Toshkent iqtisodiyot va



Yüklə 1,72 Mb.
tarix22.02.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#101176
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

“IQTISODIYOT VA TILLAR KAFEDRASI”


MAVZU: UMUMJAHON IQTISODIYOTI
Ma’ruzachi: M.A.Amonova
CHIRCHIQ-2023

Jahon xo‘jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir.

Jahon xo‘jaligi sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • - o‘z ichiga xalq xo‘jaligi majmuini oluvchi davlat;
  • - transmilliy korporatsiyalar;
  • - xalqaro tashkilot va institutlar;
  • - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo‘jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.

Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.

  • Baynalminallashuv – bu jahon xo‘jaligining bir necha sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. 
  • Globallashuv (lotincha globus – er kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Globallashuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 

  • Birinchi yo‘nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o‘zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko‘plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko‘rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.
  • Ikkinchi yo‘nalish – kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish. YUqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo‘lgan xo‘jalik o‘zaro aloqalarining juda katta tarmog‘iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.

Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

  •  Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o‘zgarishi ko‘p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog‘liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo‘ladi: a) butun jahonni to‘liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo‘ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo‘ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o‘tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.

To‘rtinchi yo‘nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. 

  • Jahon xo‘jaligi sub’ektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.

Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
  • 2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi;
  • 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi;
  • 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

  • 1) tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
  • 2) kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
  • 3) ishchi kuchi migratsiyasi;
  • 4) ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
  • 5) fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
  • 6) valyuta-kredit munosabatlari.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:

  • 1) erkin savdo hududlari;
  • 2) bojxona ittifoqi;
  • 3) to‘lov ittifoqi;
  • 4) umumiy bozor;
  • 5) iqtisodiy va valyuta ittifoqi;

E’tiboringiz uchun raxmar!


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə