3-mavzu: sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USUllari. Reja



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə2/15
tarix29.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#140136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-mavzu sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshiri

O‘quvchildarni o‘rganib, ularga tarbiyaaiy ta'sir ko‘rsatish. O‘quvchi shaxsini o‘rganish ham piravord maqsad emas, balki ularga ta'lim tarbiya berish uchun zaruriy shart sharoitdir. Odatda tajribali sinf rahbarlari o‘rganayotib tarbiya berish, tarbiyalayotib o‘rganib borish qoidasiga amal qiladilar. O‘quvchilarni o‘rganishi bu tarbiyachilar uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning zaruriy shart sharoiti bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalash esa o‘z navbatida o‘quvchilarni kamol toptirish jarayonida ularni o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarni o‘rganish borasidagi ishlar shaxsni kamol toptirishning tabiiy tarzda faol ishtirok etish bilan, o‘quvchilarda zaruriy ma'naviy xislatlari va xarakter xususiyatlarini tarkib topish bilan qo‘shilib ketadi. Sinf rahbari o‘quvchilar xulq atvoridagi ijobiy xislatlarini rivojlantirish, salbiy xususiyatlarga barham berishni loyihalashtiradi.
O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib borish darkor. O‘quvchi xulq atvoridagi yakka yarim uchraydigan va tasodifiy voqyealarni emas, balki uning shaxsida juda ko‘p uchraydigan tipik xususiyatlarini o‘rganmoq kerak. Shuni hisobga olish kerakki o‘quvchilar hamma vaqt o‘sib kamol topib boradilar. Ularning qiziqishlari doim o‘zgarib boradi, ularning ichki dunyolari doimo boyib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni faqat rivojlanishiga o‘rgatmoq va bu rivojlanishni faol boshqarib borish zarur. O‘quvchilarni yanada yaxshi, har tomonlama o‘rgatmoq uchun qilinadigan muommolarning barcha imkoniyatlarida foydalanmoq lozim. Faqat o‘quvchilarning ayrim xatti harakatlariga bu xatti harakatlar namoyon bo‘lishlarini tashkil etish tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘quvchilarni o‘rganishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin.
Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta'lim berish sifatini oshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishini tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular xulq atvor sabablarini o‘rganishga e'tibor bermoq darkor.
O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish.O‘quvchi ta'lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga jalb qilish lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota onalar va tevarak atrofdagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o‘rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxs yanada to‘laroq o‘rganiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.
O‘quvchilarni xilma xil metodlar va usullar bilan o‘rganish. O‘rganish metodlari qanchalik turli tuman bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik to‘la va asosli o‘rganishi mumkin bo‘ladi. O‘quvchi shaxsini o‘rganishining asosiy metodlaridan biri uning ish faoliyati va xatti harakatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ayni bir vaqtda qo‘shimcha metodlar sifatida o‘quvchilar bilan, mazmun sifatida ish olib boradigan o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning ota onalari bilan suhbatlardan foydalaniladi. O‘quvchilar insonlarni tahlil qilish va ular ish faoliyatlari natijalari tahlil qilish singari metodlar ham qo‘llanadi. O‘quvchilarni o‘rganish metodi ta'sirchan bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchini o‘rganish asosida uning xarakteri va xulq atvoridgi salbiy xususiyatlarining oldini olish ham ijobiy xislatlarni mustahkamlash yo‘llarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish. O‘quvchilarning axloqiy xislatari, uning yutuqlar va kamchiliklari, eng avvalo uning ta'lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak atrofi ham ahamiyat kasb etmaydi. O‘quvchilarni o‘rganish dasturi ularni faqat maktabdagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitida, oilada ham o‘rganishni nazarda tutmog‘i darkor.
Shaxsning alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsni o‘rganmoq darkor. Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida o‘quvchi xulq atvorining ayrim tomonlarini o‘rgatishga e'tiborini qaratishi mumkin. O‘quvchini har tomonlama o‘rgatishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi o‘ylab tuzish, o‘quvchilarni o‘rganish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularini tayyorlab olish zarur.



I
Oila
Mahalla jamoatchiligi
Maktab jamoatchiligi
Televidenie
Hozirgi davr yangiliklari
 O‘zaro muomala

II
 O‘zining tajribasi
Qadrlaydigan narsalari
Shaxsiy talablari
Niyatlari va umidlari
O‘zaro aloqalari
Munosabatlari

III
Alohida e'tibor berish
Har bir harakatini kuzatish
Rag‘batlantirish
Suhbat o‘tkazish
Erkin muloqotga o‘rgatish
Yaqindan sirlashish

IV
Mavzuni to‘g‘ri tanlash
Tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsata bilish
Qiziqarli o‘tkazish
O‘quvchilar ijrosini eshitish va ko‘rish
Mazmunli tashkil etish




Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə