Mavzu; maktabgacha talim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish reja 1 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish



Yüklə 259,74 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü259,74 Kb.
#158122
1   2
10-мавзу дарсдан ташқари ма.и

Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati - tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo'lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e'tirof etiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma'nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi


  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma'nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi

  • bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta'lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog'liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.

  • O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda ta'lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otishdir. Pedagogning ko'p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo'lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan nufuzli rahbar, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo'lgan shaxslardir.

  • Mustaqil O'zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo'yiladigan mas'uliyat ham katta.

  • Hozirgi kunda o'zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo'shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil O'zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo'lgan e'zoz, e'tibordan dalolatdir.

  • Imom al Buxoriyning «Al - jomi' as - sahih» hadislar to'plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o'rganish va o'rgatish odobi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o'rgatish va o'rganishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o'rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, pedagogik -axloqiy g'oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya ko'nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e'tiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. Ilmga chanqoq o'zbek xalqida ziyoli, ilmli insonlarni e'zozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati mavjud.

  • Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy-

  • iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta'lim tashkilotlarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik tenologiyalar bilan to'liq ta'minlanmoqda. Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirishda, ta'lim jarayonini to'liq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda.

  • - Hozirgi paytda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda:

  • .

  • sifatli o'quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish;

  • - ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish;

  • - ta'lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo'lga kiritish va boshqalar.

  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda.

  • Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida keltirilgan bosh g'oya, ya'ni: "... faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojlantirishi, davlatni taraqqiy ettira olishi mumkinligi", to'g'risidagi g'oyasiga monand ravishda sifatli ta'lim boshqaruvini amalda joriy etish talab etiladi. Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan ta'lim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda pedagogdan ta'lim berishda yuksak mahorat talab etiladi.

  • Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi "Layf Kouching", Ta'lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta'lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar.

  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiy-nazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo'llash

  • uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Kvalimetriya - diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog'liq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir.

  • Dunyoda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish bo'yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: ta'lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash; ta'lim xizmatlari eksportini rivojlantirish; ta'lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiq-lashtirish; sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish. Biroq, hanuzgacha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish va ushbu tarbiya maskanlarida ta'limiy va tarbiyaviy boshqaruv menejmentiga xos xususiyatlarni aniqlashning yagona tizimini takomillashtirish masalalari o'z yechimini tulaqonlicha amalga oshirilmagan. Shu jihatdan olganda, ta'limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda akkreditatsiyaning o'rni, sifatning tashqi monitoringi, oliy ta'limda sifatni baholash tizimlari, ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash zarurati oshmoqda.

  • Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

  • Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.

  • Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

  • - bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;

  • - bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;

  • - bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;

  • - milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;

  • - bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.

  • Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim.

  • Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi.

 


  • Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bo'g'ini bo'lishi bilan birga keyingi ta'lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta'lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bejiz emas. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo'lgan eng kichik jihatlarigacha e'tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlari va o'quv-tarbiyaviy rejalariga qo'yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish ko'rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori - Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tubdan isloh qilishga yo'naltirilgan qarordir. Bu qaror natijasi Maktabgacha ta'lim sohasida keskin o`zgarishlar,qayta ta`mirlash ishlari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ishlari olib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasiga bo`lgan e`tabor xamma qatori meni ham hayotimga ham o`z ta`sirini ko`rsatib,oliy ma`lumotli mutahasis bo`lish arafasida

ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT


  • ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 259,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə