Ishchi kuchi migratsiyasi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124211
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
N.A.Imomova



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
JAMIYATIMIZDA SHAKILLANGAN “ISHCHI KUCHI MIGRATSIYASI”NING IJTIMOIY-
IQTISODIY MAZMUNI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7853058
 
 
N.A.Imomova
Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti 
sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchi 
f.f.d.(PhD) 
Annotatsiya.
 
Ushbu maqolada, globallashuv sharoitida mamlakatlar o‘rtasida 
o‘zaro bog‘liqlikning ortishi, o‘zaro iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning 
chuqurlashuvi ishchi kuchi migratsiyasiga ta’sir etganligi, shuningdek bugun 
jamiyatimiz taraqqiyotga erishi uchun ishchi kuchi migratsiyasini ilmiy o‘rganishning 
axamiyati ortishi izoxlanib va bu borada olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar taxlili 
keng yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
jamiyat, migratsiya, ijtimoiy taraqqiyot, shaxs, davlat, siyosat, 
sotsial munosabat. 
Aholi migratsiyasi – bu, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining turli 
jihatlari, ulardagi o‘zgaruvchan tendensiyalarning shakllanishi va namoyon bo‘lishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Shu bilan birga, migratsiyani o‘rganish 
jarayonida uning ikki jihatini ajratib ko‘rsatish va ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘iladi. 
Birinchidan, tor ma’noda, migratsiya doimiy yashash joyining o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan hududiy harakatlarning to‘liq turi sifatida namoyon bo‘ladi; migratsiya esa ko‘chib 
o‘tishni anglatadi. 
Ikkinchidan, migratsiya davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i nazar, bir 
yoki bir nechta ma’muriy hududiy birliklarning turli xil aholi punktlari o‘rtasida sodir 
bo‘ladigan har qanday hududiy harakatni tavsiflaydi. Migratsiya jarayonining ko‘p 
qirraliligi va natijada uni o‘rganishdagi nazariy yondashuvlarning nomuvofiqligi uning 
turli talqinlarini shakllantirishga olib keladi. 
Bunday sharoitda yigirmanchi asrning birinchi choragida Chikago sotsiologiya 
maktabi tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan aholi migratsiyasini o‘rganish 
metodologiyasi bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda Chikago maktabi 1915 
yildan 1935 yilgacha Amerika sotsiologiyasida ustun mavqeni egalladi va umuman 
sotsiologiya rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, uning empirik yo‘nalishini belgilab 
berdi. Ushbu maktab vakillari tomonidan aholi migratsiyasi muammosi yetarlicha batafsil 
o‘rganilgan. 1860 yildan 1920 yilgacha Qo‘shma Shtatlarda eng yirik immigrant guruhlar: 
Sharqiy Yevropadan kelgan irlandlar, italiyaliklar, yahudiylar tashkil topdi. Shu 
munosabat bilan, moslashish va shunga ko‘ra, migrantlarning yangi jamiyatga qo‘shilishi 
masalasi dolzarb edi. Migratsiyani sotsiologik nuqtai nazardan o‘rganish migratsiya 



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə