Mavzu; maktabgacha talim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish reja 1 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish



Yüklə 259,74 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü259,74 Kb.
#158122
  1   2
10-мавзу дарсдан ташқари ма.и

MAVZU; MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH

REJA

1 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish

3 Maktabgacha ta'lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish

Maktabgacha ta'lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg'unlikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalari to'g'risida e'tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma'naviy jihatdan o'sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi.

MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o'zining "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz" kitobida: "O'z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa - kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi"-degan fikrni e'tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi.


Yüklə 259,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə