3-mavzu: sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USUllari. Reja



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə1/15
tarix29.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#140136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-mavzu sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshiri


3-MAVZU: SINF RAHBARINING O‘QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘QUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI.
REJA:
1. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.
2. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash.
3. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari.
Tayanch so‘zlar: Tarbiya, ta'lim, bilim, malaka, ko‘nikma, metod, sinf, faloiyat, maktab, direktor, o‘rinbosar, o‘qituvchi, o‘quvchi, ma'naviyat, marifat, madaniyat, tadbir, axloq, faoliyat, bilim, iste'dod, qobiliyat, tarbiya, me'yor, rag‘bat, jazo, intizom, mas'uliyat, burch, sinf rahbar, o‘quvchi, maktab, direktor, jamoa, majlis, suhbat, ota-ona.


1. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.
O‘quvchilarni o‘rganish usullari. Sinf rahbari o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.
Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e'tibordan chetda qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob'ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sportchi sifatida, ya'ni har bir aniq ish sharoitida kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomala qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalar, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan holatlarining sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta'sir etishning to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e'tibor bergan sinf rahbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi oila, keng jamoatchilik, radio, televidenie kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta'sir etishda yetakchilik, birdamlik rolni tarbiyaviy ta'sirini, saqlab qolish g‘oyat qiyinlashib boryapti. Ba'zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta'sir etish hollariga duch kelamiz. Chunki, har bir bolada ma'lum kurtaklar yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik sifatlari mavjud. U munosabatlarga e'tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb qaralsa hamda o‘jarlik va terslik bolaning sifati hukm chiqarilsa, u holda tarbiyalanuvchi o‘zining xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu borada ham tarbiyachining umidini oqlaydi.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bilishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma'lumotga ega bo‘ladi. Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta'sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotiganda alohida o‘quvchini unutish yaramaydi. Chunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta'sir etishning eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi kerak. Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olish bilan bolalar haqida ko‘pgina ma'lumotlarni aniqlaydi. Bu ma'lumotlar bolaning oilasidan, o‘qituvchilardan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyada yagona ta'sir birligi ham shu asosda vujudga keladi. Mana shu o‘rinda bolalar ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya'ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta'sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta'minlovchi vosita rolini ham bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma'lumotlari hamisha ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlarni ham o‘ziga talqin etib boradi.
Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida vujudga keladigan anglashinmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi kattalarning o‘zi bilan muomala qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko‘rish orqali ma'lum xulosaga keladi va o‘ziga xukm chiqaradi. Xuddi shu hol uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-onasining tarbiyasini oladi. Hatto eng vijdonli bolada ham bu holni ro‘y berishi tabiiydir.
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish, o‘qituvchi bilan otaona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur. Buning uchun u har bir oilani guruh va har tomonlama o‘rganish kerak. Sinf rahbarining oilaviy sharoitni individual munosabat uchun u quyidagilarni o‘z ichsiga olgan dasturga ega bo‘lishi kerak.
1. Oila haqida umumiy ma'lumot, oila tarkibi, kattalarning ish joyi, kasbi, oilaning moddiy jihatdan foydalalanganlik darajasi, uy joy sharoiti.
2. Oilaning madaniy darajasi, oila a'zolarining ma'lumoti, oilaviy kutubxona bor yo‘qligi, qanday matbuotga yozilishi. An'analari va oilaviy bayramlar.
3. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari, ota-onaning bolaga va bolaning ota-onaga munosabati, ularning insoniy yetukligi va qiyofasi bolalarning o‘z ota-onalarining kasbi haqidagi tushunchalari, oilada salbiy ta'sirning bor yo‘ligi.
4. Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan, ta'sirlar va ota-onalarning ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari, qarindoshlar va boshqalar.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini tushunishiga boliqdir. O‘quvchining nima bilan yashayotganligini, uning qiziqishi va mayillari qandaylpgini, irodasining o‘ziga xosligi, hamda xarakteri xususiyatlarini o‘rganish deganimiz, uning qabliga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta'sir etishning hamda maqbul metodlaridan foydalanish demakdir.
Tarbiyachi o‘quvchining individual xususiyatlarini yaxshi o‘rgangach va tushungan taqdirdagina, bu o‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi. O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa sinf rahbarining vazifasidir. U o‘quvchilarni faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqi vaqtdan ularga tarbiya berish vaqtida ham, o‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil ekskursiyalar vaqtida ham o‘rganadi.
Sinf rahbari sinfni qabul qilib olgandan keyin, uning birinchi ishi, odatda, o‘quvchilarni o‘rganishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu ish uning o‘ziga berkitilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom etadi va uning tarbiyaviy ish sistemasida muhim bir tomonni tashkil etadi. O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari ularning xulqlari va mayllarini. Ular olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma'lum maqsadga qaratilgan va ta'sirchan reja tuzish oson bo‘ladi.
Ma'lumki, o‘quvchi shaxsining tarkib topishi va rivojlanishi bir tekis bormaydi. Sinf rahbarining mazkur o‘quvchi to‘g‘risida bilganlari bugunga kelib yetarli bo‘lmay qolishi mumkin.
To‘g‘ri, o‘quvchilarni o‘rganish ko‘p vaqt va ko‘p kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta natijalar beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni, ularning xususiyatlarini bilgan holda, ular bu jarayonini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga solib, yutuqlarga erishish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganishga boshqa o‘quvchilar, yetakchilar va ota-onalar jalb etiladi.
Bunda o‘qituvchilar hamda sinf rahbarlari ishidagi o‘zaro munosabat qoidalariga rioya qilish juda muhimdir. O‘quvchilarni o‘rganish natijalari bilan barcha o‘qituvchilarni tanishtirib borish zarur. Shu bilan birga ularning har qaysi o‘quvchi to‘g‘risida bilganlarini ham hisobga olish lozim. Bular o‘quvchilarga tarbiya berish jarayonida ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir xil muomala qilishga erishishga yordam beradi. O‘quvchilarni o‘rganish ularga individual yondashishni zarur shartidir. O‘quvchilarni ularga ta'lim va tarbiya berish jarayonida har qaysi o‘quvchiga individual yondashishga erishish maqsadida o‘rganmoq lozim. O‘quvchilar o‘z xarakteriga qiziqishi va mayliga ko‘ra bir xil emas. Ulardan bir xillari bir muncha chaqqon, boshqa bir xillari esa sustkash, uquvsiz, ba'zi o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa birlari esa uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi. Ba'zi bir o‘quvchilar o‘z tashkilotchiligi va qat'iyligi bilan ajralib tursa, boshqa birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, sinf bir biriga o‘xshamagan , turli xususiyatdagi bolalardan tashkil topgan bir gruppadir. Sinfda tashqi ko‘rinish jihatidan bir-biriga o‘xshash bolalar bo‘lmagan singari, o‘z ichki xususiyatlari jihatidan bir biriga o‘xshaydigan bolalar ham bo‘lmaydi. Ularning xarakteri, qiziqishlari, kayfiyatlari va xohishlari, ularning xulq-atvorlari sabablari, ko‘nikma va malakalari, odatda, turlicha bo‘ladi. har qaysi o‘quvchi o‘ziga xos, boshqalarga o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘ladi. U alohida shaxs sifatida kamol topib boradi.
Odatda sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarga nisbatan yagona tarbiyaviy vazifalar qo‘yadi va hal etadi. Masalan, u o‘zining barcha o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, bir jon, bir tan bo‘lishiga, haqqoniylikka o‘rgatishga harakat qiladi. Ammo bu vazifalarning hal etish yo‘llari, vosita va metodlari o‘quvchilarning individual xususiyatlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba'zilarini o‘z vaqtida rag‘batlantirish, ba'zilariga buyurish xulqatvor qoidalarini buzgan o‘quvchilarni jazolash darkor. Binobarin, o‘quvchilarga to‘g‘ri tarbiya bermoq uchun tarbiya jarayonida ularga individual yondashishni amalga oshirmoq kerak. Buning uchun esa ularni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq zarur. Sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini bilmasa, u o‘quvchilarga yondashishda, pedagogik ta'sir ko‘rsatish metodlarini tanlashda katta xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hyech qaysi o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori tartib intizomi, o‘zlashtirishi ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Ba'zi bir o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmaydi, ikkinchi birining darsda yaxshi javob berishga o‘z jur'atsizligi, tortinchoqligi halaqit beradi, yana birining yaxshi o‘qishiga o‘zlashtirilmaganligining sabablarini bilgan taqdirdagina, uning oldini olish borasida, real va ta'sirchan tadbirlar qo‘llash mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga olmoq zarur. O‘quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o‘quvchining xususiyatlariga faol tarzda moslashish emas. Bu eng avvalo har qaysi o‘quvchining individual xislatlarini, uning psixologik taraqqiyoti xususiyatlarini, uning shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishning yanada samarali yo‘llarini faol ravishda qidirib topishdir. Bunday yondashishga faqat tarbiyalash va o‘qitish qiyin bo‘lgan o‘quvchilargina emas, balki istisnosiz hamma o‘quvchilar muhtojdir, o‘qituvchining vazifasi faqat qoloqlarni va intizomsizlarni ilg‘orlar va intizomlilar qatoriga yetkazib olishdangina iborat emas, balki shu bilan barcha o‘quvchilarning, jumladan eng yaxshi intizomli, bilimli san'atga havasmand bolalarning ham aqliy, ham quvvatlarini va tashkilotchilik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
O‘quvchilarga tarbiya berish jarayonida ularga individual tarzda yondashish har qaysi o‘quvchini o‘z nazar e'itborida tutishdan, uning xususiyatlarini bilishdan, uning ijobiy xislatlariga tayanishdan, unga og‘ir paytlarda muntazam yordam ko‘rsatib borishdan va uni yaxshi xatti harakati uchun rag‘batlantirib turishdan iboratdir.

Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə