Amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza



11- MA’RUZA. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA 

AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR 

Reja:

 

1. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati. 



2. Maktabgacha ta’lim va umumiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar. 

3. Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik. 

4. Mustaqillik yillarida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar. 

 

1. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati. 

Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon 

talablariga  javob  beradigan,  ilg‘or  fan-texnika,  texnologiya  yutuqlarini  egallab  olgan  kadrlarni 

yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, shu 

asnoda  davlat  bepul  umumiy  ta’limni  kafolatlashi  belgilab  qo’yilgan.  O‘zbekistonda  ta’lim 

sohasidagi  siyosati  1997-yil  29-avgustda  qabul  qilingan  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  yangi  tahrirdagi 

qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. 

O’zbekistonda  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnik  va  madaniy 

ehtiyojlarini  qondiruvchi  rivojlanishning  ustuvor  sohasi  deb  qonunan  e’tirof  etildi.  Kadrlar 

tayyorlash Milliy  dasturining  eng muhim tomoni shundaki, unda  yaxlitlik va tizimli yondashuv 

mavjud bo’lib, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish jarayoni bir-biri 

bilan yagona tizimga bog’langan.  

Dastur mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari va hayoti jabhalari uchun yuqori malakali 

raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlash,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar  asosida  ta'lim,  fan  va 

ishlab  chiqarish,  yoshlarning  ma'naviy,  axloqiy  tarbiyasini  samarali  birlashtirishni  ta'minlash, 

shuningdek,  kadrlar  tayyorlash  sohasida  o'zaro  manfaatli  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirishga 

yo'naltirilgan  yagona  o'quv-ilmiy  ishlab  chiqarish  majmui  sifatidagi  ta'lim  tizimini  bosqichma-

bosqich takomillashtirish vazifalarini hal qilishga xizmat qildi. 

Ta'lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilingan. 

Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

- ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekan-ligi; 

- ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 

- umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; 

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida 

o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 

- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; 

- ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 

- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish; 

- ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish. 

Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga mu-nosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, 

xizmat  turi,  ijtimoiy  mavqei,  turar  joyi,  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  qancha  vaqt 

yashayotganidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. 

Bilim olish huquqi: 

- davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; 

- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; 

-  ta'lim  va  kadrlar  tayyorlash  davlat  dasturlari  asosida  bepul  o'qitish,  shuningdek,  ta'lim 

muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish; 

- barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o'quv yurtlariga 

kirishda teng huquqlarga ega bo'lishi; 

- oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga ak-kreditasiyadan o'tgan ta'lim 

muassasalarida eksternat tartibida at-testasiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. 




Boshqa  davlatlarning  fuqarolari  O’zbekiston  Respublikasida  xalqaro  shartnomalarga 

muvofiq bilim olish huquqiga ega. 

Mamlakatimizda  istiqomat  qilayotgan  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxs-lar  bilim  olishda 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 

Uzluksiz  ta'lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta'lim  standartlari  asosida,  turli 

darajalardagi  ta'lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  ta'minlanadi  va  quyidagi  ta'lim  turlarini  o'z 

ichiga oladi: 

- maktabgacha ta'lim; 

- umumiy o'rta ta'lim; 

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; 

- oliy ta'lim; 

- oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; 

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

- maktabdan tashqari ta'lim. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1996-yil  dekabrdagi  qarori  bilan  1-oktabr  – 

«O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni 

deb e’lon qilindi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. 

I  bosqich  –  1997–2001-yillarda  dasturni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  huquqiy-

me’yoriy,  ilmiy-metodik,  moliyaviy-moddiy  shartsharoitlar  yaratildi.  Buning  uchun  davlat 

tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. 

II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. 

III  bosqich  –  2005-yildan  2017  yilgacha.  Bu  bosqichda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 

natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim 

tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim 

joriy etildi. 




Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə