2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə1/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 -mavzu


2-MAVZU: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari


REJA:



  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari

  2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari

  3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari

  4. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Bozor iqtisodiyo’ti, bozor iqtisodiyotining sub ’ektlari, ob’ektlari, Bozor iqtisodiy otining doimiy va asosiy muammolari, bozor iqtisodiyo’tning afzalliklari va ziddiyatlari, bozor infratuzilmasi




Bozor iqtisodiyo’tining mazmuni va uning asosiy belgilari
Bozor iqtisodiyo’tining amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyo’tning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Bozor iqtisodiyo’ti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyo’tining kelib chiqishi va mavjud bo'lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyo’ti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyo’tining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbir korlikning erkinligi, resurslaming erkin almashinuvidan iborat. Bunday iqtisodiyo’t erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati qo’iliadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyo’ti deganda bozor xo'jaligi sub'ektlari iqtisodiy hatti- harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ulaming tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi deb baho beradi. Bozor iqtisodiyo’tida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab
Bozor iqtisodiyo’ti va uning amal qilishi chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'ektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy sub'ektlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo'jaliklari - iqtisodiyo’tning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyo’tida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.

Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə