3-mavzu: sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USUllari. Reja


Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish usullari



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə4/15
tarix29.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#140136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-mavzu sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshiri

Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish usullari. Sinf rahbarining o‘quvchilarni o‘rganishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin:

  1. Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta'lim berish sifatini oshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning yanada samarali usul va metodlarni tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayilari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish, demak, tashqi tomoniga emas, balki ularning xulq-atvor sabablarini o‘rganishga e'tibor bermoq darkor.

  2. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘r­ganish. O‘quvchi ta'lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va jamoa ishiga o‘rganishi lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va tevarak-atrofdagi kishilar bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning qirralari yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.

Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg‘iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quv­chilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf ja­moasini mustahkamlaydi.

  2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining indivudial ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham katta e'tibor beradi.

  3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.

  4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlaridagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.

  5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni o‘zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.

  6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

Sinf rahbarining axloqiy obro‘si nihoyat darajada yuqori bo‘lishi ham muhimdir. Ana shundagina u tarbiyaviy ta'sirga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishining o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir o‘tkazadi. Chunki tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jondildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtayi nazarini hisobga olishi, harakatlarini bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta'sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining g‘oyasini aniq ifoda eta olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta'minlashga yordam bo‘ladi. Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta'lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. O‘qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.



Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə