2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni va o‘tish yo‘llari reja


Bozor iqtisodiyo’tining afzalliklari va ziddiyatlari



Yüklə 304,63 Kb.
səhifə4/14
tarix26.10.2023
ölçüsü304,63 Kb.
#132175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 -mavzu

Bozor iqtisodiyo’tining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyo’tining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyo’tining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:

  1. resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg'unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo'llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi;

  2. erkinlik. Bozor iqtisodiyo’ti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko'plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri dir. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash; ikk inchi si - bozor tiz.imi vositasi orqali ixtiyoriy hamkoriik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatl idir. Bozor iqtisodiyo’ti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

  3. harakatchanlik. Bozor iqtisodiyo’tining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo'lishadi. Chunki xo'jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo'jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta'mini ash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyo’ti million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyo’tining yuqorida ко'rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko'plab ijobiy jihatlarini ham sanab o'tish mumkin. Jumladan:

  • uning ishlab chiqarishning o'zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko'nikishining yuqori darajasi;

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur'ati;

  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot - turli resusrlaming narx darajasi va ulaming sarflanish darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyo’tining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

Bozor iqtisodiyo’tining asosiy ziddiyati - raqobatning kuchsizlanishiga yo'l qo'yish va uni rag'batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:

  1. bozor iqtisodiyo’tidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib vao'z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo'lidan ozod bo'lishga harakat qiladilar. Firmalaming qo'shilib ketishi, kompaniуalaming xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat - bulaming hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta'sirining pasayib borishiga olib keladi;

  2. bozor tizimi rag'batlantiradigan texnika taraqqiyo’ti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo'lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat'iyan bir butun bo'lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo'llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko'p miqdordagi may da firmalar emas, uncha ko'p bo'lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo'lgan tovarlar bilan ta'minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste'molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o'zining iste'molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo'qotib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyo’tning navbatdagi ziddiyati - jamiyat a'zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyo’t har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyo’tining umumiy e'tirof qilingan ziddiyatlaridan biri - ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a'zolarini bunday ne'matlar va xizmatlar bilan ta'mini ash davlat zimmasida bo'ladi. Bozor iqtisodiyo’tining ziddiyatli tomonlaridan yana biri - tovarlar hajmi bilan pul massasi o'rtasidagi ro'y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir. Shuningdek, 2008 yilda AQSh ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko'plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyo’tning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko'p tomondan bozor iqtisodiyo’tining ziddiyatli jihatlari ta'siri bilan bog'liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o'zini-o'zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e'tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro'y berishiga olib keldi. O'zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyo’tni tartibga solish jarayonlariga doimiy e'tibor qaratilib, zarur bo'lganda iqtisodiyo’tda davlat tomonidan boshqamv usullari qoilandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o'zini to'la oqladi2.



Yüklə 304,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə