2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə2/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 -mavzu

Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyo’tning birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida Tovar va xizmatlami etkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyo’tni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkil otlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, ba'zi darslik va o'quv qo'Uanmalarda bozor iqtisodiyo’tining yana bir alohida, mustaqil sub'ekti sifatida banklar ajratib ко' rsatiladi1.
Bank - iqtisodiyo’tning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o'tilgan bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlarining o'zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (6.1-chizma). Har qanday bozor iqtisodiyo’tini tartibga solish mexanizmi asosan to'rtta tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat
6.1-chizma.
Bozor xo'jaligi sub'ektlari o'zaro aloqasining umumiy modeli

Bozor iqtisodiyo’tining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:



  • turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo iishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

  • tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

  • raqobat kurashning mavjudligi;

  • davlatning iqtisodiyo’tga cheklangan holda aralashuvi;

  • korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o' zgarishlariga
    moslashuvchanligi.

Bozor iqtisodiyo’tining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyo’ti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g'arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. Bozor iqtisodiyo’tining ikkinchi ko'rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyo’ti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a)mulkchilikning turli shakllariga ya'ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qoiida to'planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyo’tni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan- texnika taraqqiyo’ti va boshqa omillami hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlami, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o'rtasidagi nisbatlami tartibga sol ish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo'jaliklami yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi.

Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə