3-mavzu: sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USUllari. Reja



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə6/15
tarix29.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#140136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-mavzu sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshiri

Agarda muallim bo‘lsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor,
deb bejiz aytmagan.
Yana shuni ham aytish kerakki, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay o‘tirishini emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zicha intizom o‘rnatmoqchi bo‘ladilar. Sinfga qosh-qovog‘idan qor yog‘dirib kiradilar, dag‘-dag‘a qilib bolalarni siquvga oladilar, goh desa qo‘lga qo‘nadigan qilmoqchi bo‘ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo‘lmaydi. Zo‘ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg‘ak qalblarga adovat urug‘ini sochadi, ularni sovuqqon, qo‘rqoq, jur'atsiz, yolg‘onchi qilib qo‘yadi.
Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o‘quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg‘in, ijodiy, ko‘rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg‘otish, lol qoldirish, dars o‘tilgach birorta ham o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik – har biriga o‘ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. Intizomli bo‘lish nafaqat maktabda, balki o‘quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so‘qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.
Sinf rahbarining tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash usullari. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo‘lishidan qat'iy nazar, qanday jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo‘ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, ularda o‘zlariga alohida e'tibor talab etadigan insonlar bo‘ladi. Bunday insonlar biror-bir jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo‘lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus alohida munosabatda bo‘lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo‘lib kelingan.
“Muammoli inson” tushunchasi AQShda keng qo‘llanilsa yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko‘p ishlatiladi.
Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo soliq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o‘sib bormoqda.
YuNeSKOning istiqbol bo‘yicha ma'lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko‘rsatkichni o‘zgartira olmaydi.
Sog‘lom muhit doimo insonlar ongida o‘z chegarasiga ega bo‘lib, chegaradan tashqari bo‘lganlar “nome'yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o‘zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.
Me'yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta'rif berishga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta'rif berganlar. “Me'yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me'yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, me'yor – bu shunday g‘oyaviy hosilaki, unda ob'ektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o‘rtacha statistik ko‘rsatkich bo‘yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me'yorning o‘z ko‘rsatkichlari, parametrlari (o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me'yorga muvofiq bo‘lmagan holatlar barchasi boshqa so‘z “me'yordan og‘ishlik” deb yuritiladi.
Ijtimoiy pedagogikada “me'yor” va “me'yordan og‘ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo‘llaniladi.
Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, me'yordan xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy nosog‘lik va qobiliyatlilik bo‘lib ifodalanishi mumkin.
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning balki jamiyatning ham ijtismoiy shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo‘lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski me'yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi.
Me'yordan og‘ishganlik tiplari
Me'yordan og‘ishganlikni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me'yordan jismoniy og‘ishlik insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko‘rsatkichlari bilan (vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog‘lig‘ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko‘rsatkichlar bo‘lib, bunday ko‘rsatkichlarga to‘la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo‘lsa kerak. Jismoniy jihatdan me'yordan og‘ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.
Xastalik – inson sog‘lig‘idagi har qandy yo‘qotish, psixik yoki jismoniy funksiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir. Cheklangan imkoniyat – inson uchun me'yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi (nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.
Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me'yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.
Arbiy davlatlarda “Sog‘lig‘ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. O‘zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi bo‘lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog‘lig‘idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta'lim olishlarida to‘siqlik qiladi, shu sababli ta'lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.
Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, ular jismoniy, psixik og‘ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.
Me'yordan psixik og‘ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi, uning psixik nuqsonlari bilan bog‘liq.
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish bo‘lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil – debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) – psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi.
Pedagogik me'yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me'yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta'lim darajalarini belgilab beradi. Ta'limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me'yordan og‘ish me'yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me'yorlar bo‘lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta'lim standartlar hisoblanadi.
Ijtimoiy me'yordan og‘ishganlik tushunchasi “ijtimoiy me'yorlar” tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me'yorlar – bu jamiyatning u yoki bu davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish yo‘liga ega. Ular qadimgi davrlardan ma'lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, an'analar, diniy aqidalar kiritilgan.
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me'yorlar vujudga kelib, insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul qilingan ahloq va hulqli me'yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi me'yorlash yuzaga keldi.
Ijtimoiy me'yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
Universal me'yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli me'yorlar.
Xususiy me'yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli me'yorlar.
Ijtimoiy me'yorlarga rioya qilish insonning ehtiyoji va odatlariga aylanishi zarur. Agar bola ijtimoiy me'yorlarni va jamiyat qadriyatlarini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, uni xulqiy og‘ishgan bola deb ataydilar.
Xulqiy og‘ishgan bolalar muammosi sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan ishlab chiqilgan. Xulqiy og‘ishganlikning turlariga bolalar alkogolizmi, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, nazoratsizlik, daydilik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqalar kiradi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda bu toifadagi bolalarni turlicha atamalar bilan beradilar: “Tarbiyasi og‘ir”, “og‘ir xulqli”, “deviant bola” xulqi og‘ishgan, sotsial xulqli bola. Ijtimoiy rivojlanishida xulqiy og‘ishgan bolalar orasiga yana shunday toifadagilar: Ota-ona qaramoisiz qolgan bolalar ham kiradi. Bunday bolalar – yetimlar va “ijtimoiy yetimlar” dir. Ular biologik ota-onalari bo‘la turib, turli vaziyat sababli birga yashamaydilar. “Ijtimoiy maydondan chetlatilgan” bolalarni jamiyatga qaytarish uchun ularga yordam berish zarur. Shu sababli ijtimoiy pedagogning bunday bolalar bilan olib boradigan ishlari, bir tomondan, xulqiy og‘ishlikning oldini olish, profilaktika ishlari, jamiyatda qabul qilingan me'yor va qoidalar holatlarida ogohlantirish, boshqa tomondan, xulqiy og‘ishgan bolalarni reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish lozim.

Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə