Lev Tolstoy Sergiy ota (Avliyo Sergey) (qissa)



Yüklə 427,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.04.2023
ölçüsü427,37 Kb.
#104873
  1   2
Lev Tolstoy. Avliyo Sergey [@e kutubxona]



Lev Tolstoy 
Sergiy ota (Avliyo Sergey) 
(qissa) 

Peterburgda qirqinchi yillarda kishini lol qoldiradigan bir voqea ro‘y bergandi: 
kelishgan barno yigit 

knyaz, hamma imperator Nikolay I huzurida fligel-
ad’yutantlikka va yuqori mansabga erishishini bashorat qilgan, zirhpo‘sh askarlar –
ya’ni kirasirlar polkining komandiri, husnda tengsiz parichehra qiz bilan nikoh 
to‘yiga bir oy qolganda iste’foga chiqdi, qaylig‘i bilan munosabatlarini uzdi, 
chog‘roq mulkini singlisiga qoldirdi va rohib bo‘lish niyatida monastirga yo‘l oldi. 
Voqea uning ichki sabablarini bilmaganlar uchun kutilmagan va mavhum bo‘lib 
qoldi; bovujud knyaz Stepan Kasatskiyning o‘zi uchun bu boshqacha yo‘l tutib 
bo‘lmaydigan oxirgi qaror sifatida tabiiy ravishda amalga oshiril
di. 
Stepan Kasatskiyning otasi, iste’fodagi gvardiya polkovnigi olamdan o‘tganda o‘g‘li 
o‘n ikki yashar o‘smir edi. Onasi o‘g‘lini bag‘ridan qo‘yib yuborish qanchalik qiyin 
bo‘lmasin, o‘zi vafot etgan taqdirda farzandini uyda ushlab turmay, harbiy 
korpusga topshirish haqidagi marhum erining vasiyatiga qarshi bora olmadi va uni 
korpusga topshirdi. Beva ona qizi Varvara bilan o‘g‘li qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda 
yashash va oyim kunlari uni o‘zi bilan olib ketish uchun Peterburgga ko‘chib keldi.
Bolaning aft-a
ndomidan zo‘r qobiliyatliligi va ancha mag‘rurligi shundoq ko‘rinib 
turardi. Oqibatda, fanlardan o‘zlashtirish, xususan, o‘zi ayricha qiziqadigan 
matematika, harb mashg‘ulotlari hamda otda chopish bo‘yicha birinchi deb tan 
olindi. Qomati dur-
daroz bo‘lishi
ga qaramay, kelishgan va chaqqon edi. Bundan 
tashqari agar jizzakiligi bo‘lmaganda, namunali kadet darajasiga erishishi ham 
mumkin edi. U ichmas, qing‘ir yo‘llarga yurmasdi va haddan tashqari haqiqatgo‘y 
edi. Biroq uning to‘kis bo‘lishiga bir narsa xalaqit
berardi: botinidagi g‘azab 
alangasi yuzaga chiqqanda o‘zini boshqara olmay qolar, butkul yovuzlashib 


ketardi. Bir marta uning ma’danlardan tayyorlagan to‘plami ustidan kula 
boshlagan kadetni derazadan irg‘itib yuborishiga oz qolgan. Boshqa safar bir 
kishi
ni sal bo‘lmasa o‘ldirib qo‘yayozgan: kotlet to‘la laganni iqtisodchiga qarab 
irg‘itgan; so‘zidan tongan, hammaning yuz
-
ko‘zicha yolg‘on gapirgan zobitga 
tashlangan va, aytishlaricha, unga musht tushirgan. Agar korpus direktori 
hammasini bosti-bosti qilmaganda, iqtisodchini haydab chiqarmaganda, uning 
darajasi pasaytirilib, oddiy askarlar safiga qo‘shib qo‘yilgan bo‘lardi.
U o‘n sakkiz yoshida kiborlar gvardiya polkiga zobit qilib yuborildi. Imperator 
Nikolay Pavlovich uni korpusdalik paytidan bilar, unga 
alohida e’tibor bergandi, 
shuning uchun keyinroq uning polkda fligel-
ad’yutantlik darajasiga ko‘tarilishini 
bashorat qilishgandi. Kasats-kiy izzattalablik uchungina emas, asosiysi, korpusdalik 
paytidanoq Nikolay Pavlovichni qalbdan, aynan qalbdan yaxshi k
o‘rganligi uchun 
ham shunday bo‘lishini jon
-dildan xohlardi. Nikolay Pavlovichning korpusga har bir 
tashrifi davomida 

u tez-tez qadam ranjida qilib turardi 

baland bo‘yli, 
o‘mrovdor, chiroyli mo‘ylovliyu qirg‘iy burunli, tekis kuzalgan chakka soqoli o‘ziga 
yarashgan harbiy libosdagi bu zot, ya’ni Stepan Kasatskiy, shaxdam qadamlarda
chiqib kelib, kadetlar bilan yo‘g‘on ovozda salomlashar ekan, xuddi keyinchalik 
muhabbat ilohasiga duch kelganda bo‘lganidek, Kasats­kiy sevimli kishisiga 
oshiqlik shavqini his etdi. Ammo Nikolay Pavlovichga nisbatan muhabbat hayajoni 
undan-
da kuchliroq edi. O‘zining cheksiz sadoqatini namoyish etishni, o‘zidagi 
nimanidir unga qurbon qilishni xohlardi. Nikolay Pavlovich ham undagi bu otashin 
sadoqatni bilar, uni ataylab 
alangalatar edi. U ba’zan bolalarcha soddalik, ba’zan 
do‘stona, ba’zan kibru havo bilan muo­malada bo‘lib, kadetlar bilan 
chaqchaqlashar, ularni atrofiga to‘plardi. Kasatskiyning zobitlar bilan oxirgi 
g‘alvasidan keyin Nikolay Pavlovich Kasatskiyga hech na
rsa demagan, u yaqin 
borganida esa o‘zini namoyishkorona olib qochgan, xo‘mrayib, barmog‘i bilan 
do‘q qilgan va keta turib:

Bilib qo‘ygin, hammasi menga ma’lum, biroq ba’zi narsalarni bilishni 
xohlamayman. Ammo ular mana bu yerda, 

degan. 
U shu gapni a
yta turib, yuragini ko‘rsatgan.
O‘qishni tugatgan kadetlar uning huzurida bo‘lganlarida u bular haqida eslatishni 
ep ko‘rmagan, faqat odatlanib qolganlaridek mening o‘zimga murojaat 


etaveringlar, menga va vatanga vijdonan xizmat qilsalaring bo‘ldi, men
sizlarning 
eski do‘stingiz bo‘lib qolaveraman, deb aytgan. Hamma har doimdagidek 
to‘lqinlanib ketgan, Kasatskiy esa bo‘lib o‘tgan gap
-
so‘zlarni eslab, ko‘ziga yosh 
olgan va sevimli shohga sidqidildan xizmat qilaman, deb o‘z
-
o‘ziga so‘z bergan.
Kasatskiy 
polkka ko‘tarilgach, onasi va singlisi avval Moskvaga, undan keyin 
qishloqqa ko‘chib o‘tdi. Kasatskiy yarim mulkini singlisiga berdi. Qolgan yarmi esa 
hozir xizmat qilayotgan dabdabali polkda kun ko‘rishi uchun unga yetarli edi.
Zohiran Kasatskiy olg‘a intiluvchi chinakam gvardiyachiga o‘xshab ko‘rinsa
-da, 
biroq uning botinida murakkab va shiddatli tuyg‘ular nish urardi. Bu tuyg‘ular 
unga bolalikdan hamroh edi, ular xilma-
xil bo‘lsa
-da, biroq mohiyati bir xil edi, 
ya’ni umr yo‘lidagi barcha ishlarni shu qa
dar pishiq-
puxta ado etib, go‘zal 
yutuqlarga erishsinki, odamlar hayratdan yoqa ushlab qolsin. U bir soha yoki fanni 
tanlardi-
da, shuning ustida ter to‘ka boshlardi, to uni maqtab, boshqalarga o‘rnak 
qilib ko‘rsatishmaguncha bir zum tinim bilmasdi. Bir muv
affaqiyatga erishgach, u 
boshqasining payidan tushardi. Shunday qilib, fanlarni o‘zlashtirishda korpusda 
birinchi o‘ringa ko‘tarildi, birdaniga frantsuzchada so‘zlashi yaxshi emasligini sezib 
qolgach, bu tilni ona tili darajasida egallamagunicha tinchimadi va bunga ham 
erishdi; shunday qilib, keyin shatranj bilan shug‘ullana boshladi va korpusdalik
vaqtidayoq a’lo darajada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Hayotidagi shohga va vatanga xizmat qilish burchidan tashqari uning oldida yana 
boshqa bir maqsadlar ko‘ndalang t
urardi, bu maqsadlar qay darajada kichik 
bo‘lmasin, to ularni ro‘yobga chiqarmaguncha o‘shalar bilan yashardi. Biriga 
erishgach, tezda uning xayolida boshqasi paydo bo‘lar va oldingisining o‘rnini 
egallar edi. Bu oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishdagi sa’y
-harakatlar uning 
hayotini to‘ldirar edi. Binobarin, zobitlik darajasiga yetgach, xizmat malakasini 
oshirishga jon-
jahdi bilan kirishdi va tez orada, garchi o‘zini tuta olmaydigan 
jizzakiligi xizmatda pand berib, yutuqlariga soya tashlab tursa-da, namunali zobit 
degan nomga sazovor bo‘ldi. Keyin davra suhbatlarida dunyoviy bilimlarining 
chalaligini sezib qolgach, kitoblar olamiga sho‘ng‘idi va bunda ham ko‘zlagan 
maqsadiga erishdi. So‘ng u kiborlar davrasida porlash fikriga tushib qoldi, 
birdaniga mahora
t bilan raqs tushishni o‘rgandi hamda tezda shunga erishdiki, uni 
oliy darajali kiborlarning ballari va ayrim tantanalariga taklif qiladigan bo‘lishdi. 


Kasatskiy bu bilan ham qanoatlanib qololmasdi. U birinchi o‘rinda turishni 
xohlardi, bunday nasibaga erishish unga qiyin emasdi. 
O‘sha paytlarda oliy tabaqa, mening o‘ylashimcha, har doim va hamma yerda 
odamlarning to‘rt toifasidan iborat edi: 1) boylar va saroy a’yonlari; 2) uncha boy 
emas, biroq saroyda tug‘ilgan va o‘sgan odamlar; 3) saroy a’yonlariga taqlid 
qiluvchi boy odamlar; 4) uncha boy emas va saroy a’yonlaridan bo‘lmagan, biroq 
birinchi va ikkinchi toifalarga taqlid qiluvchi odamlar. Kasatskiy birinchi toifaga 
mansub emasdi. Kasatskiyni keyingi ikki toifaga jon-
jon deb qo‘shishardi. 

oqsuyaklar davrasidan joy olar ekan, o‘z oldiga hatto kibor ayollar bilan aloqa 
o‘rnatish maqsadini qo‘ydi va kutilmaganda bunga tezda erishdi ham. Biroq hayal 
o‘tmay ko‘rib ulgurdiki, u aylanayotgan davralar darajasi quyi davralar ekan, 
yuqori davralar 
esa, ya’ni boylar va saroy a’yonlari davrasi, garchi uni taklif qilib 
turishsa-
da, u ularga begona ekan; ular yo‘liga nazokat
-la muomala qilsalar-da, 
lekin barcha munosabatlar shuni ko‘rsatardiki, ularning o‘z davralari bor, u esa 
ularniki emas. Kasatskiy 
o‘zining ularniki bo‘lishini xohlardi. Buning uchun esa yo 
fligel-
ad’yutant bo‘lish kerak –
u hozircha shu darajani kutyapti yoki shu davradan 
uylanish lozim. Yigit bir to‘xtamga keldi: uylanadi, vassalom. U go‘zal, yana saroy 
a’yonlaridan shunday bir qizn
i tanladiki, nafaqat u intilgan davraning kishisi, balki 
undan yuqorida turuvchi barcha tabaqa vakillari ham shu qizga intilardi. Bu 
grafinya Korotkova edi. Kasatskiy faqat amal ilinjida unga xushomad qilmayotgan 
edi, Korotkova haddan tashqari jozibador edi va u qizni tezda sevib qoldi. Boshda 
qiz unga sovuq muomalada bo‘ldi, keyin birdan bari o‘zgardi, iltifot ko‘rsata 
boshladi. Oyisi esa yigitni xonadonlariga sidqidildan taklif qilar edi. 
Kasatskiy qizning qo‘lini so‘radi va bu ijobat bo‘ldi. U bunday baxtning oson qo‘lga 
kirganidan, onaning va qizining o‘zgacha va qizg‘in munosabatidan hayron esa
-da, 
butun vujudi bilan hech narsani ko‘rmaydigan va eshitmaydigan darajada oshiq 
bo‘lib qoldiki, natijada, sevgilisi bir yil oldin Nikolay Pavlovichning ma’shuq
asi 
bo‘lganini va buni butun shahar bilishini ham sezmadi.



Belgilangan to‘y kunidan ikki hafta oldin Kasatskiy qallig‘ining Sars­koye Selodagi 
bog‘chasiga tashrif buyurdi. Mayning iliq kuni edi. Kuyov va qalliq bog‘ni 
aylanishdi, soyador jo‘kalar xiyobonidagi kichkina kursida qo‘nim topishdi. Meri 
oq harir kuylakda o‘zgacha latofatli ko‘rinardi. U o‘zini iffat va sevgi og‘ushida 
sarmastdek tutardi. Boshini quyi solib o‘tirar, ba’zan qarshisidagi o‘ziga 
ehtiyotkorlik va nazokat bilan muomalada bo‘layotgan, biror harakati yo so‘zi 
bilan kelinning farishtalardek sofligi nogahon daxl qilishdan hadiksirayogan 
xushsurat pahlavonga ko‘z qirini tashlab qo‘yardi. Kasatskiy hozir uchramaydigan, 
qirqinchi yillar kishilariga mansub edi, ular qizlarning jinsiy ishratdan nopok 
bo‘lishlari mumkinligini xayollariga ham keltirmas edilar, ular ayoldan ilohiy, 
samoviy pok­likni talab etganlar, bu samoviy pok­likni har bir qizning o‘z davrasi 
ham tan olgan va unga ham shunga yarasha munosabat ko‘rsatishgan bo‘lardi. 
Bun
day munosabatda erkaklar o‘zlarini qo‘yib yuborgan axloqsizlik holatlarida 
ko‘plab ishonchsizlik va xatar yuzaga kelardi, biroq har bir qizda o‘ziga shunchaki 
ermak izlovchini ko‘rgan hozirgi yigitlarning qarashidan farqli o‘laroq, bunday 
qarash, o‘ylashimcha, ayollarga nisbatan ijobiy edi. Qizlar ham o‘zlaridan iloha 
yaratuvchi bunday munosabatlarga javoban iloji boricha ilohalardek bo‘lishga 
intilardilar. Kasatskiy ayollarga shunaqa nazar bilan yondashar va o‘zining 
qallig‘iga ham shunday nigoh bilan q
arayotgandi. Bu damda u benihoya oshiq edi 
va ma’shuqasiga tirnoqcha ham g‘ayirlikni his qilmay, yetib bo‘lmas yulduzga qo‘l 
cho‘zgandek butun vujudi bilan unga talpinardi.
U barvasta qomatini namoyish etib o‘rnidan qo‘zg‘aldi va ikkala qo‘li bilan 
qilic
higa tayangancha qizning qarshisida g‘oz turdi.

Men ayni damda insonga nasib etishi mumkin bo‘lgan baxtni his qilyapman. 
Buni siz, ha, siz… –
dedi u jur’atsizgina jilmayib, –
hadya etdingiz. 
U bu paytda “sen”lab gapirishga odatlanmagan edi, biroq qizga
axloqan pastdan 
turib qaraganda, “sen”sirab murojaat qilish mazkur farishtaga nisbatan 
qo‘rqinchli tuyulardi.

Men o‘zimni… –
kutilmaganda yigit dadillashdi, 

sen tufayli angladim, 
angladimki, men o‘zimni bilganimdan afzalroq ekanman.



Men buni allaqachon bilaman. Aynan shular uchun sizni sevdim. 
Shu atrofda bulbul chah-chahlab sayray boshladi, tuyqus esgan shabada harir 
yaproqni titratib o‘tdi.
U qizning qo‘lini oldi va uni o‘pdi, ko‘zlariga yosh qalqdi. Qiz tushundiki, sevishini 
tan olib 
aytgan so‘zi uchun yigit minnatdorchilik bildirmoqda. Yigit nariroq ketdi, 
jim bo‘ldi, keyin qaytib keldi va o‘tirdi.

Bilasizmi, bilasanmi, ha, hammasi baribir. Men senga beg‘araz 
yaqinlashdim, men yuqori davralar bilan munosabat o‘rnatmoqchiydim, 
keyinch
alik… Seni bilgach, bu hol sen bilan tenglashtirganda hech narsa 
bo‘lib qoldi. Buning uchun mendan xafa bo‘lmaysanmi?
Qiz javob bermadi, faqat uning qo‘lini ushladi.
Yigit tushundiki, bu bilan “Yo‘q, xafa bo‘lmayman” demoqchi.

Ha, mana, sen 
aytding… –
yigit so‘zini yo‘qotib qo‘ydi, bu o‘ziga ancha 
noqulay tuyuldi, 

sen meni sevishingni aytding, lekin meni ma’zur tut, men 
ishonaman, biroq bundan tashqari nimadir seni bezovta qilyapti va xalaqit 
beryapti. U nima? 
“Ha, hozir yoki hech qachon


o‘yladi qiz. –
Baribir u biladi. Endi esa u keta 
olmaydi. Eh, agar u ketib qolsa, bu dahshat bo‘ladi!”.
Qiz sevgiga to‘la nigohlari bilan oshiqning ko‘rkam, baquvvat qomatiga nazar 
tashladi. Ayni damda uni Nikolaydan qattiqroq sevib ketdi, agar imperatorligi 
bo‘lmaganda uni bunga almashtirmasdi.



Bilasizmi, men yolg‘on gapira olmayman. Men hammasini aytishim lozim. 
Siz, u nima deb so‘rayapsiz. Bu shuki, men birovni sevar edim.
U yalinchoq harakat bilan yigitning qo‘liga qo‘lini qo‘ydi.
Yigit jim edi. 

Kimni sevganimni bilishni istaysizmi? Ha, uni, shohni. 

Hammamiz uni sevamiz, men tasavvur qilamanki, sizlar institutda….

Yo‘q, keyin. Bu shunchaki havas edi, so‘ngra o‘tib ketdi. Men shuni aytib 
qo‘yishim kerak edi.

Xo‘sh, nima qilibdi shunday bo‘l
sa? 

Yo‘q, bu shunchaki emas.
Qiz qo‘llari bilan yuzini yopdi.

Nima, siz unga taslim bo‘lganmisiz?
Qizdan sas-sado chiqmadi. 

Ma’shuqasimisiz?
Qiz hamon jim. 


Yigit irg‘ib o‘rnidan turdi, murdadek oqarib ketgan, yonoqlari pir
-pir uchar, qizning 
qarshisida tosh qotgan edi. Nikolay Pavlovich uni Nevskiyda uchratib qolganida, 
erkalatib tabriklagani yodiga tushdi. 

Ey Xudoyim, nima qilib qo‘ydim, Stiva!

Tegmang, tegmang menga. Oh, qanday azob! 
Yigit qayrildi-da, uyiga tomon ketdi. Uyda onasiga duch keldi. 

Nima bo‘ldi, knyaz? Men… –
ona o‘g‘lining basharasini ko‘rib, mum tishlab
qoldi. 

Siz bilgansiz buni va mendan yashirmoqchi bo‘lgansiz. Agar ayol 
bo‘lmaganingizda, –
bosiq qichqirib dedi u onasining boshi uzra to‘qmoqdek 
mushtini ko‘tarib, so‘n
g shart burildi-da, yugurib chiqib ketdi. 
Agar uning qallig‘ini boshqa mardum bir kishi yo‘ldan urganida, uni o‘ldirgan 
bo‘lardi, bu esa kimsan –
olampanoh. 
Ertasi kun kasalligini bahona qilib, ta’tilga chiqdi, butunlay iste’fo berdi va hech 
kimni k
o‘rmaslik uchun qishloqqa ketdi
Yozni o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib qishloqda o‘tkazdi. Yoz tugagach, 
Peterburgga qaytmadi, balki monastirga bordi va rohiblikni qabul qildi. 


Onasi uning bu qat’iy qaroridan qaytarishga urinib, xatlar yozdi. U 
javob berdiki, 
Xudoning irodasi hamma narsadan yuqoridir, u shuni his qilyapti. Faqat akasi 
singari mag‘rur va izzattalab singlisigina uni to‘g‘ri tushundi.
Singilning tushungani shuki, o‘zlarining yuqoriligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi 
bo‘lganlarga akasi o‘zining ulardan qanchalik baland ekanini ko‘rsatish uchun 
rohiblikni tanlagan. Haqiqatan ham shunday bo‘lgan edi. Rohiblikni qabul qilib, 
vaqtida boshqalar uchun juda muhim bo‘lgan narsalardan nafratlanishini 
isbotladi, endilikda shunday yuqori darajaga ko
‘tarildiki, u yerdan turib, bir 
paytlar havas qilgan odamlariga bemalol qarashi mumkin bo‘ldi. Singlisi Varenka 
o‘ylaganidek, akasi faqat bitta tuyg‘uning asiri bo‘lib qolmagandi. Unda yana 
boshqa bir asror, haqiqiy diniy tuyg‘u bor ediki, buni Varenka bil
a olmasdi, bu 
diniy tuyg‘u faxr hissi va birinchilik xohishi bilan chatishib ketib, uning ongu 
shuuriga hukmronlik qilardi. Uning farishta deb tasavvur qilgani 

Meri (kelin) ga 
nisbatan g‘azab va tahqir tuyg‘usi shunchalik kuchli ediki, uni umidsizlik gir
dobiga 
g‘arq etdi, umidsizlik qayerga olib borardi? –
Xudoning huzuriga, buzilmagan 
vujudida hamon bokiraligini yo‘qotmay saqlab kelayotgan ma’sum bolaliligiga olib 
keldi. 

Kasatskiy birinchi qor munosabati bilan ibodat kuni monastirga qadam qo‘ydi.
Monastir boshlig‘i (igumen) dvoryan, olim, yozuvchi, saylab qo‘yilgan rahbar va 
ustozga so‘zsiz bo‘ysunadigan, Valaxiyadan chiqqan rohiblar avlodidan bo‘lgan 
qariya edi. Igumen taniqli qariya Amvrosiyning shogirdi edi, Amvrosiy Makariyning 
shogirdi edi, Makariy qariya Leonidning, Leonid Paisiy Velichkovskiyning. Kasatskiy 
ana shu igumenga o‘z qariya ustoziga bo‘ysungandek bo‘ysunar edi.
Kasatskiy monastir yumushlarini bajarishdagina emas, tafakkurda ham o‘zining 
boshqalardan yuksakligini sezdi. Ham botiniy, ham zohiriy barkamollikka 
erishganlik sevinchi monastirda ham unga yor bo‘ldi. Polkda nafaqat bekamu
-
ko‘st 


zobit bo‘lgandi, balki talab etilganidan ko‘proq narsaga erishib, mukammallik 
ko‘lamini kengaytirgandi, monaxlikda ham shunga intildi: hammavaqt 
mehnatchan, tamizli, murosasoz, yuvosh, faqat ishda emas, tafakkurda ham toza 
va bo‘ysunuvchan. Ayniqsa, so‘nggi fazilati, aniqrog‘i, mukammallik uning hayotini 
yengillashtirdi. Monastirning poytaxt yoki gavjum shahar hayotiga o‘xshab 
ketadigan talablari injiqligi bilan vasvasaga solib, unga yoqmay qolgan vaqtlarda 
bularning hammasini mo‘min
-qobillik bilan yengdi: muhokama qilish mening 
vazifamga kirmaydi, balki itoat etishni o‘rinlatishdir, janoza paytida tobut yonida 
turish bo‘ladimi, ibodatga kelganlar q
atorida qiroat qilish yoki musofirxonada 
hisob-
kitob olib borish bo‘ladimi, farqi yo‘q. Ustozining u yoki bu narsadan ozmi
-
ko‘pmi shubhalanishini shu mo‘minligi bilan bartaraf etib bordi. Mutelik 
bo‘lmaganida cherkov xizmatining uzluksizligi va bir xilligi
, muxlislarning 
hovliqmaligi, birodarlarning ahmoqona qiliqlari ostida ezilib ketgan bo‘lardi; endi 
esa bularning hammasi quvonchli tuyulmoqda, hatto hayotiga mamnunlik va 
kuch-
quvvat baxsh etmoqda edi. “Har kuni bir oyatni qayta
-qayta eshitish nima 
uchun kerakligini bilmayman-u, biroq shu narsa kerakligini bilaman. Kerakligini 
bilgach esa undan qoniqish his etaman”. Qariya unga moddiy hayotni tutib turish 
uchun moddiy ozuqa qanchalik lozim bo‘lsa, ruhiy hayotni ushlab turish uchun 
ruhiy ozuqa 

cherkov ibodati shunchalik lozimligini uqtirgandi. U bunga ishondi, 
haqiqatan, cherkov amaliyoti, ba’zan ertalab turishga qiynalsa ham, unga farog‘at 
va quvonch baxsh etardi. Qariya tavsiya etgan amallar sabr-
halovati va qat’iyligi 
bilan shodlik bag‘ishlardi. Hayotga qiziqish o‘z irodasini yana va yana namoyish 
etish, doimiy sabr-
bardoshdagina emas, balki dastlabki vaqtlarda juda jo‘n, 
osongina egallash mumkindek tuyulgan jami nasroniycha ezguliklar, qadriyatlarda 
ham namoyon bo‘lar ekan. U butun borlig‘ini monastir
ga topshirdi va bundan 
ranjimadi, unda zarracha yalqovlik yo‘q edi. Ibtidoiy narsalarga toqat qilish qiyin 
bo‘lmadi, aksincha, quvonch hadya etdi. Hatto shahvatdek tug‘yonni yengish 
xasislik yoki buzuqchilikdan qutulish kabi oson kechdi. Qariya uni bu balodan 
alohida ogohlantirgandi, biroq Kasatskiy undan tez xalos bo‘lganiga shodlandi.
Uni faqat qaylig‘i haqidagi xotiralar qiynar edi. Faqat xotiralar emas, ro‘y berib 
qolishi mumkin bo‘lgan jonli tasavvur –
bexos duch kelib qolish uni xavotirga 
solardi. Beixtiyor uni shohning hamma taniydigan jazmanlaridan biri, keyinchalik 
boshqa erga tekkan va qoyilmaqom xotin bo‘lib, oilaning onaxoniga aylangan ayol 
tarzida tasavvur qildi. Er yaxshi mansabda, hokimiyat, hurmatga musharraf, yana 
qulluq qilib turadigan xotin bor. 


Xush daqiqalarda Kasatskiyni bu fikrlar xijolatga solmasdi. Shodon damlarda 
bularni eslasa, o‘sha vasvasalardan qutulgani uchun shukur qilardi. Goho shunday 
ham bo‘lardiki, yashagan kunlari qarshisida ko‘ndalang kelsa, shu damlarni 
boshdan kechir
ganiga ishongisi kelmas, biroq ishongisi kelmagan narsalarni ko‘rib 
turardi, xotiralar va 

so‘z yuritish ham dahshat —
pushaymonlik uning butun 
borlig‘ini qamrab olardi.
Bunday holatdan qutulishning yo‘li itoat etmoq bo‘lardi —
ish va kun bo‘yi ibodat 
b
ilan mashg‘ullik. U, odatdagidek, ibodat amallarini bajarar, tavba
-tazarru qilar, 
hatto keragidan ortiqcha cho‘qinardi, biroq bu amallarda faqat vujudi ishtirok 
etar, qalb esa chetda edi. Shuni sezib qolsa, qattiq qiynalardi. Bu bir kun, ba’zan 
ikki kun da
vom etar va so‘ng o‘zi o‘tib ketardi. Lekin o‘sha bir yo ikki kun dahshat 
bo‘ladi. Kasatskiy sezdiki, u na o‘zining, na Xudoning amrida, balki boshqa bir 
kuchning ixtiyorida. Shu kunlarda nima aytilgan bo‘lsa, hammasini bajardi, ba’zida 
qariya toshdek qoti
shni, hech tadbir qo‘llamay, faqat kutish lozimligini maslahat 
berib turdi. Umuman, shu vaqt mobaynida o‘zining xohishi bilan yashamadi, balki 
qariyaning irodasiga bo‘ysundi, bil’aks, shu mutelikda alohida xotirjamlik bor edi.
Shu tariqa Kasatskiy birinch
i qadam qo‘ygan monastirida yetti yil yashadi. 
Uchinchi yilning oxirida pop martabasidagi rohib huzurida Sergiy nomi bilan soch 
kuzash bo‘ldi. Soch kuzash Sergiy uchun muhim botiniy voqeaga aylandi. U oldin 
taranganda yoqimli halovat va ruhiy ko‘tarinkili
kni his etardi; endi ibodat 
qiluvchilarga bosh bo‘lib, amallarni bajarar ekan, bu unga ulug‘vorlik, rahmdillik va 
dilbarlik hissini baxsh etdi. Ammo birinchi marta kechirgan bunday ko‘tarinki 
kayfiyatu amallar takrorlanavergach, yana va yana o‘tmaslashib b
ordi va sezdiki, 
bu ham o‘tkinchi ekan. Haqiqatan, hissiyotlar zaiflashib bordi, biroq ko‘nikma 
saqlanib qoldi. 
Umuman, Sergiyning monastirdagi yettinchi yilgi hayoti zerikarli kechdi. Nimani 
o‘rganish lozim bo‘lsa, nimaga erishish shart bo‘lsa, hammasig
a ulgurdi, qiladigan 
boshqa ishi qolmaganga o‘xshardi.
Lekin baribir vaziyatga tobelanish, bog‘lanish holati kuchaydi. Shu yillarda 
onasining vafoti va Merining turmushga chiqqanligi haqidagi xabarlarni eshitdi. 
Ikkala yangilikni ham loqayd qabul qildi. U
ning hamma e’tibori, ja’mi qiziqishlari 
o‘zining ichki olamiga bo‘ysundirilgandi.


Rohibligining to‘rtinchi yilida arxiyerey alohida iltifot ko‘rsatdi, qariya aytdiki, agar 
uni yuqori vazifaga tayinlamoqchi bo‘lsalar, rad etmagaysan. Shunda rohiblarga 
xos 
shuhratparastlik bosh ko‘tardi –
bu narsa ularda dahshatli tarzda mavjud edi. 
Uni poytaxtga yaqin joydagi monastirga tayinladilar. U rad etmoqchi bo‘ldi, ammo 
qariya taklifni qabul qilishni so‘radi. U taklifni qabul qildi, qariya bilan xayrlashdi 
va yangi 
monastirga o‘tdi.
Poytaxtdagi monastirga o‘tishi Sergiyning hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu joyda 
turli tashvishlar ko‘p edi, Sergiy bor kuchini shu faoliyatga yo‘naltirdi.
Oldingi monastirda ayollarning yo‘ldan ozdiradigan qiliqlari Sergiyni kam 
qiynagandi, bu joyda esa bunday injiqliklar dahshatli kuchga aylandi va shungacha 
yetib bordiki, u bilan hazillashib bo‘lmasdi. O‘zining nomaqbul qiliqlari bilan 
tanilgan bir boy xotin bo‘lardi, o‘sha Sergiyga xushomad qila boshladi. Ayol u bilan 
gaplashdi 
va xonadoniga tashrif buyurishini so‘radi. Sergiy buni qat’iy rad etdi
-yu, 
biroq xohishlarining ro‘yoga chiqayotganidan, bosh ko‘tarayotganidan vahimaga 
tushdi. U shunchalik qo‘rqdiki, uyatni ham yengib, o‘z zaifligini tan oldi, bu haqda 
qariyaga xat yozi
b, joyini qisqartirishini, o‘zining yosh muridini insofga chaqirishini 
hamda toat-
ibodat va some’likdan boshqa yumush bilan shug‘ullanmasligini 
kuzatib borishini so‘radi.
Bundan tashqari, eng katta tashvish shundan iborat bo‘ldiki, ushbu monastirning 
igu
meni dimog‘dorlik kasb etgan oqsuyak, olg‘ir ruhoniy bo‘lib, Sergiyga butunlay 
xayrixoh emasdi. Sergiy o‘zi bilan qancha kurashmasin, bu sovuq munosabatni 
yenga olmadi. U murosa qildi, biroq qalbining to‘rida norozilik bor edi. Oxir o‘sha 
ahmoqona tuyg‘u 
junbishga keldi. 
Bu yangi monastirga kelganining ikkinchi yilida ro‘y berdi. Voqea shunday sodir 
bo‘ldi. Birinchi qor ibodati katta cherkovda bo‘lib o‘tdi. Chetdan kelganlar ham 
ko‘p edi. Marosimni igumenning o‘zi boshqardi. Sergiy ota odatdagi joyida tur
ar 
va sajda qilar, o‘zi xizmatda bo‘lmagan va xususan katta cherkovdagi ibodatlar 
paytidagi kurashchan holatda edi. Kurash shundan iborat ediki, tashrif 
buyurganlar, mansabdorlar, ayniqsa, xonimlar uning jahlini chiqarishardi. U hech 
kimga nazar solishni, ularning yaramas qiliqlarini: askar odamlarni turtib, qanday 


tartib o‘rnatayapti, ayollar rohiblarni, inchunun, yaxshi tanish bo‘lib qolgan 
xushro‘y rohibni bir
-
birlariga qanday ko‘rsatishayapti, bilishni xohlamasdi. U o‘zini 
bo‘g‘ayotgan xayollaridan qochib, shamlarning shu’lasidan, ikonalar va 
xizmatchilardan boshqa narsalarni ko‘rmaslikka; kuylayotganlar ovozini
-yu, ibodat 
so‘zlaridan boshqa narsani eshitmaslikka; allaqachon qalbining ehtiyojiga 
aylangan ibodat oyatlarini qayta-qayta eshitaverib va botinida takrorlayverib 
paydo bo‘lgan o‘z
-
o‘zini unutish tuyg‘usidan boshqa hisni kechirmaslikka intilardi.
U shu holda turdi, rukuga bordi, qayer lozim bo‘lsa, o‘sha joyga cho‘qindi, fikr va 
hissiyotlarni toshdek qotiradigan tarzda mulohaza yuritib, botinida kurashdi. Shu 
choq libosbardor Nikodim ota, 

u ham Sergiyga taqdirning katta sinovi bo‘ldi,
Nikodim beixtiyor igumenga sodiq va tarafdorligini sezdirib qo‘ygandi, –
yaqinlashdi-
da, ikki karra chuqur ta’zim etib, uni mehrobda igumen 
chaqirayotganini ma’lum qildi. Sergiy ota ridosining etagidan tortib to‘g‘riladi, 
kepchigini kiydi va izdihom orasidan odimlab ketdi. 

Lisa, regardez a droit, c’est lui[1] –
ayolning frantsuzcha gapirgani eshitildi. 

Ou, ou? Il n’est tellement beau[2] –
javob bo‘ldi.
Bildik
i, bu so‘zlar o‘zi haqida aytilayapti. U eshitdi va bir daqiqa shuurida zalolat 
g‘ulu qildi, so‘ng darhol istig‘for keltirdi: “Bizni zalolatdan O‘zing xalos et, 
Tangrim!”, –
boshini egib va nigohini yerdan olmay, minbar yonidan yurib o‘tdi, bu 
paytda ikono
stas[3]ga yaqinlashib qolgan go‘yanda maddohlarni aylanib o‘tib, 
shimoliy eshikka kirdi. Mehrobga qadam qo‘ygach, tartib bo‘yicha, ikona 
qarshisida ikki bor bukilib ruku qildi, keyin boshini ko‘tardi va igumen tarafga 
nazar soldi, turganlar qatorida yaltir
ab porlagan qomatga tikilmay, ko‘z qirini 
tashladi, xolos. 
Igumen ibodat kiyimida devorga qapishib, kalta, dumboq qo‘llarini semiz 
gavdasiga osilgan to‘nidan chiqarib va qorni ustiga chalkashtirgancha, to‘nining 
uqasini silab, og‘zi qulog‘ida, venzil[4] v
a akselbantlari[5] osilib turgan general 
libosidagi kibor harbiy bilan gaplashib turardi, uni Sergiy odatdagi harbiycha nazar 
bilan tez ko‘zdan o‘tkazdi. General ular polkining sobiq qo‘mondoni edi. 


Shubhasiz, u ayni paytda yaxshigina mavqega ega edi, chamasi, Sergiy ota buni 
tezda payqadi, taqir boshli igumen ham buni bilardi chog‘i, mamnun qip
-qizil 
bo‘g‘riqqan yuzi yaltirardi. Bu Sergiy otaning izzat
-nafsiga tegib, bu keraksiz 
kayfiyat bo‘lsa
-
da, jahlini chiqardi, general uni eslab qolganida, uning ko‘ng
li 
taskini uchun o‘zining sobiq xodimini aynan unga ko‘rsatish maqsadida
chaqirganini igumendan eshitib, battar fig‘oni oshdi va buni yashirib o‘tirmadi.

Sizni farishta timsolida ko‘rganimdan juda mamnunman, –
dedi general 
qo‘lini uzatar ekan, –
umid qilamanki, siz qadrdon xizmatdoshingizni esdan 
chiqarmagansiz. 
Igumenning generalning lutfini tasdiqlayotgandek tuyuluvchi oq tolalar 
qurshovidagi qizil va kulib turgan ruxsori, generalning dimog‘dor tabassum balqib 
turgan chehrasi, og‘zidan anqib turgan vi
no va chakka soqolidan ufurayotgan 
sigara hidi 

bularning hammasi Sergiy otaning zardasini qaynatib yubordi. U 
igumenga yana bir ta’zim qilib, dedi:

Sizning xohishingiz meni chorlashga izn berdimi? 

U butun yuz-andomi va 
turish-
turmushi bilan bir so‘roq
ni takrorlab qotib turardi: nega? 
Igumen dedi: 

Shunchaki, general bilan yuz ko‘rishish.

E’tiboringiz uchun, men o‘zimni tashvishlardan ozod etish ilinjida 
dun­yo­­dan yuz o‘girganman, –
dedi u lablari titrab, rangi oqargancha. 

Nega meni ular 
bilan ro‘baro‘ qilasiz? Xudoning dargohida, ibodat mahalida 
tag‘in.

Ket, ket, 

dedi igumen g‘ijinib va qovoq solib.


Ertasiga Sergiy ota o‘zining dag‘alligi uchun igumen va birodarlardan uzr so‘radi, 
shuning barobarida, bir tunni ibodat bilan o‘tkazgac
h, qaror qildiki, bu monastirni 
tark etishi va bu haqda qariyaga xat yozib, yana o‘zining monastiriga qaytarishini 
iltimos qilishi kerak. Bir o‘zi tashvishlarga qarshi kurashishda qariyaning 
yordamisiz ojizlik qilayotganini, bu yumush qo‘lidan kelmayotgani
ni ochiq yozdi. 
Mag‘rurligidan orttirgan tashvishidan pushaymonligini bildirdi. Keyingi pochta 
bilan javob keldi va unda qariya hammasiga sabab kibr ekanini aytgandi. Qariya 
undagi g‘azabning o‘t olishi ruhoniy qadriyatlarga Xudoni tanish uchun emas, bal
ki 
o‘zining “Afsuski, men shundayman –
hech narsaga zarurat sezmayman” 
qabilidagi mag‘rurligi uchun bo‘ysunganini va bunday ibodatning hech qanday nafi 
bo‘lmasligini bayon etgandi. Shu tufayli u igumenning harakatlariga chiday 
olmagan. “Men hammadan Rabbini izlayman, menga esa hayvonni duch qiladi”. 
“Agar sen shuhrat uchun Rabbingga sajda qilgan bo‘lsang, takabbur ekansan. 
Senda hamon dunyoviy g‘urur o‘lmagan. Sen haqingda o‘yladim, bo‘tam Sergiy, 
seni duo qildim va Yaratgan menga sen haqingda, mana qanday xabar berdi: 
“Burungidek yasha va iqtido ayla”. Ayni paytda ma’lum bo‘ldiki, ovloq joydagi 
kichkina monastirda zohid Illarion omonatini topshiribdi. U o‘sha joyda o‘n sakkiz 
yil yashadi. Tambin igumeni mendan o‘sha joyda yashashni xohlaydigan 
birodarlarda
n bormi, deb so‘radi. Shu paytda sening xating kelib qoldi. Sen 
Tambin monastiridagi Pansiy ota huzuriga bor, men ham unga xat yozaman, sen 
Illarion hujrasini egallashni so‘ra. Bilmadim, Illarion o‘rnini bosa olasanmi, yo‘qmi, 
biroq senga g‘ururingni jilovlash uchun yolg‘izlik lozim. Seni Xudo qo‘llasin”.
Sergiy qariyaning fikrlariga qo‘shildi, xatni igumenga ko‘rsatdi va uning roziligi 
bilan o‘z hujrasini va monastirga tegishli boshqa ashyolarini topshirib, Tambin 
biyoboniga yo‘l oldi.
Tambin biyobonida 
savdogarlardan chiqqan binoyidek xo‘jayin –
nozir Sergiyni 
jo‘ngina va osoyishta kutib oldi va Illarionning hujrasiga joylashtirdi, boshida 
mahram berib, keyin esa o‘zining xohishiga ko‘ra uni yolg‘iz qoldirdi. Hujra 
tog‘dan kavlangan g‘orda edi. Unda Ill
arion yashagan va shu joyda dafn etilgandi. 
G‘orning orqa bo‘lmasida Illarion ko‘milgan, yuzadagi xonada esa somon tiqilgan 
to‘shak tashalgan taxta, kursi, ikonalar taxlangan javon va kitoblar qo‘yilgan edi. 
Javon tashqi eshikka taqalib turardi; tokchaga rohib har kuni bir marta 
monastirdan keltirgan ovqatni qo‘yib ketardi.


Shunday qilib, Sergiy ota zohidga aylandi. 

Sergiy tarki dunyo qilganining oltinchi yili maslenitsa kunlaridan birida qo‘shni 
shaharda o‘ziga to‘q boy oilalardan erkak va ayollar jam bo‘lib, quymoq va 
vinodan so‘ng troykalarda sayrga chiqishdi. To‘da ikki oqlovchi, bir boy zamindor, 
zobit va to‘rt ayoldan iborat edi. Ayollarning biri zobitning xotini, boshqasi –
zamindorniki, uchinchisi zamindorning qiz singlisi, to‘rtinchisi esa
eridan ajralgan, 
suluv, boy va shaharni o‘zining antiqa qiliqlari bilan lol qoldirib yuruvchi satang.
Havo yoqimli, yo‘l xuddi taxtadek tekis. Shahardan o‘n chaqirimlar chiqishgach 
to‘xtadilar va qaysi tomonga yurish haqida maslahat boshladilar: orqagami
yoki 
oldingami? 

Bu yo‘l qayerga olib boradi? –
so‘radi suluv beva ayol Makovkina.

Tambinoga, bu yerdan o‘n ikki chaqirim, –
dedi unga ilakishib qolgan 
oqlovchi. 

Xo‘sh, undan keyin
-chi? 

Undan keyin monastir orqali L. Ga. 

Sergiy ota yashayotgan joygami? 



Ha. 

Kasatskiymi? O‘sha biyobon barnosi
-da? 

Ha. 

Xonimlar! Janoblar! Kasatskiyni ko‘ramiz. Tambinoda dam olamiz, 
ovqatlanamiz. 

Lekin biz tunash uchun uyga qaytishga ulgurmaymiz. 

Hechqisi yo‘q. Kasatskiyning mehmoni bo‘lamiz.

E, ha, u yerda monastirga qarashli juda yaxshi mehmonxona bor. Men 
Maxinani himoya qilgani kelganimda u yerda bo‘lganman.

Yo‘q, men Kasatskiynikida tunab qolaman.

Bu osmon uzilib tushsa ham mumkin emas. 

Mumkin emas? Garov boylashaman. 

Bo‘ladi. 
Agar siz tunab qolsangiz, men nima xohlasangiz, bajaraman. 



A discretion.[6] 

Siz hammi? 

Ha-da. Ketdik. 
Aravakashlarga sharoblarni ko‘tartirdilar. O‘zlari bo‘g‘irsoq, qandolat qutilarini 
oldilar. Ayollar oq mo‘ynali po‘stinlariga o‘ranishdi. Aravakashl
ar kim birinchi 
yurishi ustida bir oz tortishib turdilar, yoshrog‘i yelkasi osha chapani yigitlarcha 
qarab, uzun qamchin das-tasini silkitdi-da, qiyqirib yubordi, 

va qo‘ng‘iroqchalar 
jiringlab, g‘ildiraklar g‘ijirlagancha to‘da yo‘lga tushdi.
Shatakchi 
otlar quyushqon iplari bilan sag‘rinlari osha bog‘langan, qaltirab, 
chayqalib turgan aravalarni rohatbaxsh bir tarzda tekis va ravon tortib ketdilar. 
Erta bahor, loy izlar tez ortda qolardi. Aravakash tizginni silkitar, oqlovchi va zobit 
yuzma-yuz tanda q
o‘yib, qo‘shnilari Makovkina bilan nimalarnidir vaysashar, lekin 
ayolning o‘zi po‘stiniga mahkam o‘rangancha qimirlamay o‘tirar va o‘ylardi: 
“Hammasi bir go‘r bularning, hammasi yaramas: vino va tamaki hidi urib qolgan 
qizil, yiltillagan basharalar, o‘sha so‘zlar, o‘sha xayollar, bari o‘zlarining yaramasligi 
atrofida aylanib yurishadi. Ularning barchasi mamnun, shunday bo‘lishi kerakligiga 
va o‘lguncha shunday yashashlariga ishonchlari komil. Men bunday bo‘la 
olmayman. Menga buning qizig‘i yo‘q. Men shunday
narsani xohlaymanki, 
bularning hammasi ostin-
ustun, tes­kari bo‘lib ketsin. Ha, hech bo‘lmaganda 
Saratovdagidek, borgan ekanmiz-u, qotgan ekanmiz-
da. Xo‘sh, biznikilar nimalar 
qilishmagandi? O‘zlarini qanday tutishgandi? Ha, ehtimol, uyatlidir. Har kim o‘
zi 
bilan o‘zi ovora edi. Ha, men ham o‘zimni yomon tutgandim. Men, har nechuk, 
yaxshiman. Buni ular ham bilishadi-ku. Ha, anov rohib-chi? Nahotki, u buni 
haliyam tushunmasa? Bo‘lmagan gap. Bu narsalarni ular yaxshi tushunishadi. 
Xuddi kuzda haligi kadet bi
lan. U qanchalar ahmoq bo‘lgandi…”

Ivan Nikolayevich! 

dedi u. 

Buyursinlar? 



Uning yoshi nechada? 

Kimning? 

Kasatskiyning. 

Qirqdan oshib qoldi-yov. 

Nima bo‘ladi, u hammani qabul qiladimi?

Hammani, biroq hamma vaqt emas. 

Oyog‘imni yopib qo‘ying. Bunday emas, qanaqa uquvsizsiz! Ha, yana, yana, 
ana shunday. Mening oyoqlarimni bosish mumkin emas. 
Shunday hangomalar bilan ular hujra joylashgan o‘rmonga yetdilar.
Makovkina pastga tushdi va ularning ketishini xohladi. Qolganlar uni 
ko‘ndirmoqchi bo‘lishdi, lekin Makovkinaning jahli chiqib, oyoq tirab oldi. 
Shundan so‘ng aravalar qaytdi, u esa oq po‘stinini yopinganicha so‘qmoq bo‘ylab 
yurib ketdi. Oqlovchi yerga tushib, uni kuzatganicha qoldi. 



Sergiy otaning uzlatda yashayotganiga olti 
yil bo‘ldi. Uning yoshi qirq to‘qqizda 
edi. Hayoti mashaqqatli kechardi. Bu mashaqqat ibodat va duoxonlikdan emasdi, 
bularni mashaqqat ham deb bo‘lmasdi, bu mashaqqat u hech qachon kutmagan 
ichki kurashda edi. Kurashning manbasi ikkita edi: shubha va shahvoniy hirs. 
Ba’zan ikki yov birdan bosh ko‘tarardi. Uningcha, bu bir vaqtlar yagona dushman 
bo‘lgan turli
-
turli ikki yov edi. Qachonki shubhani o‘ldirsa, hirsni ham yengardi. U, 
ular ikki xil shayton va ularga qarshi turlicha kurashiladi, deb o‘ylardi.
“Xudoyim! Xudoyim! –
mushohada qilardi u. 

Nima uchun meni e’tiqoddan 
qisasan? Ha, hirs, u bilan avliyo Antoniy va boshqalar kurashdi, e’tiqod
-chi? Ularda 
bu bor edi, menda daqiqalar, soatlar, kunlar o‘tayapti hamki, hamon undan darak 
yo‘q. Agar u zalolat bo‘lsa, nega jumla olam, jumla nazokat ungadir va undan 
nega qutulmoq lozim? Nega bu vasvasani yaratding? Vasvasa? Mening dunyo 
quvonchlaridan voz kechganim, nimagadir hozirlanayotganim, balki u joyda hech 
narsa yo‘qdir, shu vasvasa emasmi? –
o‘zicha 
gapirib turib, birdan vahimaga 
tushdi, o‘zini la’natladi. –
Yaramas. La’nati. Avliyo bo‘lishni xohlaysan” –
o‘zini 
qarg‘ay boshladi. Va ibodatga berildi. U ibodatni boshlar ekan, monastirda qanday 
bo‘lgani shundoq ko‘z oldiga keldi
-
qo‘ydi: chepchikda, ridoda, ulug‘vor 
ko‘rinishda. Boshini irg‘ab qo‘ydi. “Yo‘q. Bunday emas. Bu aldov. Lekin o‘zimni 
emas, Xudoni emas, boshqalarni aldayapman. Men izzatli odam emasman, 
mayda, kulgili shaxsman”. U ridosi barlarini ikki tomonga ochib, ishtoni 
pochasidan chiqib t
urgan o‘zining akashak oyoqlariga qaradi. Va kulib yubordi.
Keyin barlarini qo‘yib yuborib, ibodat qilishga, cho‘qinishga va duo o‘qishga 
tutindi. “Nahot shu to‘shak menga tobut bo‘ladi?” –
qiroat qildi u. Shayton unga 
bir narsani shipshigandek bo‘ldi: “Yakka to‘shak, bu –
tobut. Yolg‘on”. U 
tasavvurida tanish bevaning yelkasini ko‘rgandek bo‘ldi. Bir seskanib tushdi
-da, 
o‘qishda davom etdi. Qoidani o‘qib bo‘lib, Injilni qo‘liga oldi, tez
-tez zamzama 
qiladigan va yoddan biladigan joyini ochdi: “Ishonaman,
Rabbim, meni 
imonsizlikdan qutqar”. U fikriga qutqu solgan barcha shubhalarni olib tashladi. 
Xuddi qimirlab turgan tarozi pallasini to‘g‘rilagandek, o‘z e’tiqodini tebratayotgan 
poyani mahkamladi-da, unga yana teginmaslik, qimirlatib yubormaslik uchun asta 
uzoqlashdi. Shubhalar tarqaldi va u tinch­landi. O‘zining bolalikdagi duolarini 
takrorladi: “Yaratgan, o‘zing qo‘lla, qo‘lla meni” va bundan nafaqat yengillashdi, 
balki dili farah va karamga to‘ldi. Cho‘qindi va boshining tagiga yozgi uzun 
choponini qo
‘yib, ensiz taxtadagi po‘stakka uzandi. Kasatskiy tezda uyquga ketdi. 


Qush uyqusi ichida tushiga qo‘ng‘iroqchalar kirib, ularning ovozini eshitgandek 
bo‘libdi. Biroq bular hushidami, tushidami bo‘layotganini bilmasdi. Birdan eshik
taqillab, cho‘chib uyg‘onib ketdi. O‘ziga ishonmay, boshini ko‘tardi. Eshik yana 
taqilladi. Ha, eng yaqindagi eshik taqillar va ayol ovozi eshitilmoqda edi. 
“Xudoyim! Nahotki ertaklarda o‘qiganimdek, shayton ayol qiyofasida namoyon 
bo‘lsa… Ha, bu ayolning ovozi. Yoqimli
, latif va mayin ovoz! 

U ko‘ksiga tufladi. –
Yo‘q, menga shunaqa tuyulayapti, shekilli”, –
iztirob bilan dedi-da, qarshidagi
shamdon turgan burchak tomon ketdi. U odatdagidek xotirjam odim tashladi. Tiz 
cho‘kdi, sochlari yuzini qopladi va allaqachon taqir bo‘lib qolgan peshonasini nam, 
sovuq tovaga bosdi. Yerdan g‘ir
-
g‘ir shabada esardi.
Buzruk Pimen ota aytgan shayton vasvasasidan qutulishga yordam beruvchi 
oyatni o‘qidi. U o‘zining ozg‘in, yengil gavdasini sertomir oyoqlari ustiga tikladi va 
yana o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘ldi, ammo o‘qimadi, ovozni eshitish uchun 
beixtiyor unga quloq tutdi. U eshitishni xohlardi. Hamma yoq suv quyganday jimjit
edi. Tomdan burchakka qo‘yilgan idishga chakkilar tushardi. Hovlidagi qor 
ko‘rinmas, hammayoqni
tuman qoplagandi. Birdan deraza oldi qitirladi va baralla 
ovoz yangradi 

o‘sha mayin, ishvali ovoz, bunday ovoz faqat ko‘zga yaqin 
ayollarda bo‘lishi mumkin. Notanish ayol yalinardi:

Iso haqi, ichkariga qo‘yib yuboring…
Jami qon yurakka quyilib, t
o‘xtab qolgandek bo‘ldi. Uning nafasi chiqmasdi. 
“Yaratganning o‘zi asrasin va baloni daf qilsin…”

Men shayton emasman… –
chamasi kulib so‘z qotdi tashqaridagi ayol. –
Men shayton emasman, faqat gunohga botgan ayolman, yo‘ldan ozdim –
aldamayapman, to‘g‘
risini aytayapman (u kulardi), sovuqda qotib qoldim,
boshpana bering…
Kasatskiy yuzini oynaga qo‘ydi. Jinchiroqdan taralgan nur butun oynani yoritib 
turardi. U kaftlari bilan yuzining ikki tarafidan qisdi va zehn soldi. Tuman, g‘ubor, 
daraxt, mana o‘ng
taraf. Ayol. Ha, ayol, egniga junlari uzun po‘stin, boshiga telpak 


kiygan, nozikdan nozik, samimiy, chehrasi hadikli, o‘sha joyda, uning yuzidan ikki 
qarichcha narida, unga mo‘ltayib qarab turibdi. Ularning ko‘zlari to‘qnashdi va 
bir-birini tanishdi. Ular bir-
birlarini ko‘rganga o‘xshamas edilar: ular hech qachon 
bir-
birlarini ko‘rmaganlar, biroq ularning to‘qnashgan nigohlaridan ular (ayniqsa 
erkak) sezdilarki, ular bir-birlarini taniydilar, bir-birlarini tushunadilar. Bu 
nigohlardan keyin oddiy, samimiy, nazokatli bu ayolni shayton deb gumon qilish 
mumkin emasdi. 

Kimsiz? Sizga nima kerak? 

so‘radi Kasatskiy.

Ochsangiz-chi, 

karashma bilan dedi ayol. 

Muzlab qoldim. Sizga 
aytayapman, yo‘lni yo‘qotib qo‘ydim.

Tushunsangiz-chi, men rohibman, xudojo
‘y odamman.

Nima bo‘libdi, oching. Ibodatingizni tugatguningizcha men deraza tagida 
turib muzlaymi? Sizga shu kerakmi? 

Sizni tushunib bo‘lmaydi…

Sizni yeb qo‘ymayman. Xudo haqi, eshikni oching. Jahlimni chiqarmasangiz
-
chi! 
Ayol qaltirab borardi. U 
bu so‘zlarni deyarli yig‘lagudek bo‘lib aytdi.
Rohib derazadan nari ketdi, tog‘olcha gulchambari bilan o‘ralgan Iso siymosiga 
yuzlandi. “Yaratgan, menga yordam ber, yaratgan, menga yordam ber”, –
cho‘qinib va sajda qilib, o‘zicha gapirib, eshikka yaqin
lashdi, uni dahliz tomon 
itardi. Dahlizda paypaslab lo‘kidonni topdi va uni surishga urindi. Narigi 


tomondan qadam tovushlari eshitildi. Ayol deraza oldidan eshik tomonga o‘tdi. 
Birdan “Voy!” deb qichqirdi u. Bildiki, ayol ostona yaqinidagi ko‘lmakka duc

kelgan. Sergiyning qo‘llari qaltirar, lo‘kidonni hadeganda surolmayotgan edi.

Qanaqa odamsiz? Ruxsat eting. Men butunlay shalabboman. Muzlab 
qoldim. Siz toat-
ibodatingiz bilan ovorasiz, men esa muzlab bo‘ldim.
U eshikni o‘ziga tortib, lo‘kidonni surdi hamda tavakkaliga eshikni tashqariga itardi 
va beixtiyor ayolni turtib yubordi. 

Ie, kechirasiz! 

dedi u nogoh allaqachon unutilgan, xonimlarga odatdagi
murojaat qilish ohangiga o‘tib.
Ayol “kechirasiz” so‘zini eshitib, yoyilib kuldi
va o‘yladi: “Ha, u hali unchalik 
qo‘rqinchli emas”.

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q. Siz meni ma’zur tuting, –
dedi ayol qiyalab 
o‘tar ekan. –
Men hech o‘ylamagandim. Biroq esda qoladigan ajoyib
tasodif. 

Marhabo, 

dedi mezbon unga yo‘l berar ekan. Butunl
ay esidan chiqqan 
o‘tkir atirning nastarin hidi uni dovdiratdi. Ayol dahlizdan mehmonxonaga 
o‘tdi. U lo‘kidonni joyiga surmay, tashqi eshikni yopdi
-da, mehmonxonaga 
kirdi. 
“Hazrati Iso Masih, meni gunohdan saqla, Yaratgan, meni gunohdan saqla”, –
faqat 
botinida emas, balki zohirida ham lablari qimirlab, to‘xtamasdan ibodat 
qilardi. 

Marhabo, 

dedi u. 


Ayol xonaning o‘rtasida turar, kiyimidan polga suv tushar va buni jim kuzatardi. 
Uning ko‘zlari kulardi.

Meni ma’zur tuting, sizni bezovta qilib qo‘ydim. Ko‘ryapsiz
-ku, qanday 
holatdaman. Shunday bo‘ldiki, biz shahardan sayrga chiqdik, bir o‘zim 
Vorobyovkadan shahargacha yetib bora olaman, deb garov o‘ynadim, 
ammo yo‘lni yo‘qotib qo‘ydim. Yaxshiyamki, sizning hujrangizga yetib 
oldim, bo‘lmasa…. –
yolg‘on
gapirishni boshladi ayol. Biroq erkakning 
chehrasiga ko‘zi tushib, undan uyalib ketdi va shundan keyin gapini bu 
tarzda davom ettira olmasligini bilib, jim bo‘ldi. Uni bu holda ko‘raman, deb 
o‘ylamagandi. O‘ylaganiday xushro‘y emasdi
-
yu, biroq ko‘ziga y
oqimli 
ko‘rinib ketdi. Oq oralay boshlagan sochlari va soqoli, to‘g‘ri, ingichka 
burni, tik qarab turuvchi chaqnoq ko‘zlari ayolni maftun etdi.
Erkak mehmonning yolg‘onlaganini ko‘rib
-bilib turardi. 

Ha, shunday, 

dedi u ayol tomonga qarab va nigohini yerga tikib. 

Men bu 
yoqqa o‘taman, siz esa bemalol dam olavering.
Shunday deb jinchiroqni o‘chirdi, shamni yoqdi va unga ta’zim qilib, to‘sin ortidagi 
kulbaga chiqdi, ayol esa u yoqda rohib nimanidir qo‘zg‘atib, o‘rnidan 
surayotganini eshitdi. “Ehtimol, mendan o‘zini to‘sib olmoqchidir”, o‘yladi kulib va 
oq rotondasini[7] tashlab, telpagini va uning tagidagi sochlarini o‘rab turgan 
to‘qima ro‘molini yechdi. Unga hech qanday nam tegmagandi, faqat ichkariga 
kirish uchun shuni o‘ylab chiqargandi. Biroq e
shik oldida haqiqatan chuqurchaga 
tushib ketgandi, chap oyog‘i to‘pig‘igacha nam, botinkasi va qo‘njli kalishi suvga 
to‘la edi. U gilamcha bilan yopilgan Sergiyning karavotida o‘ltirar, oyoq kiyimlarini 
yecha boshlagandi. Hujracha unga ma’qul tushdi. Torgina, eni uch, bo‘yi to‘rt 
arshinli xona, hamma yog‘i yog‘ tushsa yalagudek toza edi. Hujrada faqat u 
o‘tirgan karavot bor edi, undan yuqorida kitoblar to‘la javon. Burchakda 
minbarcha. Eshik yonidagi qoziqlarga po‘stin va uzun chopon ilig‘lik. Minb
archa 
tepasida tog‘olcha gulchambarda Iso timsoli va shamchiroq. Moy, ter va 
tuproqning o‘tkir hidi anqirdi. Bularning hammasi unga yoqdi. Hatto hid ham.


Nam oyoqlari, ayniqsa, bittasi uni bezovta qilayotgandi, shoshib, og‘zining tanobi 
qochgancha poyabzalini yecha boshladi, uning quvonchi faqat maqsadga 
erishganidangina emasdi, balki uni ko‘rganidan, shunday jozibador, ajo­yib, g‘alati, 
maftunkor erkakni vasvasaga solib qo‘yganidan edi. “Ha, javob bermadi, bu 
qanday ko‘rgulik”, o‘ziga o‘zi gapirdi ayol.

Sergiy ota! Sergiy ota! Sizni shunday atash lozimmi? 

Sizga nima kerak? 

javob berdi sokin ovoz. 

Iltimos, uzlatdagi oromingizni buzganim uchun meni ma’zur tuting. Biroq, 
to‘g‘risi, bundan boshqa yo‘l tuta olmasdim. Shamollab 
qolishim mumkin 
edi. Hozir esa bilmayman. Butunlay shalabbo bo‘lganman, oyoqlarim muzga 
o‘xshaydi.

Meni ma’zur tuting, –
javob berdi sokin ovoz, 

men hech qanday yordam 
bera olmayman. 

Men buning uchun sizni bezovta qilmadim. Tonggacha chidasam bo‘ldi.
Erkak javob bermadi. Ayol uning nimalarnidir shivirlayotganini eshitdi, 

har 
qalay ibodat qilayotgan bo‘lsa kerak.

Siz bu tomonga kirib qolmaysizmi? 

so‘radi ishva bilan, –
Kiyimlarimni 
quritish uchun yechinishim kerak-da. 
Rohib javob bermadi, bir 
maromda duolar o‘qishni davom ettirdi.


“Ha, bu odam” –
o‘yladi ayol sirpanchiq oyoq kiyimini yechishga urinib. U shuncha 
tortsa ham botigi tushmagur qani yechilsa, bu kulgili edi, albatta. U sal eshitarli 
qilib kuldi, buni erkak eshitishini va unga o
‘zi kutgandek ta’sir qilishini xohlardi, 
so‘ng undan balandroq kulgandi, bu quvnoq, tabiiy va samimiy kulgi erkakka endi 
u orzu qilgandek ta’sir etdi.
“Ha, bunday odamni sevsa arziydi. Ko‘zlarini aytmaysizmi?! Ibodat vaqtida har 
qancha qimtinmasin, sod
da va oliyjanob chehrasidan nur yog‘ilib turadi, –
o‘yladi 
u. 

Biz, ayollarni aldab bo‘lmaydi. U yuzini oynaga olib kelganda meni ko‘rdi
-yu,
hammasini tushundi, hammasini bildi. Hissiyotlari ko‘zlarida shu’la berib, aks etdi. 
U meni sevgan, sog‘ingan. Ha, sog‘ingan.” Oxiri botigini oyog‘idan chiqarib oldi
-
da, so‘ng paypog‘iga tutindi. Bu lasdan tikilgan uzun paypoqlarni yechish uchun 
yubkasini ko‘tarishi shart edi. Bundan uyaldi shekilli, ovozini chiqarib:

Kirmang, 

dedi. 
Lekin deraza ortidan hech 
qanaqa javob bo‘lmadi. Bir maromdagi qiroat va 
allaqanday harakat ovozlari kelib turardi. “Shubhasiz, sajda qilayapti, –
o‘yladi 
ayol. 

Baribir u eplay olmaydi, 

hukm chiqardi. 

Aniq, men haqimda o‘ylayapti. 
Xuddi men u haqida o‘ylaganimdek. Oyoqlarim haqida esa o‘sha tanish tuyg‘u 
bilan xayol surayapti”. Ayol ho‘l paypoqlarini yechib, yalang oyoqlari bilan 
to‘shakni g‘ijimlagancha u yoqdan
-
bu yoqqa yura boshladi. So‘ng o‘tirdi
-da,
tizzalarini quchoqlab, o‘yga cho‘mdi, bu uzoqqa cho‘zilmadi. “H
a, bu biyobon, bu 
osudalik. Hech kim hech qachon bilmagan bo‘lardi…”
U o‘rnidan turdi, paypog‘ini pechka yaqiniga olib bordi
-
da, mo‘riga osib qo‘ydi. 
Mo‘ri qandaydir o‘ziga xos edi, uni aylantirdi va keyin yalang oyoq bilan yengil 
qadam tashlab,
karavotga qaytdi va yana oyoqlarini yig‘ib, o‘tirib oldi. Devor 
ortiga butunlay jimlik cho‘kdi. Ayol bo‘yniga osilgan jajji soatga qaradi. Ikki 
bo‘libdi. “Biznikilar uchga yaqin kelishi kerak”. Bir soatdan kamroq vaqt qolibdi.
“Nima bu, bir o‘zim bu joyda o‘tiraveramanmi? Bu qanaqa noz bo‘ldi? O‘rgildim 
nozidan. Hozir uni chaqiraman”.



Sergiy ota! Sergiy ota! Sergey Dmitrich. Knyaz Kasatskiy! 
Eshik ortida jimlik. 

Bilib qo‘ying, bu shafqatsizlik. Agar menga kerak bo‘lmaganingizda men 
sizni chaqirmas e
dim. Men betobman. Bilmayman, menga nima bo‘layapti. 

Iztirobli ovozda nolidi ayol. So‘ng voyvoylagancha o‘zini karavotga 
tashladi. Dahshatli holat, ayol rostdan ham o‘zini shunday seza boshlagandi 

holdan toydi, badani zirqirayapti, hamma joyi og‘riya
pti, qayeridadir 
qaltiroq turgan, bezgak tutyapti. 

Eshitayapsizmi, menga yordam bering. Menga nima bo‘layapti, bilmayman. 
Voy! Voy! 

U tugmalarini yechib, siynasini ochdi, yalang‘och bilak­larini 
har tomonga tashlab, yana voyvoylay ketdi. 
Bu vaqt da
vomida erkak o‘z qaznog‘ida turib, ibodat qilardi. Barcha kechki 
oyatlarni xatm qilib, endi ko‘zlarini burnining uchiga qadagancha qimirlamay 
o‘tirar va ko‘ngliga kelgan duolarni takrorlab, zamzama qilardi: “Hazrati Iso 
Masih, Parvardigor, o‘zing madad ber”.
O‘zi zikrda bo‘lsa ham hammasi qulog‘iga kirib turardi. Ayolning egnidagi shohi 
libosining sirpanishi, kuylagini yechib, yalang oyoqlari bilan yerga tushgani, qo‘li 
bilan oyoqlarini artgani 

barchasini eshitib turardi. U o‘zining zaifligini h
is etar, 
istalgan daqiqada sharmanda bo‘lishini bilib, ibodatdan to‘xtamasdi. U ertak
qahramoni ko‘z solmay, hammasini his qilishi va tusmollab yurishi lozim bo‘lgan 
holatga o‘xshash tuyg‘uni kechirmoqda edi. Shunday qilib, Sergiy xavf, ya’ni mahv 
bo‘lis
h xavfi shu yerda, shu atrofda ekanligini eshitdi, tuydi, faqat undan qutulish 
uchun ayolga bir daqiqa ham nazar solmaslik shart. Birdaniga ayolga bir qarash 
istagi paydo bo‘ldi. Shu daqiqada ayol so‘z qotdi:

Menga qarang, bu qanday insofsizlik?! Axir me
n o‘lib qolishim mumkin.


“Xo‘p, men boraman, xuddi o‘sha ota bir qo‘lini fohishaga qo‘yib, ikkinchisini 
manqalga toblagani kabi. Biroq manqal yo‘q”. U burildi. Jinchiroq . U barmog‘ini 
alanga ustiga qo‘ydi va qovog‘ini solib oldi, ancha vaqtgacha hech na
rsa 
sezilmayotgandek tuyuldi unga. Hali bir to‘xtamga kelmagandi, qanchalar og‘riqli 
bo‘lishini bilib ulgurmadi hamki, birdan afti burishdi va qo‘lini siltab, tortib oldi. 
“Yo‘q, men bunday qila olmayman”.

Xudo haqi! Voy, oldimga keling! Men o‘laman, dod

“Rostdan ham men o‘lamanmi? Yo‘q, bu mumkin emas” .

Hozir boraman oldingizga, 

g‘udranib dedi u va eshigini ochdi, ayolga 
qaramasdan yonidan dahlizga o‘tdi, u yerda o‘tin yorar edilar, u o‘tin
yoriladigan g‘o‘la va devorga suyab qo‘yilgan boltani 
paypaslab topdi. 

Hozir, 

dedi u va boltani o‘ng qo‘liga olib, chap qo‘lining ko‘rsatgich 
barmog‘ini g‘o‘la ustiga qo‘ydi, so‘ng boltani qulochkashlab, barmog‘ining 
ikkinchi bo‘g‘inidan pastga qattiq zarb tushirdi. Barmoq shunday 
yo‘g‘onlikdagi o‘tindan ham oson qirqildi, avval g‘o‘laning chetiga, keyin bir
aylanib yerga tushdi. 
U og‘riqni sezishdan oldin “do‘p” etgan ovozni eshitdi. Biroq ro‘y bergan 
voqeadan, og‘riq yo‘qligidan hayrati tugamay, u zirqiroqli o‘tkir og‘riqni va 
oqayotgan issiq 
qonni sezishga ulgurdi. U qirqilgan barmog‘ini choponining 
etagiga yashirdi va oyoqlari orasiga qisib, orqa eshikdan kirdi, ayolning
qarshisiga kelib to‘xtadi
-
da, ko‘zini yerga qadagancha asta so‘radi:

Sizga nima bo‘ldi?
Ayol chap qovog‘i pir
-pir uc
hib, rangida rang qolmagan basharani ko‘rib, xijolat 
tortdi. Shart o‘rnidan turib, po‘stinini oldi
-
da, yelkasiga solib, unga o‘randi.



Ha, og‘riqqa chidolmadim… shamollab qolganman… men… Sergiy ota… 
men…
U ayolning osuda orombaxsh yolqin porlab turgan 
ko‘ziga qaradi va dedi:

Jonim singlim, nima uchun o‘zingning boqiy qalbingni qurbon qilishga jazm 
etding? Vasvasalar doxil bo‘lishi lozim, biroq fojea shundaki, vasvasalar kim 
orqali doxil bo‘ladi… Iltijo qilamanki, Yaratgan bizni mag‘firat qilsin.
Ay
ol uning so‘zlarini tinglar ekan, raqibga nazar soldi. Shu top allaqanday 
suyuqlikning chak-chak tomayotgan ovozi eshitildi. Qarasa, chopon yoqasidagi
qo‘ldan qon sizib oqmoqda edi.

Qo‘lingizni nima qildingiz? –
U qulog‘iga chalingan sasni eslab qo
ldi, 
jinchiroqni tutamlab, dahlizga yugurdi va yerda qonga bo‘yalgan barmoq 
bo‘lagini ko‘rdi
-
yu, rangi o‘chib qaytib keldi, ko‘rganini rohibga aytmoqchi 
bo‘ldi; rohib esa jimgina qaznoqqa o‘tib ketdi va eshikni mahkam yopib 
oldi. 

Meni ma’zur tuting, –
dedi ayol. 

Gunohimni nima bilan yuvay? 

Ket. 

Yarangizni bog‘lab qo‘yishga izn bering.

Bu yerdan yo‘qol.
Ayol churq etmay shoshib kiyindi. Po‘stinga o‘ranib, jim kutib o‘tirdi. Hovlidan 
jing‘ildoqlar ovozi eshitildi.



Sergiy ota. Meni kechiring. 

Ket. Xudo kechirimli. 

Sergiy ota. Men hayotimni o‘zgartiraman. Meni yolg‘iz qoldirmang.

Ket. 

Kechiring va meni duo qiling. 

Ota va o‘g‘ilning muqaddas ruhi nomi bilan takrorlayman, –
degan so‘zlar­ 
eshitildi to‘sin ortidan, –
ket. 
Ayol uvvos tortib yubordi va hujradan chiqdi. Unga oqlovchi peshvoz kelardi. 

Ha, yutqazdim, nachora. Qayerda o‘tirasiz?

Farqi yo‘q.
U aravaga chiqdi va uyga yetguncha bir og‘iz ham gapirmadi.

* * 


Bir yildan keyin ayol rohibalikka qabul qilishning kichik marosimida sochini kalta 
qilib kestirdi va bir paytlar o‘ziga ahyon
-ahyonda xatlar yozib turgan zohid Arseniy 
rahbarligida monastirda uzlatnishin hayot tarzini qabul qildi. 

Tarkidunyochilikda Sergiy ota yana yetti yil yashadi. Bo
shida u o‘ziga keltirilgan 
ko‘p narsani olardi: choy, qand, oq non, sut, kiyimlar, o‘tin
-
cho‘p. Vaqt o‘tgan 
sayin o‘z hayotiga qat’iy talablarni o‘rnatib borib, barcha ortiqcha narsalarni rad 
etdi va shungacha bordiki, faqat haftada bir marta qora nondan boshqa hech 
narsani olmaydigan bo‘ldi. O‘ziga hadya qilingan narsalarni huzuriga kelgan 
hojatmandlarga ulashishni odat qildi. 
Butun vaqtini hujrasida ibodat bilan o‘tkazar yoki tobora ko‘payib borayotgan 
ziyoratchilar bilan suhbatlashardi. Sergiy ota yild
a uch marta zarurat bo‘lib 
qolganda suv yoki o‘tin uchun cherkovdan tashqariga chiqardi.
Ana shunday hayot tarzining beshinchi yilida ro‘y bergan Makovkina bilan bog‘liq 
shov-shuvli voqea 

uning tundagi tashrifi, shundan ke­yin sodir bo‘lgan 
o‘zgarish
lar, ayolning monastirga borganligi haqidagi gap-
so‘zlar hamma yoqqa 
tarqalib ketgandi. O‘shandan beri Sergiy otaning obro‘si oshgandan
-oshdi. Murid 
va muxlisalar ko‘payib bordi. Uning hujrasi yaqinida esa rohiblar cherkov va 
mehmonxona barpo etdilar. H
ar doim bo‘lganidek, Sergiy otaning jasorati qo‘shib
-
chatishlar bilan bo‘rttirilib, uzoq
-
uzoqlarga yoyildi. Endi odamlar o‘lkaning narigi 
chetidan ham keladigan, uning qudratiga sajda qilib, dardlariga shifo topadigan 
bo‘lishdi.
Bemor bilan dastlabki yuzl
ashuv zohidlikdagi hayotining sakkizinchi yili ro‘y berdi. 
Bu shunday muolaja bo‘lgandiki, bir ona o‘n to‘rt yashar bolasini olib kelib, Sergiy 
otadan o‘g‘liga malham bo‘luvchi duo yozib berishini so‘radi. Sergiy ota kasallarni 


davolashni o‘ylayotgani ham yo‘q edi. U buni o‘z sha’niga katta gunoh deb 
hisoblardi; biroq bolasini keltirgan ona tinmay yalinar, oyoqlarini quchoqlab, iltijo 
qilardi, Iso haqqi-
hurmatini o‘rtaga solar, barchaga teng qarang, deb uni hol
-
joniga qo‘ymasdi. Sergiy otaning faqat Xudo
shifo berishi mumkinligi haqidagi 
gapiga javoban atiga bir marta qo‘lini tekkizishni va duo qilishni so‘rardi. Baribir 
Sergiy ota ko‘nmay, hujrasiga kirib ketdi. Ammo boshqa bir kuni (allaqachon 
kuzda edi, kechalari sovuq bo‘lib qolgan) u suv keltirish uc
hun hujradan tashqariga 
chiqqanida yana onani ko‘rdi va o‘sha iltijoni eshitdi. Darhaqiqat, o‘g‘lining 
mazasi battar qochib, ozib-
to‘zib ketgandi. Sergiy ota qo‘lida yetarli asosi bo‘lmay, 
rad etadigan adolatsiz qozi haqidagi rivoyatni esladi va rad etishida shubha sezdi, 
shubhalangach, duo qilishni boshladi va toki ko‘nglida bir qaror uyg‘onmaguncha 
ibodatini to‘xtatmadi. Qaror shu ediki, onaning istagini bajo etish bilan uning 
e’tiqodi o‘g‘lini qutqarishi mumkinligiga ishontirish edi; bunday vaziyatda
Sergiy 
ota o‘zini shunchaki vosita emas, balki Xudo tomonidan ato etilgan arzimagan
qurol sifatida ko‘rdi.
Binobarin, onaning huzuriga borib, Sergiy ota uning xohishini ado etishga kirishdi, 
qo‘lini bolaning boshiga qo‘ydi va duo o‘qiy boshladi.
Ona o‘g‘lini olib ketdi va bir oydan keyin bola tuzaldi, viloyatda esa buzruk 
Sergiyning, endi uni shunday atay boshlashgandi, ilohiy shifobaxsh kuchi haqidagi 
maqtovlar tarqalgandan-
tarqaldi. Shundan so‘ng hafta o‘tmayoq, Sergiy otaning
qabuliga kasallar selday bostirib kela boshladi. Hamma narsa bir boshlanguncha 
ekan, bittasini qaytarmagach, boshqasini ham rad etmas, ko‘plarga qo‘lini qo‘yib 
duo o‘qir, shifo tilar va shu bilan Sergiy ota­ning shuhrati uzoq
-uzoqlarga yoyilardi. 
Monastirdagi to‘qqiz yil, uzlatdagi hayotining o‘n uchinchi yili shunday o‘tdi. 
Sergiy otaga keksalik nuqsi urdi: soqoli kindigiga tushib, oq oraladi, ammo siyrak 
sochlari qora va jingalak edi. 



Sergiy ota bir necha hafta zilday bir fikr bilan yashadi: u faqat o‘zining ixtiyor
i bilan 
emas, arximandrit[8] va igumen yaratgan vaziyatga bo‘ysunib, to‘g‘ri qilayaptimi? 
Hammasi o‘sha o‘n to‘rt yashar bolaning sog‘ayib ketishidan boshlandi, muttasil 
muolajalardan so‘ng har oy, har hafta, har kun sayin Sergiy ota ichki olamining 
tarova
ti vayron bo‘lib borayotganini, botiniy nafosat ohanraboli tashqi dunyo 
bilan almashganini sezmoqda edi. Uning avrasini astarga aylantirib qo‘yishgani 
aniq. 
Sergiy o‘zi monastirga muxlis va homiylarni jalb etish uchun jonli qurol bo‘lib 
qolganini ko‘rib turar, monastir rahbarlari unga yana ham foydaliroq bo‘lish 
shartini taqashdi. Masalan, unga mehnat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yishdi. 
Nima lozim bo‘lsa, hammasini muhayyo qilishdi
-yu, faqat huzuriga keluvchilardan 
o‘z marhamatini ayam
aslikni talab etishdi. Odamlarni qabul qiladigan joyda 
barcha sharoitni yaratib berishdi. Erkaklarga va huzuriga tashrif buyuradigan 
ayollarga boshqalar toptab tashlamasligi uchun panjara bilan to‘sib, keluvchilarni 
duo qiladigan qabulxona tayyorlashdi. Dedilarki, Isoning muhabbat haqidagi 
qonunlarini ijro etish yo‘lida u odamlarga lozim ekan, odamlarni ularning 
xohishiga ko‘ra ko‘rishni rad etishi mumkin emas, ulardan uzoqlashish 
shafqatsizlik, u bunga yo‘l qo‘ya olmaydi, biroq bunday hayotga singib ketar
ekan, 
botinidagi quvvat yuzaga urganini, obi hayot manbai qurib borayotganini, nima 
qilayotgan bo‘lsa, hammasi Xudo yo‘lida emas, balki odamlar uchun ekanligini 
sezib turardi. 
U odamlarga pand-
nasihat o‘qir, shunchaki duo qilar, kasallarga shifo tilar, 
mardumlarga to‘g‘ri yo‘l
-
yo‘riq ko‘rsatar, dardiga shifo bo‘lib yoki maslahatlari 
bilan yordam bergan kishilardan minnatdorchilik so‘zlarini qabul qilar ekan, uning 
shodlanmasligi, o‘z faoliyatining samarasidan taskin olmasligi, uning Tangrining 
bandalari
ga ta’siridan xursand bo‘lmasligi mumkin emasdi. U o‘zini yonayotgan 
sham deb o‘ylar, binobarin, buni qanchalik to‘la his etib borgan sari o‘zida 
mujassam ilohiy haqiqat nurining zaiflashib, so‘nib borayotganini ham his qilardi. 
“Men qilayotgan amallar qanchalik Tangri yo‘lida va qanchalik odamlar uchun?” –
mana uni faqat javob qaytarishda emas, hisob berishda ham qiynayotgan savol.
Iblis qalbining to‘rida uning Xudo yo‘lidagi faoliyatini odamlar xizmatiga burib 
yuborganini his qilardi, buni shundan ha
m his etardiki, uni yolg‘izlikdan mahrum 
aylaganlaridan so‘ng uning o‘ziga yolg‘iz qolish qiyin kechadigan bo‘lib qoldi. U 
tashrif buyuruvchilar tomon intilardi, ulardan toliqardi, biroq, ne ajabki, o‘zini 


qurshab olgan o‘sha izdihomdan, hamdu sanoyu olqis
hlardan ich-ichidan xursand 
bo‘lardi.
Hatto qochib ketishni, yashirinishni mo‘ljallagan paytlari ham bo‘ldi. U hatto 
bularning hammasini qanday amalga oshirishni xayolida puxtalab ham oldi. O‘ziga 
erkaklar ko‘ylagi, boshmoq, chakmon va telpak hozirladi.
Qiziqqanlarga bu 
ashyolar so‘rab kelganlarga asqotishini ma’lum qildi. U bu liboslarni qanday 
kiyishi, sochini oldirishi va chiqib ketishini xayolidan o‘tkazgancha o‘zida saqladi. 
Dastlab poyezdda ketadi, uch yuz verst[9] yo‘l yurgach, tushib qoladi va q
ishloqlar 
oralab sang‘iydi. Keksa askardan qayerlarda yurish mumkin, qanday sadaqa 
qilishadi, boshpana berishadi, 

so‘rab oldi. Askar qayerda va qanday yaxshi 
sadaqa qilishlarini, boshpana berishlarini aytib berdi va Sergiy ota shunday yo‘l 
tutishini tu
shuntirdi. Bir kechasi hatto liboslarni kiyib, ketmoqchi bo‘ldi ham, 
biroq nima qilsa yaxshi bo‘lishini: qolishmi yoki qochishmi ekanini aniq bilmadi. 
Dastlab arosatda qoldi, keyin arosat o‘tib ketdi, u iblisga mute bo‘ldi va bosh egdi, 
erkaklar libosi 
unga shaytonning fikri va tug‘yoni bo‘lib tuyuldi.
Kundan-
kun odamlar uning huzuriga ko‘plab kelar, unga esa ruhiy poklanish va 
ibodat qilishga kam vaqt qolardi. Ba’zan, nurafshon daqiqalarda, bir qur xayol 
qilardi: u shunday joyni ixtiyor etdiki, oldin 
bu joyda chashma bo‘lgandi. “Mendan
hayot oqayotgan, men orqali oqayotgan sokin suvning zaifgina chashmasi bor edi. 
O‘sha chinakam tunda “ayol” (u o‘sha kechani va ayolni –
endi u Agniya ona 
hayajon bilan eslardi) uni tug‘yonga keltirdi. U ana shu toza suvga ta’m qo‘shdi. 
Shundan beri tashna odamlar keladi, bir-birini turtib-surtib unga intiladi. Buloq 
esa to‘lishga ulgurmaydi, ular hammasini so‘rib olishdi, faqat balchiq qoldi”. U 
kamdan-
kam bo‘ladigan yoniq tafakkur lahzalarida shu xilda xayol qilardi
; uning 
doimiy ahvoli esa toliqish va shu toliqish qarshisida o‘zini g‘amga chog‘lash edi.

* * 
Fasli bahor, pasxa[10] va troitsa[11] o‘rtasidagi bayram arafasi edi. Sergiy ota 
o‘zining g‘ordagi cherkovida tun bo‘yi ibodatini ado etdi. Somelar yigirma
chog‘li, 
qancha sig‘sa, shuncha odam edi. Satta janoblar va savdogar
-boylar. Unga 


berilgan rohib, har kuni monastirdan uning chilla joyiga yuborilar saralanganlarga 
ruxsat etardi. Sakson nafar makonsizlar, asosan, ayollardan iborat to‘da Sergiy 
otaning chiqishi va ibodat qilishini kutib, tashqariga intildilar. Sergiy ota ibodat
qildi, u o‘zining o‘tmishdoshi (Illarion)ning marqadiga oyat o‘qib chiqdi
-da, 
kutilmaganda toyib ketdi va agar orqasida turgan savdogar, undan keyin d’yakon 
o‘rnida turgan xizmat
dagi rohib ushlab qolmaganda, yiqilib tushardi. 

Sizga nima bo‘ldi? Otaginam! Sergiy ota! Azizim! Janoblar! –
Ayollarning 
sarosimali ovozi yangradi. 

Dastro‘molga o‘xshab qolibsiz
-a. 
Sergiy ota tezdan o‘zini o‘ngladi, rangi qum o‘chgan bo‘lsa ham o‘zid
an savdogar 
va rohibni uzoqlashtirdi hamda qiroatda davom etdi. Serapion ota, d’yakon va 
qiroatdoshlari, boy xotin Sofya Ivanovna undan ibodatni to‘xtatishni so‘radilar.

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, –
miyig‘ida tabassum qilib dedi Sergiy ota, –
ibodatni 
uzib qo‘ymanglar.
“Ha, avliyolar shunday qiladi”, –
o‘yladi u.

Iloh! Xudoning farishtasi! 

orqadan Sofya Ivanovna va uni tutib qolgan 
savdogarning ovozi eshitildi. U gaplarga e’tibor bermadi va ibodatni davom 
ettirdi. Yana battar qisilib, hamma kichik 
cherkov ortidagi yo‘lakka o‘tishdi, 
bu yerda bir oz qisqartirib bo‘lsa
-
da, Sergiy ota tun bo‘yi ibodatini tamom 
qildi. 
Xizmatdan keyin Sergiy ota hozir bo‘lganlarni duo qildi va g‘or og‘zida o‘sgan
qayrag‘och tagidagi ayvonga chiqdi. U dam olish, toza
havoda nafas rostlash 
lozimligini sezdi, biroq chiqishi bilan odamlar duo qilishini, maslahat berishini 
so‘rab, ko‘chkidek o‘rab oldilar. Ular orasida muqaddas joylarni qadam
-baqadam 
kezib yuruvchi, buzruklardan buzruklarga o‘tib turuvchi va hamma vaqt ha
r xil 
buzrukvorlar-u buzruk-lar qarshisida sajda qiluvchi notavon ayollar bor edi.
Sergiy ota bu odatdagi, g‘ayridin, sovuq, xira pashshadek qavmni bilar edi: ular 
daydilar, katta qismi yoshi o‘tgan, o‘troq hayotdan voz kechgan askarlar; 
qashshoq, ko‘pchiligi ichkilikka mubtalo bo‘lgan, qorin to‘ydirish uchun 


monastirdan monastirga sang‘ib yuruvchi qariyalar; o‘zlarining dardiga davo 
bo‘lish yoki eng shubhali amaliy ishlar: qizini uzatish, do‘konni ijaraga berish, yer 
sotib olish yoki o‘zidan voz kechgan yoki o‘tib ketgan bolasining gunohini kechirish 
singari xudbinona talablarini pesh qilib yurgan siyqa dehqonlar va dehqon ayollar
edi. Bularning hammasi Sergiy otaga allaqachon tanish va qiziq emas. U bu 
qiyofalardan biror yangilik anglamasdi, bu yuzlar unda tariqcha diniy hissiyot 
uyg‘otmasdi, biroq uning duolari, uning so‘zlari zarur va qimmatli ekanini bilgan 
to‘da sifatida ularni ko‘rishni sevardi, shuning uchun bu to‘daga intilardi va bu 
unga yoqar edi. Sergiy ota charchaganligini vaj qilib Serapion ota ularni quvalay 
boshlagandi. U Injildagi shu so‘zlarni esladi: “Ular (bolalar)ga mening huzurimga 
kelishiga xalaqit bermang” va shu bilan o‘zida shafqat uyg‘otuvchi xotiralarni 
tiklab, talabgorlarga ruxsat berishlarini so‘radi.
U rostlandi, odamla
r to‘planib turgan panjara yaqiniga bordi va tovushlarga 
hazinlik singigan zaif ovoz bilan ularni duo qilish, savollariga javob qaytarishni 
boshladi. Biroq ularning barcha istaklarini mustajob qilish niyati qancha kuchli 
bo‘lmasin, eplay olmadi: yana ko‘z
oldi qorong‘ulashib ketdi, qaltiroq turdi va 
panjarani ushlab qoldi. Yana u boshi aylanganini sezdi, avval rangi oqardi, keyin 
esa to‘satdan jahli chiqdi.

Ha, ko‘rinib turibdi, ertagacha. Endi bo‘lmaydi, –
shunday deb, hammani 
duo qildi va kursi 
tarafga yo‘l oldi. Savdogar yana uni ushlab oldi va 
bilagidan tutib, o‘tirg‘izib qo‘ydi.

Ota! 

to‘da shovqin soldi, –
Ota! Otaginam! Sen bizni tark etma! Biz sensiz 
yasholmaymiz! 
Savdogar Sergiy otani qayrag‘och ostidagi kursiga o‘tirg‘izib, o‘ziga mir
shab 
xizmatini oldi va odamlarni quvishga jiddiy kirishib ketdi. To‘g‘ri, u Sergiy ota 
eshitmaydigan past ovozda gapirardi, ammo qat’iy va jahl bilan buyurdi:

Yig‘ishtiring, yig‘ishtiring! Duo qildi, xo‘p, yana sizlarga nima kerak? Jo‘na. 
Bo‘lmasa, rosti,
bo‘yningni qayiraman. Ha, ha! Sen, xola, qora paytava, 


bo‘shat, bo‘shat. Sen qayerga chiqmoqchisan? Aytildi, bo‘ldi. Ertaga Xudo 
poshsho, bugun esa hammang ket. 

Otaginam, tirqishdan uning yuzginasini bir ko‘ray, –
dedi bir qari kampir. 

Men ko‘rsataman
, qayerga burningni suqayapsan? 
Sergiy ota sezdiki, savdogar qo‘pollik qilayapti. Zaif ovozda mahramga odamlarni 
quvmaslikni tayinladi. Sergiy ota baribir quvib yuborishini bildi, bir o‘zi qolishni 
hamda dam olishni istadi, mahramni shunchaki yomon taassurot qoldirmaslik 
uchun uzr so‘rashga jo‘natdi.

Yaxshi, yaxshi. Men quvmayapman, maslahatlashyapman, 

javob berdi 
savdogar, 

qarang, ular odamni yeb qo‘yadi. Ularda insof yo‘q, ular faqat 
o‘zini o‘ylaydi. Mumkin emas, aytildi. Bor. Ertaga.
Savdogar hammani quvib yubordi. 
Savdogarning jahli chiqqani rost, chunki u tartibni, odamlarni haydab solishni, 
ularni xo‘rlashni yaxshi ko‘rardi, asosiysi –
Sergiy ota unga kerak edi. Xotinidan 
judo bo‘lgan savdogarning kasalmand, hali turmushga chiqmagan yagona 
qizi 
bo‘lib, bir ming to‘rt yuz verst naridan Sergiy otadan shifo istab, uning huzuriga 
olib kelgandi. Qizining dardini ikki yil davomida turli joylarda davolatdi. Dastlab 
guberniya universitetining shahardagi klinikasida 

hech nafi bo‘lmadi; keyin 
Samara guberniyasidagi tabibga olib bordi 

bir oz yengil oshdi; keyin Moskvadagi 
doktorga qatnadi, ko‘p pul sarfladi –
hech qanday yordam bermadi. Unga Sergiy 
otaning davolashini aytib qolishdi, mana, uning huzuriga kelib o‘tiribdi. Shunday 
qilib, savdogar hamma odamni quvib yuborgach, Sergiy otaga yaqinlashdi, 
birdaniga eshilib qulluq qilgancha, baland ovozda dedi: 

Avliyo ota, mening notavon qizimni duo qil, dardlaridan forig‘ bo‘lishiga 
ko‘mak ber. Sening marhamatli dargohing tuprog‘ini o‘paman. –
Shunday 


de
b kaftini uning qo‘liga qo‘ydi. U go‘yo aniq va qat’iy o‘rnatilgan tartib 
talablariga bo‘ysungandek, nima qilgan va aytgan bo‘lsa, aslo bundan 
boshqacha emas, xuddi shunday tartibda najot so‘rash lozimdek o‘zini 
tutdi. U shunday ishonch bilan harakat qildiki, hatto Sergiy otaga ham 
bularning hammasi xuddi shunday bo‘lishi, shunday aytilishi va bajarilishi 
lozimdek tuyuldi. Nima bo‘lganda ham u mehmonning o‘rnidan turishini va 
gap nimada ekanligini so‘zlashini so‘radi. Savdogar gapirib berdiki, 
nomahramning nazari tushmagan yigirma ikki yashar qizi ikki yil oldin 
onasining bevaqt o‘limidan keyin dardga chalindi va gumgurs yiqildi –

shunday dedi. Shundan beri halovat yo‘q. Umid bilan qizini bir ming to‘rt 
yuz verst naridan olib keldi, bemor hozir mehmonxonada Sergiy otaning 
taklifini kutib turibdi. Kunduz kunlari uydan chiqmaydi, yorug‘likdan 
qo‘rqadi chog‘i, faqat quyosh botgandan so‘ng tashqariga chiqadi.

Nima bo‘lgan, u juda zaifmi? –
so‘radi Sergiy ota.

Yo‘q, u o‘zida zaiflikni sezmaydi, to‘lagina, faqat doktor asabi zo‘riqqan, –
deb aytgan. Agar hozir Sergiy ota olib kelishni buyursa, men uchib borib, 
olib kelardim. Avliyo ota, g‘arib bandaning yuragiga taskin ber, uning 
zurriyodini qutqar 

o‘zingning duolaring bilan bemor jigarporasig
a najot 
ber. 
Savdogar yana qulochini keng yozib, tiz cho‘kdi, bir yonga qiyshaygan, boshini 
ikkala qo‘lining hovuchi ustiga qo‘ygancha tosh qotdi. Sergiy ota yana uni 
turishga undadi va o‘z mashg‘ulotining qanchalik og‘ir ekanini, shunga 
qaramasdan sad
oqat bilan eplab kelayotganini o‘ylab, og‘ir nafas oldi, bir necha 
daqiqa jim bo‘lgach, dedi:

Yaxshi, uni kechqurun olib keling. Duo qilaman, hozir esa charchadim. 

Shunday deb ko‘zini yumdi. –
O‘zim xabar jo‘nataman.
Savdogar qum yo‘lakda salobat bilan yurganidan etigining g‘ijiri baralla eshitilib, 
uzoqlashdi va Sergiy ota yolg‘iz qoldi.


Sergiy otaning butun umri ziyoratchilarga xizmatda o‘tdi, ammo bugun 
hammasidan og‘ir kun bo‘ldi. Ertalab tashrif buyurgan martabali amaldor bilan 
uzoq s
uhbatlashdi; undan keyin boy xotin o‘g‘li bilan keldi. O‘g‘il –
yosh professor, 
dahriy; ona esa Sergiy otaga o‘ta ixlos qo‘ygan, o‘g‘lini gaplashib ko‘rish uchun 
huzuriga olib kelgan. Suhbat juda og‘ir kechdi. Ko‘rinib turibdi, yosh yigit rohib 
bilan bahslashishni xohlamadi, xuddi zaif odamga rahm qilgandek hamma narsani 
ma’qulladi, biroq Sergiy ota guvoh bo‘ldiki, u ilohiy narsalarga ishonmaydigan 
dahriy bo‘lsa ham uning uchun hammasi yaxshi, oson va shundan xotirjam edi. 
Sergiy ota hozir shu suhbatni g‘i
jinib esladi. 

Tamaddi qilasizmi, otaginam? 

so‘radi mahram.

Ha, biror narsa keltiring. 
Mahram g‘or og‘zidan o‘n qadamcha narida qurilgan mahramxonaga ketdi, Sergiy 
ota bir o‘zi qoldi.
Sergiy otaning tanho yashagan, o‘zi uchun hammasini o‘zi bajargan
, faqat ibodat 
kulchasi va non bilan kun ko‘rgan damlari qachonlardir o‘tib ketdi. Mana, 
allaqachon uni o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urish huquqiga egaligiga ishontirishgan, 
shundan boshlab zohidona, ammo to‘yimli ovqatlar bilan siylashardi. Taomlarni 
kam, b
iroq oldingidan ko‘p, g‘ijinib, gunoh
-azobini his qilib emas, chuqur 
mamnuniyat bilan tez-
tez iste’mol qilardi. Hozir ham xuddi shunday bo‘ldi. 
Bo‘tqani paqqos tushirdi, bir piyola choy ichdi va oq nonning yarmini yedi.
Mahram ketdi, u yana qayrag‘och ostidagi kursida yolg‘iz qoldi.
Ajoyib may oqshomi, qayinlar, tog‘terak, tog‘olcha, qayrag‘och, shumur va 
emanlar endi barg yozmoqda. Qayrag‘och ortidagi shumur shoxlari butunlay gul 
bilan qoplangan, ular hali to‘kilishga ulgurmagan. Bulbullar, biri juda 
yaqinda, ikki 
yoki uchtasi pastda daryo bo‘yidagi butalarda shoxdan
-shoxga sakrab, chah-chah 


urmoqda. Daryo tomondan daladan qaytayotgan ishchilarning kuylagan qo‘shig‘i 
elas-
elas quloqqa chalinadi; quyosh o‘rmon ortiga o‘tib, olataroq nurlari bilan 
maysalar boshini silaydi. Chor taraf oq-
yashil rangda, tarovatli, qayrag‘och atrofi 
esa qoramtir, sirli. Qo‘ng‘izlar uchadi, g‘o‘ng‘illaydi, shoxlarga uriladi.
Kechki ovqatdan keyin Sergiy ota ma’rifiy ibodatga kirishdi: “Hazrat Iso Masih, 
bizni asra”, –
keyin 
oyatlar o‘qishga tutindi, ittifoqo, oyatning o‘rtasida, qayerdan 
paydo bo‘ldi, bir chumchuq shoxdan uchib tushib yerga qo‘ndi, chirq
-chirq
qilgancha va dikkillagancha u tomonga sakradi, nimadandir hurkib, uchib ketdi. U 
bandasining dunyodan voz kechgani 
haqida so‘zlovchi oyatlarni o‘qirdi va uni 
tezroq tugatishga oshiqdi; savdogarning bemor qizi uni qiziqtirib qo‘ygan edi, 
unga odam jo‘natishni mo‘ljalladi. Qiz uni shunisi bilan qiziqtirib qolgan ediki, bu 
bir ovunish edi, yangi qiyofa, boz ustiga uning 
otasi va o‘zi uni duosi ijobat 
bo‘ladigan xaloskor sifatida bilishayotgan edi. Xaloskorligiga shubhalandi, biroq
ich-
ichidan o‘zini shunday hisobladi.
U bir narsaga tez-tez hayratlanardi, unga, Stepan Kasatskiyga qanday qilib 
g‘ayritabiiy bashoratchilik
va chinakam mo‘jizakorlik nasib etdi, u hozir shunday 
edi va bundan boshqacha emasdi, bunga zarracha shubha yo‘q: o‘sha nimjon 
boladan tortib uning duosidan so‘ng ko‘zi ochilgan oxirgi kampirgacha ro‘y 
bergan, o‘zi guvohi bo‘lgan mo‘jizalarga ishonmaslik
mumkin emasdi. 
Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, bu hol haqiqat edi. Shunday qilib, savdogarning 
qizi yangi odam bo‘lganligi, unga ishonganligi bilan qiziqtirib qoldi, boz ustiga u 
orqali o‘zining shifokorlik mahoratini qayta namoyish etishi, shu bilan s
huhratini 
oshirish imkoniyati to‘g‘ri kelib qolgandi. “Minglab chaqirim yo‘l bosib kelishadi, 
gazetalarda yozishadi, podsho xabar topadi, Yevropada, dahriy Yevropada 
bilishadi,” –
o‘yladi u. Birdan uning shuhratparastligi qo‘zib qoldi va bundan 
tashvishga 
tushib, yana Xudoga sajda qila boshladi. “Yaratgan, osmondagi 
hukmdor, tinchlantiruvchi, qalb haqiqati, kel va makon tut, ko‘nglimizni har xil 
qutqulardan xalos et, qalbimizni qutqar, rohat-
farog‘at bag‘ishla. Meni xarob 
qiluvchi odam zotiga xos nafs bal
osidan panoh ber”, –
takrorladi u va esga oldiki, 
bu mazmunda qancha ibodat qilmasin, uning iltijolari hozirgacha behuda bo‘lib 
qolayotgandi: uning duolari boshqalarda mo‘jiza yaratar, o‘zi uchun esa girdobiga 
tushib qolgan mayda hislardan ozod qilishini 
Xudodan so‘rab, najot ololmasdi.


U zohidlikdagi dastlabki paytlarda o‘ziga poklik, orom va muhabbat tilab qilgan 
ibodatlarini esladi, unga shunday tuyulgan ediki, Xudo uning iltijolarini eshitadi, u 
pok edi va shu his tazyiqida o‘zining barmog‘ini qirqib, xashaklar orasidan 
qiyqimlanib, chandiqlanib ketgan holda uni topgan va olib, qoniqish bilan labiga 
bosgan edi; yana o‘shanda u itoatda edi, gunohlaridan qattiq iztirob chekardi, 
yana o‘sha paytlar qalbida muhabbat bor edi, bir safar huzuriga pul so‘rab kelgan 
mast askarni va …ayolni qanday mehr bilan kutib olganini esladi. Hozir
-chi? U 
o‘zidan so‘radi: kimnidir sevadimi, Sofya Ivanovnani, Serapion otani sevadimi, 
huzuridagi shu odamlarning hammasiga, o‘sha erinmasdan suhbatlashgan, 
o‘zining aqli to‘liqligini va ma’lumotli ekanini ko‘rsatishga astoydil tirishgan olim 
yigitga muhabbat hissini sezganmi? Zotan, ulardan mehr qabul qilish, biroq ularga 
muhabbatini sezdirmaslik uning uchun yoqimli edi. Endi unda muhabbat ham, 
itoat ham, poklik ham qolmadi. 
Unga savdogarning qizi yigirma ikki yoshda ekanligini eshitish xush yoqqandi, 
uning husni qanday ekanini bilishni xohlardi. Uning zaifligi haqida so‘raganda, u 
aynan qizning ayollarcha malohati bor-
yo‘qligini ko‘rishga qiziqqandi.
“Na
hot men shu darajada past ketdim? 

o‘yladi u. –
Rabbim, menga yordam ber, 
yaratgan ilohim meni o‘zimga qaytar”. U qo‘llarini bukdi va ibodat qilishni 
boshladi. Bulbullar chah-
chah urardi. Qo‘ng‘iz unga tomon uchdi va gardaniga 
qo‘ndi. Uni olib tashladi. “U bormikan? Xo‘sh, men tashqaridan bekitilgan uyni
taqillataman… Eshikda qulf bor, men uni ko‘ra olishim lozim. Qulf, bu –
bulbullar, 
qo‘ng‘izlar, tabiat. Yigit haqdir, balki”. U boshini bu xayollardan qutqazmaguncha, 
o‘zini yana osoyishta va bardam his 
qilmaguncha uzoq vaqt ovoz chiqarib ibodat 
qildi. So‘ng qo‘ng‘iroqni jiringlatdi va kirib kelgan mahramga qizi bilan savdogar 
hozir kelishi mumkinligini bildirdi. 
Savdogar qizini qo‘lidan tutib keldi, uni hujraga joylashtirdi
-da, shu zahoti iziga
qaytib ketdi. 
Qiz oq badan, haddan ziyod oppoq, qonsiz, to‘la, baqaloq, yuziga bolalarcha hadik 
singib qolgan, biroq qomatida ayollik alomati juda bo‘rtib turar, siynalari 
bo‘liqqina edi. Sergiy ota poygohdagi ayvonda qoldi. Qiz kirib kelar va yaqinidan 
o‘ta
r ekan, duo qildi-yu, uning qomatiga tushgan nazaridan dahshatga tushdi. Qiz 
o‘tib ketdi, lekin u o‘zini birov chimchilab olgandek his qildi. Yuz qiyofasidan 


bildiki, qiz hissiyotli va bir oz ovsarroq. U joyidan jildi va hujraga yo‘l oldi. Qiz uni 
kutib, 
kursida o‘tirardi.
U qaytib kirib keldi. Qiz o‘rnidan turdi.

Men otamga borishni xohlayman, 

dedi qiz. 

Qo‘rqma, –
dedi u, 

Nima, biror joying og‘riyaptimi?

Mening hamma joyim og‘riydi, –
dedi qiz va birdan yuzini kulgisi yoritib 
yubordi. 

Sen sog‘a
yib ketasan, 

dedi u. 

Ibodat qil. 

Qanaqa ibodat, men ibodat qilganman, hech foyda bermaydi. 

Qiz yana 
yoyilib kuldi. 

Siz qo‘lingizni menga qo‘yib ibodat qiling. Men sizni 
tushimda ko‘rganman.

Qanday ko‘rgansan?

Ko‘rganman, siz mana bunday qilib, qo‘lingizni ko‘kragimga qo‘ygansiz. –
Sergiy ota unga o‘ng qo‘lini tutqazdi. Qiz uning qo‘lini oldi va o‘zining 
ko‘ksiga bosdi. –
Mana bu yerga. 

Sening isming nima? 

butun gavdasi bilan qaltiragancha so‘radi rohib. 
Sezdiki, u yengildi, hirs tug‘y
onga keldi, shahvat butunlay ixtiyoridan chiqib 
ketdi. 



Marya. Nimaydi? 
Qiz uning qo‘lini oldi va o‘pdi, keyin esa bir qo‘li bilan Sergiy ota­ning belidan 
quchoqlab, mahkam bag‘riga bosdi.

Senga nima bo‘ldi? –
dedi u. 

Marya. Sen shaytonsan. 

Ha, bu s
hunchaki o‘yin xolos.
Qiz uni quchoqlagancha o‘rindiqda vobasta turardi.

* * 
Tongda rohib zinapoyaga chiqdi. 
“Nahotki shunday bo‘ldi? Otasi keladi. Hammasini aytib beradi. U –
shayton. 
Nima qilib qo‘ydim? Mana u, o‘sha barmog‘imni chopgan bolta”.

U boltani 
qo‘liga oldi va hujra tomon ketdi.
Unga mahram duch kelib qoldi. 

O‘tin yorishni buyuradilarmi? Boltani uzating.
Rohibga boltani berdi. Hujraga kirdi. Qiz uxlab yotardi. Unga dahshat bilan qaradi. 
Hujradan o‘tdi, erkakcha ko‘ylakni topdi, uni kiydi, qaychini olib, sochini qirqdi va 


tog‘ pastidagi so‘qmoqdan daryo tomon ketdi. Bu joylarga to‘rt yildan beri qadam 
bosmagandi. 
Daryo bo‘yidan yo‘l uzangandi; u shu yo‘lning boshini tutdi va tushgacha yurdi. 
Tush payti bir o‘tloqqa kirdi va unda cho‘zildi. Kechga yaqin daryo bo‘yidagi 
qishloqqa yuzlandi. Qishloqqa kirmay, daryo tomon, jar qa’riga qarab ketdi.
Quyosh chiqishiga yarim soat qolgan. Subhi sodiq vaqti edi. Hamma narsa nam va 
g‘amgin, shu choq g‘arbdan tonggi muzdek shabada esdi. “Ha, hammasini 
tugatish shart. Xudo yo‘q. Qanday tugatay, o‘zimni suvga tashlaymi? Suzishni 
bilaman, cho‘kmayman. O‘zimni osaymi? Ha, mana shoxga osilishga kamar”. 
Bular aniq va yaqindek tuyuldi va u dahshatga tushib ketdi. Hayajonli shu 
daqiqalarda ibodat qilishni xohladi. Biroq sig‘inadigan zot topilmasdi. Xudo yo‘q 
edi. U bir qo‘lini tagiga bosib, yonboshi bilan yotardi. Shu pay
t uxlagisi kelib ketdi, 
boshini boshqa changallab tura olmadi, qo‘lini bo‘shatib, boshi ostiga qo‘ydi
-yu,
shu choq uyquga ketdi. Ammo bu uyqu bir lahza davom etardi; u birdan uyg‘onib 
ketar, tush ko‘rayotganini ham, xotiralarni eslayotganini ham bilmasd
i. 
Mana, onasining qishloqdagi uyi, u qariyb o‘zini bola sifatida ko‘rdi. Unga arava 
yaqinlashadi va undan yoyilgan, ketmonday qora soqolli Nikolay Sergeevich tog‘a, 
u bilan qisiq ko‘zlari ayanch ila boquvchi yuzi ozg‘in qiz Pashenka tushadi. Mana, 
o‘rtoqlari Pashenkani boshlab kelishadi.U bilan o‘ynash kerak, bo‘lmasa zerikib 
qoladi. Qiz kaltafahmroq. Mashvarat shu bilan tugaydiki, uning suzishni bilishini 
ko‘rsatishga qistashadi, qiz esa yerga yotib olgancha “suzadi”, bu hammaning 
kulgisini qistatadi. Ha
mma qahqaha otadi, uni masxara qilishadi. U bularni ko‘rib 
turadi va yuzining dog‘larigacha qizarib ketadi, nochor, shunday nochor holga 
tushadiki, vijdonan aytganda, uning qiyshaygan, samimiy, itoatkorona kulgisini 
unutish mumkin emas. Sergiy uni shundan 
keyin qachon ko‘rganini esladi. Uni
ancha keyin, rohiblikni qabul qilishidan oldin ko‘rgandi. U butun bud
-shudini 
behuda sovurgan va ayovsiz do‘pposlaydigan qandaydir zamindorga erga 
chiqqandi, uning ikki nafar farzandi bor edi: o‘g‘il va qiz. O‘g‘li go‘dakligida o‘lib 
ketgandi. 
Sergiy u baxti qaroni qanday uchratganini yodga oldi. Keyin uni monastirda beva 
holda ko‘rdi. O‘shanda ham oldingidek edi –
ovsar emas-
u, lekin ko‘rimsiz, 
bechora va ayanchli. U qizi va kuyovi bilan kelgandi. Ularning qashshoqlig
i ko‘rinib 


turardi. Keyin eshitdiki, ular bir uyezd shaharchasida juda nochor yashashar ekan. 
“Men nima uchun u haqida o‘ylayapman? –
o‘zidan so‘radi Kasatskiy. Biroq 
o‘ylashdan tiyila olmadi. –
U qayerda? Nimalarni boshidan kechirdi? Hozir ham 
o‘shanday –
yerda yotib suzishni ko‘rsatgandagiday nochormikan? U haqda 
o‘ylash menga zaril kelibdimi? Menga nima? Tugatish kerak”.
Unga yana ahvoli qo‘rqinchli tuyuldi, yana bunday xayollardan forig‘ bo‘lish uchun 
Pashenka haqida o‘ylay boshladi.
U goh o‘zining muqarrar qismati, goh Pashenka haqida o‘ylab, uzoq yotdi. 
Pashenka unga najot manzilidek tuyuldi. Oxiri u uxlab qoldi. U tushida bir 
farishtani ko‘rdi, farishta unga yaqin kelib dedi: “Pashenkaning huzuriga bor va 
bundan keyin nima qilishing, gunohing nimada, najot qayda ekanligi haqida undan 
bilib ol”.
U uyg‘onib, bu Rabbining ilohiy payg‘omi ekanini bildi va tushda ko‘rganini amalga 
oshirishga ahd qildi. U ayol yashayotgan shaharni bilardi, 

bu yerdan uch yuz 
verst narida, 

o‘sha yoqqa qarab yo‘l oldi.

Pashenka qachonlardan beri u Pashenka bo‘lmay, qari, qoq suyak, ajinlarga 
o‘rangan, omadsiz, ichuvchi amaldor Mavrikevning qaynonasi Praskovya 
Mixaylovnaga aylangan edi. U kuyovi oxiri kelib qolgan uyezd shaharchasida 
yashar, oilasini: qizi, ruhiy vasvasaga chalingan kasal kuyovi, besh nabirasini bir 
amallab boqardi. Tirikchilik manbai amallab soatiga o‘n besh rubl to‘lanadigan,
savdogarning qiziga o‘qitiladigan musiqa darslari edi. Kuniga ba’zan to‘rt, ba’zan 
besh soat dars berar, daromadi ham 
shunga yarasha bo‘lar edi. Bu joyda o‘z 
boshpanalarini kutib, omonat turishardi. Boshpana so‘rab, Praskovya Mixaylovna 
hamma yaqinlariga, jumladan, Sergiyga ham xat yozgandi. Biroq bu xat unga kelib 
yetmagan. 


Shanba edi va Praskovya Mixaylovnaning o‘zi yog‘, sut solib tayyorlangan nonni 
uzum bilan aralashtirardi, buni otasining qarol oshpazi juda yaxshi tayyorlaydi. 
Praskovya Mixaylovna ertangi bayramda nabiralarini siylash niyatida edi. 
Qizi Masha kichkintoylarga qarab turar, katta nabiralar 

bola va qiz maktabda 
edi. Kuyov tuni bilan uxlamagan, hozir uyquda edi. Praskovya Mixaylovna kechasi 
bilan qizining eriga bo‘lgan g‘azabini yumshataman, deb uzoq vaqt uxlay 
olmagandi. 
Ko‘rib turardiki, kuyovi –
zaif maxluq, boshqacha gapirishi ham, yashashi ham 
mumkin emas, xotinining diydiyosi naf bermaydi, shuning uchun qaynona butun 
kuchini janjal chiqmasligi, yomonlik bo‘lmasligi uchun ularning murosasiga 
sarflardi. Ayol amalda odamlar orasidagi noxush holatlarni jismonan ko‘tara 
olmasdi. Unga bu vositachiligidan biror yaxshilik chiqmasligi, aksincha, ahvol 
battar bo‘lishi aniq edi. Bu haqda o‘ylamasdi, faqat yovuzlikdan badbo‘y hid, 
qattiq shovqin yoki badanni jarohatlashdan qo‘rqqandek qo‘rqardi.
U Lukeryaga oshgan xamirni qanday aralashtirishni hafsala b
ilan o‘rgatib turganda 
oshxonaga peshband taqqan, qiyshiq poyabzal, yirtiq paypoqda olti yashar 
nabirasi Misha vahima bilan yugurib kirdi. 

Buvi, sizni bir qo‘rqinchli chol izlab yuribdi.
Lukerya egilib qaradi: 

Shunday, qandaydir tilanchi chol. 
Praskovya Mixaylovna ozg‘in tirsaklarini bir
-
biriga ishqab, qo‘lini peshbandiga 
artib tozaladi-
da, uyga kirib, hamyondan besh tiyin olishni mo‘ljalladi, keyin birdan 
mayda chaqa yo‘qligi esiga tushib qoldi, non sadaqa qilishni o‘ylab, javonga 
qaytdi, o‘zicha xijolat bo‘ldi, nonni qizg‘andi, Lukeryaga bir bo‘lak kesishni 


tayinlab, o‘zi yana chaqa uchun yuqoriga yo‘l oldi. “Mana senga, –
dedi o‘zicha, –
xasisligingning jazosi”.
Sadaqani uzatar ekan, har doim bo‘lganidek, qaysi tilanchi bo‘lmasin, o‘zining 
s
axovatidan g‘ururlana olmasdi, aksincha, juda oz in’om etayotganidan uyalardi. 
Tilanchining ko‘rinishi ancha salobatli edi.
Xristovo mulkiga yetguncha uch yuz verst yo‘l bosib, horigan, ozgan, 
qorayganligidan qat’i nazar, sochi qirqilgan, po‘rim telpagi, 
xuddi shunday etigi 
unniqib qolgan, g‘amboda holda bukchayib turishiga qaramasdan Sergiy otadan 
o‘ziga yarashiqlik salobat ufurib turardi. Ammo Praskovya Mixaylovna uni qariyb 
o‘ttiz yildan beri ko‘rmagan edi, tanimadi.

Tortinmang, otaxon. Balki tamaddi qilishni xohlarsiz? 
U non va pulni oldi. Praskovya Mixaylovna hayron bo‘ldi, chol qimirlamas, unga 
tikilib turardi. 

Pashenka. Men senikiga keldim. Meni qabul qil. 
Uning qora ko‘zlari sinchkovlik va o‘tinch bilan tikilib, quyilib kelgan yoshlardan 
yilti
rab turardi. Oqara boshlagan mo‘ylovlari ostidan labi ayanchli titrardi.
Praskovya Mixaylovna qoq suyak ko‘ksini changallab, angraygancha lol qotgan 
mahzun nigohlari bilan tilanchiga boqqan alpozda behush bo‘lib qoldi.

Nahotki? Bo‘lishi mumkin emas
! Stepa! Sergiy! Sergiy ota! 

Ha, men o‘zim, –
asta so‘zladi Sergiy. –
Faqat Sergiy emas, Sergiy ota emas, 
sharmandali gunohkor Stepan Kasatskiy, mahv bo‘lgan la’nati gunohkor. 
Qabul qil, menga ko‘mak ber.



Nahotki, bo‘lishi mumkin emas, siz qanday qilib bu ko‘yga tushdingiz? 
Yuring, ichkariga kiring. 
Ayol qo‘lini uzatdi; rohib uning qo‘lidan ushlamadi, ayolning orqasidan ergashdi.
Biroq qayerga olib boradi? Xona juda tor. Unga boshida xuddi qaznoqdek kichkina 
xonani ajratishdi, keyin ana shu omborchani qiziga berdi. Mana, hozir Masha shu 
yerda o‘tirib, go‘dagini emizayapti.

Mana bu yerga o‘tiring, hozir, –
dedi Sergiyga oshxonadagi kursini ko‘rsatib.
Sergiy shu zahoti o‘tirdi va odati bo‘yicha oldin bir yelkasidagi, keyin ikkinchi 
yelkasidagi xaltalarini shaxt bilan yechdi. 

Voy, xudoyim sizni o‘zi yetkazdi, otaginam! Qanday yaxshi, yana 
birdaniga…

Masha, bilasanmi, bu kim? 
Praskovya Mixaylovna qiziga pichirlab, Sergiyning kimligini tushuntirdi, ular 
ikkalasi qaznoqdagi to‘shak belanchakni bo‘shatib, Sergiy uchun olib chiqishdi.
Praskovya Mixaylovna Sergiyni hujrachaga boshlab kirdi. 

Mana shu yerda dam olasiz. Xijolat bo‘lmang. Men esa ketishim kerak.

Qayerga? 



Mening darsim bor, vijdonan aytsam, musiqa o‘qitaman.

Musiqa, bu 

yaxshi-ku. Faqat bir narsa, Praskovya Mixaylovna, men 
siznikiga ish bilan kelganman. Siz bilan qachon gaplashsam bo‘ladi?

Bajonudil roziman. Balki oqshomdadir? 

Bo‘ladi, faqat yana bir iltimos: kelganim haqida, men haqimda hech kimga 
aytmang. Men faqat sizga sirimni ochdim. Mening qayerga ketganimni hech 
kim bilmaydi. Shunday bo‘lsin.

Eh, qizimga aytib qo‘yibman.

Uf, undan iltimos qiling, hech kimga og‘iz ochmasin.
Sergiy etigini yechdi va shu zumda bedor kecha, qirq verst piyoda yurishdan 
keyingi charchoq bilan dong qotib uxlab qoldi. 

* * 
Praskovya Mixaylovna qaytganda Sergiy ota kirib olgan hujrachasida o‘tirar va uni 
kutardi. Mehmon tushlikka chiqmadi, faqat Lukerya keltirgan yovg‘on va bo‘tqa 
bilan tamaddi qildi. 



Nega aytgan vaqtingdan ancha oldin kelding? 

dedi Sergiy. 

Endi 
gap­lashsa bo‘ladimi?

Qanday baxtliman, menikiga kim tashrif buyurdi? Men darsni o‘tmadim. 
Keyin… Men huzuringizga borishni orzu qilganman, sizga xat yozganman va 
birdaniga mana bunaqa omadni qarang. 

Pashenka, marhamat qil, hozir men nima gapirsam, ularni xuddi vasiyatdek, 
jon berish oldidan Rabbining qarshisida aytiladigan iqrordek qabul qilgin. 
Pashenka, men avliyo emasman, hatto oddiy, ko‘p qatori faqir odam ham 
emasman: men gunohkor, iflos, qabih, yo‘ldan ozgan, 
takabbur, munofiq, 
bilmadim, bulardan ham yomonmanmi, biroq eng yomondan ham 
yomonman. 
Pashenka dastlab ko‘zini chaqchaytirib qaradi; u ishondi. Keyin, qachonki u to‘la 
ishongach, qo‘lini uning qo‘liga qo‘yib, iztirob bilan jilmaygancha dedi:

Stiva, balki sen bir oz oshirib yuborayotgandirsan? 

Yo‘q, Pashenka. Men daydi, buzuqi, qotil, Xudodan qaytgan va 
aldamchiman. 

Voy Xudoyim! Bu qanaqasi bo‘ldi? –
ovozi titrab dedi Praskovya 
Mixaylovna. 

Ammo yashash kerak. Men hamma narsani bilaman, deb 
o‘ylardim, 
hammaga qanday yashashni o‘rgatardim, afsuski, hech narsani bilmas 
ekanman, sen menga o‘rgat –
sendan o‘tinib so‘rayman.



Senga nima bo‘ldi, Stiva? Sen kulyapsan. Nima uchun hamma mening 
ustimdan kuladi? 

Xo‘p, mayli, men kulyapman; faqat meng
a ayt, qanday yashayapsan, 
hayoting qanday o‘tdi?

Menmi? Men eng qabih, behalovat hayot kechirdim, endi Xudo meni 
qilmishimga yarasha shunday jazolayaptiki, shunaqa ahmoqona 
yashayapman, shunaqa ahmoqona…

Qanday erga tegding? Ering bilan qanday yashading? 

Hammasi ahmoqona bo‘lgan. Tegdim –
qattiq sevib qoldim. Otam buni 
xohlamagandi. Men hech narsa bilan hisoblashmadim, tegdim. Turmushga 
chiqqanim 

erimga yordamlashmoqchi edim, keyin esa rashk bilan uni 
ko‘p qiynadim, o‘zimni bundan tiya olmadim.

U ichar ekan, buni eshitgan edim. 

Ha, men uni hech jilovlay olmadim. Unga tazyiq qildim. Ichkilikbozlik 
kasallik-
ku. U o‘zini ushlay olmasdi, hozir esimga tushib qoldi, unga qanday 
kun bermaganim… Hayotimizda dahshatli voqealar ko‘p bo‘lgan.
Ayol tiyrak, 
xotiralardan mahzun tortgan ko‘zlari bilan Kasatskiyga termuldi.
Kasatskiy Pashenkaning eri qanday do‘pposlagani haqida eshitganlarini esladi. 
Hozir uning ozg‘in, quloqlari ortidagi chuqur ajinlar qoplagan, tirishgan bo‘ynini va 
siyraklashib 
qolgan, oq oralagan mallarang sochlarining hurpayib turishini ko‘rib, 
o‘sha janjallar qanday kechganini tushungandek bo‘ldi.



Keyin men ikki bolam bilan hech vaqosiz qolib ketdim. 

Menimcha, sizlarning mulkingiz bor edi…

Bularning hammasini Vasya bilan 
sotib, oxirigacha… yeb bo‘lgandik. Yashash 
kerak edi, mening esa barcha boy xotinlar kabi qo‘limdan hech vaqo 
kelmasdi. Hammadan ham men nochor, madadsiz edim. Ilojsiz shunday 
yashadik, bolalarimni o‘qitdim –
o‘zim ham ozroq saboq oldim. Mitya 
to‘rtinchi sinfda kasalga chalindi, uni Xudo ko‘p ko‘rdi. Manechka pochchasi 
Vanyani sevib qoldi. Nima deyman, Vanya yaxshi odam, faqat baxtsiz. U 
kasal. 

Oyijon, 

qizi uning so‘zini bo‘ldi. –
Mishani olib turing, undan ajrala 
olmayapman. 
Praskovya Mixaylovna cho
‘chib tushdi, o‘rnidan turdi
-da, titilib ketgan 
boshmog‘ini oyog‘iga ilib, shoshib tashqariga chiqdi va tezda qo‘lida ikki yashar 
nabirasini tutib kirib keldi, bola o‘zini orqaga tashlar, qo‘llari bilan kampirning 
sochidan ushlashga urinardi. 

Shunday, ni
mada to‘xtagan edim? Ha, mana, uning o‘sha joydagi vazifasi 
yaxshi edi 

mehribon rahbar, biroq Vanya chiday olmadi, iste’foga chiqdi.

U qanaqa kasal edi? 

Nevrasteniya, bu dahshatli kasallik. Biz maslahatlashdik, biroq ketish kerak 
edi, mablag‘ bo‘lsa yo‘q. Baribir umid qilaman, bu o‘tib ketar. Unda qattiq 
og‘riq yo‘q, ammo…



Lukerya! 

zaif, lekin zardali ovoz eshitildi. 

Qachon kerak bo‘lsa, biror 
yoqqa ketgan bo‘ladi. Onasi…

Hozir, 

yana gapini bo‘ldi Praskovya Mixaylovna. –
U hali tushlik qilmadi. 
Biz bilan o‘tira olmaydi.
Ayol chiqib ketdi, nimanidir joylashtirib, qoraygan, ozg‘in qo‘llarini artgancha kirib 
keldi. 

Mana shunday yashayapman. Hamma narsadan shikoyat qilamiz, hamma 
norozi, lekin, xudoga shukur, nabiralar yoqimtoy, sog‘lom, 
demak, hali 
yashasa bo‘ladi. O‘zim haqimda boshqa nima deyishim mumkin?

Ha, nimaning hisobidan kun ko‘rayapsizlar?

Mening bir oz daromadim bor. Bir vaqtlar musiqadan bezor bo‘lgandim, 
bugun u kunimga yarab turibdi. 
Ayol kichkina qo‘lini o‘tirgan sandalning ustiga qo‘ydi
-da, xuddi mashq qilgandek 
ozg‘in barmoqlari bilan sandalni tiqirlatib qo‘ydi.

Darsingiz uchun qancha to‘lashadi?

Bir rubl ham to‘lashadi, ellik tiyin ham, ba’zan o‘ttiz tiyin ham. Ular, baribir 
saxiy odamlar. 

Nima desam ekan, yutuqlar bormi? 

ko‘zlari bilan kulib so‘radi Kasatskiy.


Praskovya Mixaylovna dabdurustdan savolning naqadar jiddiyligiga ishonmadi va 
uning ko‘zlariga savol nazari bilan tikildi.

Yutuqlar ham topildi. Bitta dong‘i chiqqan qiz bor, qassobning qizi. Oqila, 
yax
shi qiz. Mana, agar men uddaburon ayol bo‘lganimda edi, tabiiy, 
otam­ning mavqeidan kelib chiqib, o‘zimga qoyim joydan kuyov topardim. 
Men esa hech narsa qila olmadim va shu kunlarga giriftor bo‘ldim.

To‘g‘ri, to‘g‘ri, –
dedi Kasatskiy boshini egib. 

Xo‘
sh, qandaysan, Pashenka, 
cherkov hayotida ishtirok etasanmi? 

so‘radi Kasatskiy.

E, qo‘ysangiz
-
chi. Shunday ahmoqona, shunchaki… tashlab qo‘yganman. 
Bolalarim bilan ro‘za tutaman va cherkovda bo‘laman, ba’zan oylab 
bo‘lmayman. Bolalarni yuboraman.

Ni
ma uchun o‘zing bo‘lmaysan?

Agar rostini aytsam, 

qizarib ketdi ayol, 

vijdonan aytganda, qizim, 
nabiralarim qurshovidan uzilib ketishim qiyin, biroq yangilik ham yo‘q. 
Shunchaki erinaman. 

Xo‘sh, uyda ibodat qilasanmi?

Cho‘qinaman, ibodat ham el 
qatori. Bilaman, bunaqasi ketmaydi, chinakam 
ixlos yo‘q, faqat o‘zingning barcha yaramasliklaringni bilib turasan, xolos…

Ha, ha, shunday, shunday, 

xuddi tasdiqlaganday quvvatladi Kasatskiy. 



Hozir, hozir, 

ayol kuyovining chaqirig‘iga javob berdi va 
boshidagi 
ro‘molini to‘g‘rilagancha xonadan chiqdi.
Bu safar uzoq vaqt qolib ketdi. U qaytganda Kasatskiy oldingidek qo‘llari bilan 
tizzasiga tayanib, boshini quyi egganicha o‘tirardi. Biroq xaltalari yelkasiga 
ilingandi. 
Ayol gardishsiz, temir chiroq 
ko‘tarib kirib kelar ekan, u chiroyli, horg‘in ko‘zlari 
bilan tikilib qoldi va chuqur, yanada chuqur nafas oldi. 

Men unga sizning kimligingizni aytmadim, 

deb dadil gap boshladi u, 

faqat men biladigan duoxon tilanchilardan dedim. Oshxonaga ketdik, choy 
ichamiz. 

Yo‘q….

Xo‘p, men shu yerga olib kelaman.

Yo‘q, hech narsa kerak emas. Pashenka, seni Xudo panohida asrasin. Men 
ketdim. Agar zarracha rahming kelsa, meni ko‘rganingni hech kimga aytma. 
Rabbim nomi bilan iltijo qilaman: hech kimga aytma. Senga rahmat. Men 
oyog‘ingga yiqilib, qulluq qilishim mumkin, biroq bu, bilaman, seni xijolatga 
qo‘yadi. Rahmat, Iso Masih hurmati, ma’zur tut.

Duo qilib turing. 

Xudo yorlaqasin. Iso Masih hurmati, ma’zur tut.


U ketmoqchi bo‘ldi, ayol uni chiqqani qo‘ymadi va non, teshik kulcha hamda yog‘ 
olib keldi. Kasatskiy hammasini oldi va tashqariga chiqdi. 
Qorong‘i tushib qolgan edi, ikki uydan o‘tgach, ayol uning qorasini ilg‘amay qoldi, 
faqat itlarning bir-biriga basma-bas vovullashidangina uning ketib borayotganini 
bilardi. 

* * 
“Tushimning ta’biri mana shu edi. Pashenka men bo‘lishim kerak bo‘lgan, biroq 
bo‘la olmagan odam. Men Xudo nomi bilan odamlar uchun yashadim, u esa 
odamlar uchun yashayotgandek bo‘lib, Xudo uchun yashayapti. Ha, bitt
a xayrli ish, 
hech mukofot talab qilmay, minnatsiz uzatilgan bir piyo-la suv mening odamlarga 
o‘qigan pand
-nasihatimdan afzal. Biroq Xudoga xizmat qilaman degan zarracha 
xolis xohish bo‘lganmidi?” –
so‘radi o‘zidan va javob qaytardi: “Ha, biroq bu 
xohishla
rning hammasi inson qavmiga xos shuhrat istagi bilan yondi, ulg‘aydi. Kim 
men singari shuhrattalab bo‘lib yashasa, uning uchun Xudo yo‘q. Men endi Uni 
izlayman”.
U xuddi Pashenkanikiga kelgandek qishloqdan-
qishloqqa o‘tib, erkak
-ayol 
tilanchilarga duch kelib, ulardan yiroqlashib, Iso Masih hurmati uchun non va 
boshpana so‘rab, izg‘ib yurdi. Ba’zida uni badjahl xonimlar, ichib olgan mardumlar 
quvib solardi, asosan, ko‘pchilik yeb
-
ichirar, boqar, hatto yo‘l xarji ham berardi. 
Uning salobatli qiyofasi ko‘p joyda qo‘l kelardi. Ayrimlar hatto boylar ham 
qashshoqlashibdi, deb o‘ylab xursand bo‘lardi. Baribir uning yuvoshligi 
hammasidan ustun kelardi. 
U uylardan Injil topib olib o‘qir, odamlar esa bir vaqtning o‘zida yangi hamda 
allaqachon tanish hikmatlarni undan eshitib, har qachon va hamma joyda ham 
qulluq qilishar, ham hayron bo‘lishardi.


Agar odamlarga maslahati yoki savodi asqotib qolsa yoki janjallashganlarni 
yarashtirib qo‘ysa, bundan mag‘rurlanib ketmas, tama’ qilmas, chunki bunday 
hislardan uzoqlash
gandi. Shunday qilib, Xudo unda o‘zini oz
-ozdan namoyon qila 
boshlagandi. 
Bir marta ikki qari kampir va askar bilan ketar edi. Yo‘rtoq ot qo‘shilgan aravaga 
o‘rnashib olgan boy va boyvuchcha, ot minib borayotgan erkaklar to‘dasi ularni 
to‘xtatdi. Boyvuc
hchaning eri qizi bilan otda borishar, odatdagidek, boyvuchcha va 
sayyoh-
frantsuz yakka ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli yengil arava –
sharabanda
edilar. 
Ular mehmonga rus xalqi uchun xurofot bo‘lgan, ishlash o‘rniga u joydan
-bu joyga 
sang‘ib yuradigan les pelerins[12] ko‘rsatish maqsadida daydilarni to‘xtatishgan 
ekan. 
Ular frantsuzchalab gaplashishar, bularni tushunmaydi, deb o‘ylashardi.

Demandez leur, 

dedi frantsuz Sils sont bien surs de ce que leur pelerinage 
est agreable a dieu[13]. Ulardan so‘
rashdi. Kampirlar javob berishdi: 

Xudoning irodasi. Kimniki qabul bo‘ladi: oyoq bilan kezgannikimi, qalbi bilan 
berilgannikimi? 
Soldatdan so‘rashdi. U yolg‘izligini, bundan boshqa ovunchi yo‘qligini bildirdi. 
Kasatskiyning kimligiga qiziqishdi. 

Xudoning quliman. 



Qu’est ee qu’il dit? Il ne repond pas. Il dit qu’il est un serviteur de dieu. –
Cela dit etre un fils de pretre. Il a de la race. Avezvous de la petite 
monnaie?[14] 
Frantsuzga mayda topib berishdi. U hammaga yigirma tiyindan tarqatib chiqdi. 

Mais dites leur que ce n’est pas pour des cierges que je leur donne, mais 
pour qu’ils se regalent de the; choy, choy –
dedi u kulib, 

pour vous, mon 
vieux[15], 

so‘z qotdi qo‘lqopli barmoqlari bilan Kasatskiyning yelkasidan 
turtib. 

Xudo yorlaqasin, 

dedi Kasatskiy telpagini kiymay, taqir boshini pastga 
egib. 
Kasatskiy uchun bu uchrashuv juda quvonchli bo‘ldi, negaki, odamlarning 
munosabatidan jirkanib, shunga javoban behuda, jo‘n bir ish qildi –
yigirma tiyinni
oldi-da, uni kip
rik qoqmay hamrohiga, ko‘r gadoyga berdi. Unga odamlarning 
marhamati qanchalik ahamiyatsiz tuyulsa, u Xudoni shunchalar kuchli his qila 
boshladi. 

* * 
Kasatskiy sakkiz oy sarson-
sargardonlikda kezindi, to‘qqizinchi oyda gubernya 
shaharchasida uni tilanchilar bilan tunab yotgan joyida ushladilar va pasportsizlar 
qatorida qismga olib ketdilar. U hujjating qayerda, kimsan, degan so‘roqlarga 
hujjatim yo‘q, o‘zim Xudoning quliman, deb javob berdi. Uni sayoqlar safiga 
qo‘shdilar va sud qilib, Sibirga jo‘natdi
lar. 


Sibirda bir boy odam ijaraga olgan hovliga o‘rnashdi va hozir shu yerda 
yashayapti. U xo‘jayinning polizida ishlaydi, bolalarni o‘qitadi, kasallarni davolaydi.

Yüklə 427,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə