Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering. Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə1/7
tarix12.12.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#148848
  1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi


Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi
1.Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasiga ta’rif bering.
Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot ko‘rincha rivojlanish, o‘zgarish (ijobiy tomonga), taraqqiy etish, o‘sish, yuksalish, olg‘a harakatlanish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab yo‘nalish kabi ma’no va tushunchalarni anglatadi.
Taraqqiyot tushunchasi. Taraqqiyot (arab. – ko‘tarilish, yuksalish, rivojlanish) – rivojlanish, takomillashuv, olamdagi ilgarilanma harakatni, ob’ektlardagi sifatiy o‘zgarishlarni, borliqdagi yangi shakllarning vujudga kelishini ifodalovchi falsafiy kategoriya. Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalish shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyotni ko‘pincha rivojlanish bilan aynanlashtirib qo‘yishadi, aslida u rivojlanishning bir yo‘nalishidir. Shuningdek, taraqqiyot ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish ma’nosida qo‘llashadi, bu ham bir yoqlama yondoshuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qo‘llaniladi. Odatda rivojlanishning ikki muhim yo‘nalishi mavjud.
Rivojlanishning 2 muhim yo‘nalishi.
1. Taraqqiyot (progressiv, rivojlanish).
2. Inqiroz (regressiv rivojlanish)
2.Ijtimoiy taraqqiyotga doir qanday nazariyalar mavjud?
Ijtimoiy taraqqiyotga doir quyidagi nazariyalar mavjud:
1) Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning mehnat taqsimoti nazariyasi.
2) P.Sorokinning sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasi.
Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi g‘oya mehnat taqsimotiga bog‘lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uning fikricha, mexanizm birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik – hamkorlik jamiyatiga o‘tishdir. Dyurkgeym nazariyasida sotsial taraqqiyotni ta’minlovchi omil mehnat taqsimoti deb qaraladi. Mehnat taqsimoti segmentlar jamiyatning barham topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o‘tilishiga imkon beradi. Mexanik birdamlik – birdamlikning “zamonaviy” tipi bo‘lib, uni tashkil etuvchi individlar bir-birlariga o‘xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Dyurkgeym fikricha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo‘lishi mexanik birdamlik bo‘lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o‘zgara boradi. Loqal (mahalliy) segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga keladi. Aloqa yo‘llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko‘payadi, shaharlar o‘sa boshlaydi, aholi moddiy va ma’naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. Dyurkgeym nazariyasida ushbu vujudga keladigan birdamlikning yangi ko‘rinishi organik birdamlik deb talqin etilgan.

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə