Tamoyillari va qonuniyatlari



Yüklə 277,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.09.2023
ölçüsü277,73 Kb.
#124986
  1   2
Tursunova Feruza Otaqulovna



ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA TA’LIM PARADIGMALARI, TA’LIM 
TAMOYILLARI VA QONUNIYATLARI 
 
Tursunova Feruza Otaqulovna 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
San’atshunoslik fakulteti “Pedagogika-
psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu 
maqolada 
zamonaviy 
pedagogikada 
ta’lim 
paradigmalari, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari haqida so’z boradi. 
Kalit so’zlar:
Amaliyot, paradigma, integratsiya, pedagogika, tamoyil

 
Jahon ta'lim 
amaliyotida 
ilm-fan va ishlab chiqarish jarayoniga 
axborotkommunikatsion 
texnologiyalarning 
integratsiyalashuvi 
turli 
soha 
vakillarining 
kasbiy 
malakalarini 
takomillashtirish, 
kasbiy-sohaviy 
kompetensiyalarini 
rivojlantirishga 
zamin 
yaratdi. 
Jahonning 
yetakchi 
universitetlarida tillarni maqsadli yo‘naltirib o‘qitish, xususan, strategik sohalardan 
biri hisoblanuvchi filologiya yo‘nalishida mutaxassislarning turli tillarda so‘zlashish 
layoqatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarga katta e'tibor qaratilmoqda. 
Respublikamizda so‘nggi yillarda tillarni chuqur o‘qitishga alohida e'tibor qaratilib, 
ta'lim jarayonini umumjahon ta'lim standartlariga mos ravishda tashkil etish 
maqsadida turli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Zarur bo‘lgan 
mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng 
ko‘lamda yo‘lga qo‘yish, yoshlarning xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, 
madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishlarini 
ta'minlash; nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish va shu asnoda 
ularning o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat 
yaratilmoqda. Bu yo‘nalishdagi islohotlar uzluksiz ta'lim tizimiga innovatsion 
g‘oyalarni, axborotkommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan. 
Shuningdek, o‘qitish sifati monitoringining nazariy-metodologik asoslarini 
takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim 
standartlarini tatbiq etishga oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflarni, tavsiyalar 
tizimini ishlab chiqish, ta'lim va o‘qitish sifatiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, uni 
avtomatlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Dunyoda yangilangan ta'lim turlarini oliy ta'lim muassasalariga keng tatbiq 
etish, mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini oshirish tizimini kuchaytirish, 
ta'lim muassasalarining moddiy-texnik ta'minoti, dasturli-tashkiliy va boshqa zurur 
resurslarni to‘plashda tashabbuskorlik ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim 
muhitini yaratish orqali murakkab pedagogik vaziyatlar yechimini topa 
oladigan zukko kadrlar salohiyatini oshirishga oid ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
Tahsil oluvchilarning ta'lim natijalarini diagnostika qilishda dasturiy vositalar- 


Moodle, Wordpress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video, 
Editor 
Plus, AutoPley, Media Studio 8, Macromedia Flashdan foydalanish 
imkoniyatlari 
o‘rganildi. 
Moodle, Wordpress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video, 
Editor Plus, AutoPley, Media Studio 8, Macromedia Flashdan samarali metodik 
manba sifatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganilganda, o‘qitish sifatini ta'minlash 
va ta'lim muassasasi faoliyatining ijtimoiy samaradorligiga mazkur metodika 
sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

o‘quv jarayoni sub'ektlarida mazkur jarayondan qoniqishning hosil bo‘lishi; 

o‘quv jarayonining tashkil etilishi, borishi, natijalari va sifatining namoyon 
bo‘lishi; 

o‘quv jarayoni sub'ektlarining o‘zaro hamkorligi; 
- ta'lim muassasasining mavjud mavqyei; 
- ta'lim muassasasida amal qiladigan strategiyalar kabilar. 
O‘quv jarayoni bir qator o‘ziga xos ko‘rsatkichlarlarga ega: 
a) o‘quv jarayonining yetakchi maqsadi – bilim, ko‘nikma, malakalarning 
o‘zlashtirilishi; 
b) didaktik jarayonning mazmuni 
– barcha dasturlar uchun mazmun yagona 
hisoblanadi; 
v) o‘quv jarayoni doirasida - o‘rgatish faoliyati davomida o‘qituvchining 
yo‘naltiruvchilik, rahbarlik, maslaxat beruvchilik mavqyei namoyon bo‘ladi; 
g) o‘quv jarayoni doirasida pedagogik faoliyat o‘quvchilarning yetakchilik 
mavqyei bilan uyg‘unlashadi. 
Tadqiqot davrida o‘quv jarayonida o‘qitish sifatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadigan 
quyidagi tarkibiy qismlar ajratildi: 
1. Moyillik hosil qiluvchi 
– o‘quvchilarni faol o‘rganish jarayoniga 
jalb qiluvchi va bilish faoliyatining barcha bosqichlarida faollikni saqlab 
qoluvchi 
qiziqishlari, ehtiyojlari, mayllari. 
2. Yo‘naltiruvchi – o‘quvchilarning o‘quv-biluv maqsadini amalga 
oshirish uchun uni rejalashtirishlari va bashorat qilishlari. 
3. Mazmunli-operatsion nuqtai nazardan - axborotlarni qabul qilish, 
saqlash va qayta ishlash maqsadida yetakchi bilimlar va usullarni 
o‘zlashtirish. 
4. Quvvatiga ko‘ra – diqqat, iroda va kechinmalar. 
5. Nazariy-tahliliy jihatdan 
– o‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini mustaqil 
nazorat qilishlari, bajarilgan harakatlarning borishi va natijalarini mustaqil 
baholashlari, o‘zgalarning bahosiga tayangan holda o‘zlari va faoliyatlariga 
bergan 


baholari, o‘rganish jarayonlarini mustaqil boshqarishlari va tuzatishlar 
kiritishlari, o‘z o’zlarini boshqarishlari kabilar. 
Shunday qilib, tahsil oluvchilarning ta'lim natijalarini diagnostika va korreksiya 
qilish ularning bilish layoqatlarini rivojlantirish, bilim, ko‘nikma va malakalar 
vo
sitasida ularning ta'lim natijalarini aniqlashga, zarur bo‘lsa, korreksiya talab 
bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. 
Mashg‘ulotlarni tashkil qilish mazmuni, mohiyati o‘rganilganda o‘qitishning 
didaktik tamoyillari muhim o‘rin egallashi aniqlandi. 
O‘qitish sifatining namoyon bo‘lishida o‘qituvchilarning shaxsiy yutuqlari 
muhim o‘rin egallaydi. Ularning shaxsiy yutuqlari quyidagilarda aks etadi: 
- ta'lim jarayonini takomillashtirish sohasidagi yutuqlari; 

o‘qituvchilarning metodik, ilmiy, ixtirochilik ishlari; 
- turli tanlovlarda ishtirok etish darajalari; 
- shaxsiy-
ta'limiy quvvatlarini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlari; 

mustaqil bilim olish va o‘zlarini takomillashtirish yo‘nalishidagi ishlari kabilar. 
O‘qitish sifatini ta'minlashda asosiy o‘rin egallaydigan holatlardan yana biri 
o‘quv rejasining bajarilishidir. O‘quv rejasining bajarilganligini bir qator holatlar 
tasdiqlaydi: 
- me'yorlar va ularning bajarilishi; 

o‘quv rejasining alohida o‘ziga xos yo‘nalishlari ijrosi; 
- ta'lim sohalari; 
- si
nflarni ixtisoslashtirish va maxsus yo‘nalishlarni tashkil etish; 

o‘quv rejasidagi maktab komponentiga rioya qilish; 

o‘quvchilar bilan individual ishlash ko‘lami; 

o‘quvchilarning tanlovlariga asoslangan holda chuqurlashtirilgan ta'lim 
bilan qamrab olish; 

o‘quvchilarning o‘quv yuklamalari ko‘lami kabilar. 
Biz 2021-
2022 o‘quv yilining 1-yarim yilligida talabalar o‘quv yutuqlarini 
baholash uchun O‘zbek tilining qiyosiy grammatikasi o‘quv kurslari bo‘yicha 
2 variantdagi test topshiriqlari 
va ona tili va o‘qish fanidan matnni tushinish 
darajasini aniqlash bo‘yicha 3 variantdagi test topshiriqlari tayyorlandi. 
O‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan test topshiriqlari Moodle bo‘yicha berilgan 
baholashning ochiq blokidan foydalanildi. 
Test topshiriqlarida grammatika, leksikologiya, semiotika kabi sohalarga oid 
savollar kiritildi. 
Testlarning shu asosda tuzilishi bir qator afzalliklarga ega. Bir tomondan 
bunday yondashuv, o‘zbekistonlik talabalarning o‘quv yutuqlarini xalqaro shkalada 
baholash imkoniyati
ni bersa, ikkinchi tomondan O‘zbekistonda amalda bo‘lgan 
davlat standartlari va o‘quv dasturlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga 
yordam beradi. 


O‘quvchilar o‘quv yutuqlarini baholash milliy tadqiqotini o‘tkazishda maktab 
va 
o‘quvchilarni tanlash quyidagi reja asosida amalga oshirildi: 
Tajriba-sinov bilan qamrab olingan maktablar oddiy rondomlashtirilgan 
tanlovdan foydalanildi. Nazorat guruhi esa ekspertlar tomonidan hududlar va 
maktablardan olingan ma'lumotlar asosida belgilandi. Maktablar ushbu 
guruhdan 
tasodifiy yo‘l bilan tanlandi. Maktablar ro‘yxati tayyorlanib MS EXCEL 
dasturining “Generate Random Number” funksiyasi asosida rondomlashtirilgan 
tanlov amalga oshirildi. 
Respublika miqyosidagi o‘qitish sifati monitoringini amalga oshirish 
jarayoniga 
3 ta OTMlarning 734 nafar talabasi qamrab olindi. 
Talabalar diqqatiga turli hayotiy vaziyatlarda uchraydigan matnlar havola 
etildi. Mazkur testlar talabalarda hozirgi kunda mavjud “grammatik savodxonlik” 
tushunchasining shakllanganlik darajasini aniqlas
hga yo‘naltirilgan. Mazkur 
tushunchaga asosan talabalarda turli uslublarda yozilgan matnlarni 
tushunishi, ularning mazmuni bo‘yicha fikr-mulohaza yuritishi, ularning mazmuni 
va ahamiyatiga baho berishi va o‘qiganlari yuzasidan o‘z fikrlarini bayon eta olishi 
zarur. 

Yüklə 277,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə