 Kb.
tarix28.10.2023
ölçüsü14,41 Kb.
#132512
meda suyuqligi


TEKSHIRISH UCHUN MEDA SUYUQLIGINI OLISH
Me’da suyuqligini tekshirishda elastik rezinadan tayyorlangan yo‘g‘on zonddan foydalaniladi. Zondning uzunligi 70—75 sm, diametri 10—12 mm, teshigi taxminan 8 mm. Zondning me’daga kiruvchi uchi dumaloqlashgan bo‘lib, butunlay berk, undan sal yuqoriroqda, bir-biriga qarama-qarshi tomonda ikkita oval teshik bor. Zondning yopiq tomoni 40 sm yuqoriroqda belgi bo‘lib, bu kurak tishdan me’da kardiasigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi. Zond me’daga kiritilishidan oldin, yuvib qaynatiladi. Qaynatilgan zond suvda saqlanadi, chunki u ho‘lligida me’daga oson kiritiladi. Agar bemorda olinadigan yasama tish bo‘lsa, zond yuborishdan oldin uni olib qo‘yish kerak. Zond quyidagicha kiritiladi: bemor stulga suyanib o‘tiradi, bunda u boshini birmuncha oldinga engashtirib, og‘zini katta ochib, tilini chiqarib turishi kerak. Tekshiruvchi bemorning yon tomonida turib, o‘ng qo‘li bilan zondning uch qismidan ushlaydi.
Chap qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i va o‘rta barmog‘i yordamida ustiga toza doka qo‘yilgan tilni birmuncha oldiga va pastga bosadi. Zond til ustiga qo‘yilgan barmoqlar orasidan qizilo‘ngachga kiritilib, 45—50 sm ichkariga asta itariladi, bunda bemor uni yutishga harakat qilishi kerak. Qaytarib tashlashning oldini olish uchun bemorga burun orqali chuqur nafas olish tavsiya etiladi. Qusuq kelgan hollarda bemorning boshini darhol oldinga egish kerak, chunki qusuq nafas yo‘llariga ketib qolib, ularni bekitib qo‘yishi mumkin. Toza idishga yig‘ib olingan qusuq laboratoriyada tekshirilishi kerak.
Zond kiritilgandan so‘ng uning erkin uchi me’daga narsalar to‘planadigan idishga tushirilib qo‘yiladi. Agar u darhol ajralib chiqa qolmasa, bemorga kuchanish tavsiya etiladi va bir vaqtning o‘zida qorinning me’dadan pastroq qismiga bosiladi. Agar bunda ham me’da ichidagi narsalar ajralmasa, zond oldi-orqaga biroz harakat qildiriladi, shundan so‘ng bemorning ko‘ngli aynib, qusgisi keladi va bu hol me’da ichidagi narsalarning zond orqali chiqishiga yordam beradi.
Agar shundan keyin ham me’dadan hech narsa chiqmasa, demak, me’da ichi bo‘sh bo‘ladi. Odatda, nahorda me’dadan oz miqdorda 20—30 ml suyuqlik olinadi. Agar me’dadan chiqqan narsaning miqdori ko‘p, masalan, 50 ml va undan ortiq bo‘lsa, bu, patologik holatdan, ya’ni gipersekretsiyadan yoki me’da bo‘shalishining qiyinlashganidan, me’da chiqish joyining toray- ganidan dalolat beradi. Oxirgi holda me’dadan chiqqan narsalar orasida 12 soat va undan ham avval yeyilgan ovqatlarni ko‘rish mumkin.
Me’daga quyidagi hollarda zond kiritish mumkin emas:

  1. bemorda aorta anevrizmasi borligi gumon qilingan hollarda, chunki zond anevrizma bosimi ta’sirida yupqalashgan qizilo‘ngach devorini teshib yuborishi oqibatida, o‘limga olib boruvchi qon ketish sodir bo‘lishi mumkin;

  2. o‘tkir ezofagitlarda (kimyoviy va termik ta’sirlar) bunda asta kiritilmagan zond qizilo‘ngach devorini teshishi va kuchli qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin;

  3. o‘pka va yurakning og‘ir kasalliklarida va umurtqa bilan ko‘krak qafasi oraligida yallig‘lanish jarayoni kechayotganda;

  4. homiladorlikning oxirgi muddatlarida;

  5. arterial bosim yuqori bo‘lganda;

  6. me’dadan qon ketganidan so‘ng oradan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa.

Yüklə 14,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə