2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja


Bozor sub'ektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlar



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə6/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 -mavzu

Bozor sub'ektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo'linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o'z sub'ektlari manfaatini bir-biriga bog'lab, ulami muvofiqlashtiradi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga etkazib berishdan iboratdir.
6.3-chizma.
Bozorning vazifalari.
B u erda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o'z iste'molchisini topadi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo'lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ulaming pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovami sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo'li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'mini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo'ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta'minlanadi va ulaming tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi ro'y beradi. Bozor iqtisodiyo’tni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi. Shuningdek, adabiyo’lilarda bozorning boshqa ko'plab qo'shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko'rinishida ifodalash mumkin (6.3-chizma). Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to'laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.



Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə