2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə7/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 -mavzu

Resurs bozori
Resurs bozorida, uy xo'jaliklari resurslarni so’ladi va korxonalar ularni sotib oladilar. Uy xo'jaliklari ya'ni odamlar ishchi I ar sifatida bilvosita yoki korxonalarga egalik huquqlari orqali esa bevosita hamrna iqtisodiy resurslarga egalik qiladilar. Ular resurslarni korxonalarga so’ladilar va ular, o'z navbatida, ularni sotib oladilar chunki bu narsalar ularga tovar va xizmat turlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Korxonalarni resurslar uchun to'laydigan fondlari korxonalar uchun xarajatlardir, ammo ijara haqi va foiz uy xo'jaliklari daromadlari hisobigadir. Shuning uchun pul mablag'lari uy xo' jaliklaridan korxonalarga oqib boradi, korxonadan esa uy xo'jaliklariga kelib tushadi.
Tovarlar bozori korxona va ishlab chiqaruvchilar taklif etayo’ligan tovar va xizmatlar sotib olinadigan yoki sotib yuboriladigan joydir. Resurslar bozorida ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib uchun pul mablag'larini yo'naltiradi. Uy-xo'jaliklari tovar va xizmatlarni sotish uhcun resurlar savdosidan olayo’ligan daromadlatlaridan foydalanishadi. Iste'molchilarning tovar va xizmatlarga sarfining pul aylanmasi korxonalarning foydali savdosiga imkoniyat yaratadi. Korxonalar ushbu foydalarni foydalilikni aniqlashda qiyoslab ko'radi va ma lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarilishini davom ettirish yoki to'xtal’ish keraklmi belgilaydi. Aylanma harakatli diagramma uy-xo'jaligi va korxonalarning o'zaro iqtisodiy faoliyatlarini qaror qabul qilishning bir-biriga bog'langan, murakkab sur'atini tasvirlab beradi. Iqtisodiyo’t uchun, bu hayo’li-mamot qonuniyatidir. Uy-xo'jaliklari va korxonalar sotuvchi va sotib oluvchilaridir. Korxonalar resurslarni sotib oladi va tovarlarni so’ladi. Uy-xo'jaliklari esa tovarlarni sotib oladi va resurslarni so’ladi. Iqtisodiy resurslarni va foydalanib bo'lingan xizmat va tovarlarni saot yo'nalishiga qarama-qarshi haqiqiy aylanma harakati va daromad hamda iste'mol harjlarini saot yo'nalishiga tomon harakatini ko'rish mumkin3. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:

  • bozorning etuklik darajasi;

  • sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;

  • bozor sub'ektlari xususiyatlari;

  • bozor miqyosi,

  • iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayo’ligan bozor ko'proq, tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovami tovarga ayirboshlash usuli (baiter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor i qtisodi у о t i ga o'tayo’ligan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlaming har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo'linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samaiqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); mintaqaviy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy Evropa bozori) va jahon bozori.

Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə